Urganch davlat pedagogika instituti pedagogika fakulteti


Tarbiyachining ta'lim-tarbiyaviy ish rejasining shakli



Yüklə 353,43 Kb.
səhifə5/11
tarix28.11.2023
ölçüsü353,43 Kb.
#133430
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
MTT yillik ish rejasinining mohiyati

1.2 Tarbiyachining ta'lim-tarbiyaviy ish rejasining shakli.
Tarbiyachi oylik ta'lim-tarbiya ish rejasini tuzadi va metodistga tasdiqlash uchun beradi.
Oylik ish reja daftari quyidagicha to'ldiriladi:

  • ish rej ailing titul varag'i;

  • tasdiqlangan xaftalik mashg'ulotlar jadvah;

har 15 kunga mo'ljallangan 2 ta ertalabki badantarbiya mashqlari kompleksi;

  • ota-onalar bilan ishlash rejasi;

rejaning asosiy qismida - kundalik faoliyat bayoni yoritiladi. Kundalik ish reja. Kundalik faoliyatning yuritilishi. Kundalik reja quyidagicha bayon etiladi5:

  • ertalabki so at;

  • Mashg'ulotlar;

  • Sayr;

  • Running 2-yarmi;

  • Kechki sayr. Kundalik reja. Ertalabki soat.

    1. Suhbat (mavzu);

    2. O'yinlar (mavzu);

    3. Mustaqil faoliyat;

    4. Mehnat;

    5. Bolalar bilan yakka tartibda ishlash.

    6. Badantarbiya Mashg'ulotlar

      1. Mashg'ulot yo'nalishi, mavzu va maqsadi.

      2. Zaruriy jihoz va ko'rgazmali qurollar.

      3. Mashg'ulotning borishi (tarkibiy qismlari) Mashg'ulotning tarkibiy qismlari (misol tariqasida berilgan)

        1. Kirish;

        2. Savol-javob;

        3. Surat ko'rish;

        4. Hikoya tuzish;

        5. O'yin;

        6. Umumlashtirish;

        7. Yakunlash.

Sayr qismlarining ketma-ketligi olingan mavzuga qarab o'zgarishi mumkin Sayr

          1. Kuzatish.

          2. Harakatli o'yin.

          3. Ixtiyoriy o'yinlar.

          4. Mehnat.

          5. Tinch o'yin(agar guruhda 20 tadan kam bola bo'lsa yakka tartibda ishlashni rejalashtirish mumkin)

Running ikkinchi yarmi

            1. Yakka tartibda ishlash.

            2. lfodali o'qish va suhbat.

            3. O'yinlar (ta'limiy, stol ustida, voqeaband, ixtiyoriy, sahnalashtirilgan).

            4. Ko'ngilochar soatlar (har oyda 1-2 marta).) Kechki sayr

              1. Ixtiyoriy kuzatish;

              2. Ixtiyoriy o'yinlar;

              3. Ota-onalar bilan ishlash.

Kundalik reja bayonining yozilishiga qisqacha sharh.

  • ertalabki soatda qilinadigan pedagogik ishning asosiy vazifasi bolalarda tetik, quvnoq kayfiyat uyg'otishdir. Bunda bola faoliyati erkin bo'ladi, bolaning istagi va qiziqishiga tayaniladi, faoliyatlarning shakli va mazmuni qiziqarli bo'lishi ta'minlanadi. Tarbiyachi har kuni ertalabki soatda bolalarning birlamchi tibbiy ko'rik asosida qabul qiladi, ota-onalar bilan suhbat olib boradi, badantarbiya mashqlarini o'tkazadi.

  • Kundalik faoliyat bayonida ertalabki soatda tarbiyachi bolalar bilan belgilangan mavzu yuzasidan qisqa suhbat uyushtirishi ko'rsatiladi, asosiy o'rinni bolalarning o'yin faoliyati uchun ajratiladi. Ijodiy o'yinlarni, tinch o'yinlarni (qurish-yasash, rasmli kitoblarni tomosha qilish) tashkil etish rejalashtiriladi.

  • Rejada bolalarning mehnat faoliyati keng yoritiladi. Mehnat tarbiyasining to'rtta vazifalari besh kunga bo'linib yoziladi. Navbatchilik har bir kun uchun alohida rejalashtirilmaydi. Rejada navbatchilikka yangilik kiritilsa, navbatchilik vazifasi murakkablashtirilsa yoki sharoitlar o'zgarsa, yangi mazmuni alohida yoritiladi.

  • Bolalarning mustaqil faoliyati rejalashtirilmaydi, u bolaning qiziqishiga va kayfiyatiga bog'liq. Har bir bola erkin holda o'zi istagan faollik markazini tanlashi va u yerda ishlashi mumkin. Tarbiyachi bolalarni kuzatishi va zarur holda unga yordam ko'rsatishi lozim.

  • Tarbiyachi unutmasligi kerak: faollik markazida bolani majburlamaslik; bolaning erkin faoliyat yuritishi uchun imkoniyat yaratib berish. Eng asosiysi faollik markazida hamma narsa bola uchun qiziqarli bo'lishi lozim.

  • Mashg'ulotning maqsadida tarbiyachi bolalarga beriladigan ta'lim va tarbiya vazifalarni ko'rsatadi, bolalar egallashi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalarini hajmini aniq belgilaydi. Mashg'ulotning borishi to'Uq yozilmay, manbaning muallifi, ishlanmaning betini ko'rsatib o'tish kifoya. So'ngra zaruriy jihoz va ko'rgazmalarni ko'rsatadi. Mashg'ulot ishlanmasi yozilgan metodik qo'llanma yo'q bo'lsa, tarbiyachi mashg'ulot ishlanmasini yozishi lozim.

Kundalik reja hisobotini yozilishiga qisqacha sharh:

  • Tarbiyachi kundalik hisobot yozmaydi. Mashg'ulot davomida o'tilgan mavzuni o'zlashtirolmay qolgan bolalarni yakka ishlash daftariga shu kunning o'zida bu bolalar bilan qachon, qaysi mavzuda yakka ish olib borilishi belgilab qo'yiladi. Tarbiyachi har kuni ertalabki soatda, sayrda, kunning 2-yarmida o'zlashtirmagan bolalar bilan yakka ish olib borishi lozim.

  • Tarbiyachi har oyning oxirida nazorat mashg'ulotini tayyorlab o'tkazadi. Nazorat mashg'ulotining tahlili joriy oyning oxirgi kunlarida o'tkaziladi. Mashg'ulot tahlili bo'yicha bayonnoma yozilib, mashg'ulot natijasiga ko'ra har bir tarbiyachiga vazifalar beriladi.

  • O'quv yili davomida ikki marta (1-yarim yillik, 2- yarim yillik)Davlat talablari asosida bolalarning rivojlanish ko'rsatkichlari tahlil qilinadi. Tarbiyachining ta'lim-tarbiya ishini to'g'ri rejalashtirishi avvalo faoliyat turlari bo'yicha pedagogik jarayonni tashkil etish va takomillashtirishga yo'naltirilgan bo'lishi zarur.


Yüklə 353,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə