Urbanizatsiya, ekologiya va salomatlik, urbanizatsiyaning tarixi



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə3/4
tarix28.11.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#137544
1   2   3   4
1532067889 67623

Moskva shahrining o’zida shovqin balandligidan zarar yiliga 300 mln rublni tashkil qiladi. Shovqinli sharoitda ishlagan ishchilarda oshqozon shilliq qavatining yallig’lanishi va 12 barmoqli ichakda yaraning ochilishi kuzatiladi.


L.N.Malisheva dalillariga qaraganda informatsiyalarni (xabarlarni) kompyuter sistemasida 64—77 dBa darajasidagi shovqinlar ta’sirida yurak qon tomir va markaziy nerv sistemalarida funksional o’zgarishlarni kuzatgan. Shuning uchun ham shovqinning ta’sirini, uning ta’sir etish mexanizmlari e’tibor berib o’rganilmoqda.
Shovqinning o’lchov birligi ikki olim nomi bilan bog’langan. Birini ismi Aleksand; Greyama Bella. U birinchi bo’lib telefonii yaratgan. Ikkinchisi Genrix Gers nemis fizigi. Belada yoki belani o’ndan biri detsibelada nisbiy shovqin balandligi(kuchi) o’lchansa, Gersda shovqinni takrorlanishi o’lchanadi. Amaliyotda shovqinning katgalik darajasi detsibelda o‘lchanadi.

Urbanizatsiya va mikroorganizmlar muammosi


Urbanizatsiyalashgan shaharlarda ochiq suv havzalarini patogen kasal chaqiruvchi miIqyublap bilan ifloslanish xavfi tobora ortib boradi. Bu, o’z navbatida,, ochiq suv havzalarini markazlashtirilgan vodoprovod orqali suv tarqatish manbai sifatida foydalanish mumkin bo’lmay qoladi.
vodoprovod tozalash inshootlaridagi jarayonlar suvni virus va mikroblardan to’la-to’kis 100% ozod qilolmaydi. Ayniqsa, ochiq suv havzalariga to’planadigan chiqindi suvlar, tozalash inshootlaridan tozalanib chiqqandan so’ng ham patogen mikroblarini ushlashi va aholiga xavf tug’dirishi mumkin.
Urbanlashgan shaharlardagi ekologik faktorlarning odam organizmiga ta’siri oqibatida ham makroorganizmlar o’zgaradilar. Ayniqsa, inson organizmini mikroorganizmlar ta’siriga chidamsiz bo’lib qolishi va miqroorganizmlarni patogenligini kuchayishi kasallik tarqatishning asosiy sababi bo’lib qolmoqda.

Urbanlashgan shaharlarda, shifoxona ichki infeksiyasini tarqalish jarayonlari aholining bir-biri bilan yaqindan muloqotda bo‘lishi, bir tomondan, ikkinchidan, urbanizatsiya jarayonlarida quvvatsizlanib qolgan kishilarning yuqumli infeksiyalar ta’siriga chidamsizligi oqibatida ular orasida yuqumli kasallikning tarqalishiga imkon tug’iladi.


Urbanlashgan shaharlarning bu boradagi muommalarini hal etishda shifoxonalardagi infeksiyalarga qarshi kurash, operatsiya jarayonlarini aseptika va antiseptika qonun-qoidalari asosida o’tkazish, shifoxonalarda keng ko’lamda profilaktika ishlarini olib borish, ayniqsa, dezinfeksiya jarayonlarini sifatli o’tkazish katta ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə