|
![](/i/favi32.png) Urganch davlat universiteti umumiy va noorganik kimyo fanidan ishchi o
|
səhifə | 25/26 | tarix | 27.12.2023 | ölçüsü | 285,83 Kb. | | #162123 |
| 21524 Umumiy va noorganik kimyo ishchi dastur (Kimyo tex-ya)Mashg’ulot turi
|
Baxolashlar soni
|
Amaliy
|
2 marta
|
Mustaqil ta’lim
|
1 marta (referat)
|
1.4. Talabani oraliq nazorat turi bo’yicha baholashda 1 ta nazariy savolga yozma ish javobi bahosi (baholash mezonida nazarda tutilgan mezonlar asosida) hamda uning o’quv mashg’ulotlari davomida olgan baholari o’rtachasi xisoblanib yaxlitlab qo’yiladi.
1.5. Yakuniy nazorat turi semestr yakunida ushbu fan bo’yicha talabaning nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarini o’zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida (talabalar bilimini baholash mezonlarida nazarda tutilgan mezonlar) 3 ta savol berish orqali yozma shaklda o’tkaziladi:
1 savol: nazariy
2 savol: nazariy
3 savol: amaliy(yoki nazariy)
Yakuniy nazorat turini o’tkazish ushbu shakli kafedra tomonidan belgilangan.
Talabalar bilimini baholash mezonlari
Talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida: talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda — 5 (a’lo) baho;
talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda — 4 (yaxshi) baho;
talaba olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda — 3 (qoniqarli) baho;
talaba fan dasturini o’zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega emas deb topilganda — 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|