Urganch davlat universiteti



Yüklə 374,32 Kb.
tarix26.02.2023
ölçüsü374,32 Kb.
#101534
kesim turlari DI


OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
Pedagogika fakulteti
Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishi talabasi
_______________________________ning
Chizmachilikni o’qitish metodikasi” fanidan Kesim turlari
mavzusidagi
DARS ISHLANMASI


Urganch-2022
MAVZU: Kesim turlari
Darsning ta’limiy maqsadi:
-O‘quvchilarga kesim turlari haqida ma’lumot berish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:
- O’quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi:
- Tarbiyali, e’tiborli, xushmuomalali, intizomli bo’lishga tarbiyalash.
Dars jihozi : Ko’rgazmali qurollar va plakatlar
Dars metodi: : Amaliy, sinfda o‘quvchilar bilan ishlash.
Dars turi: Amaliy ish.
Darsning mazmuni:

  • O‘quvchilarga kesim turlari haqida tushunchalar berish.

  • O‘quvchilarga kesimva uni qanday ishlash haqida ma’lumotlar berish, mavzu haqida to’liq tushunchalarni yoritish.

1.Tashkiliy qism
2. Uygi vazifani tekshirish, o‘tilgan mavzuni takrorlash.
3. Yangi mavzu bayoni.
4. Amaliy mashg‘ulot.
5. Darsni yakulash.
6. Uygi vazifa berish.

Darsning borishi.
Tashkiliy qism – 2 daqiqa
Didaktik o‘yinlar – 10 daqiqa
Prezentatsiya – 10 daqiqa
Asosiy qism – 20 daqiqa
Yakuniy qism – 3 daqiqa
O‘quvchilar bilan salomlashish, davomatni tekshirish, sinf xonasi va o‘quvchilarning darsga tayyor ekanligini teshkirish.
Uyga vazifani tekshirish. O‘quvchilarni uyda bajargan ishlarini tekshirib, baholanadi. Yaxshi bajargan o‘quvchilar ruhlantiriladi va rag‘batlantiradi. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar beriladi.
Yangi mavzu bayoni:
Bajarilishiga qarab ikki xil kesim bo‘ladi: chetga chiqarib tasvirlangan kesim, ustiga qo‘yilgan kesim.
Chetga chiqarib tasvirlangan kesimlar ancha yaqqol bo‘ladi va ular A–A, B–B kabi kerakli yozuvlar bilan belgilanadi (3.1-chizmadagi A–A va B–B kesim )

Agar teshik, o‘yiqlarning simmetriya o‘qi davomida kesim chiqarib tasvirlansa, kesuvchi tekislik izi ko‘rsatilmasdan o‘ng tomon (90°)ga burib tasvirlanadi (2.4-chizma, c va 3.1-chizma).
Chetga chiqarib tasvirlanadigan kesimni 3.2-chizmadagidek ko‘rinishning uzib tasvirlangan qismlari orasiga joylashtirish mumkin. Bunday usulni shatunlar, balkalar, relslar, uzun vallarda qo‘llash mumkin.
Chetga chiqarib tasvirlangan kesimlar soni qancha bo‘lishiga qaramay, ularning yuzalari standartga muvofiq shtrixlanadi. Kesim konturi detal konturi bilan bir xil yo‘g‘onlikda chiziladi.
Ustiga qo‘yilgan kesimga misol 3.3-chizmada ko‘rsatilgan. Kesim konturi va yuzasining shtrix chiziqlari bir xil ingichka tutash chiziq bilan chiziladi.


Kesimlarning bu turi uncha yaqqol bo‘lmagani uchun kamroq qo‘llaniladi. Simmetriya o‘qiga nisbatan kesim qo‘llanilayotgan detalning kesimga tushgan elementi chiziladi.
Kesimga tushgan shponka ariqchasi bir tomonlama bo‘lsa (3.3-chizma, a), kesuvchi tekislik yo‘nalishi bo‘yicha kesim 90° ga burib tasvirlanadi va ko‘rsatkichi (strelkasi) chizilib, belgilanmaydi.
Kesimga tushgan joy simmetrik shaklga ega bo‘lsa, tekislik izi ko‘rsatilmaydi (3.3-chizma, b).

O`quvchilarning amaliy ishlari taxlil kilinib rag`batlantiriladi.



Darsni yakunlash:
Dars kelib qolingan bosqichda to‘xtatilib, yaxshi chizgan o‘quvchilar yana bir ruhlantiriladi.
Uyga vazifa berish:
Dars paytida chizilgan rasmini oxirigacha yakunlash, undan tashqari ijodiy yondoshgan holda tabiat manzarasini chizish.
Yakuniy qism:
O‘quvchilarga dars tugagani aytilib, xayrlashiladi.
Namuna
1. 3.5-chizmada kesim talab qilinadigan detallarning ko‘rinishlari berilgan. Ulardan birining bosh ko‘rinishini ko‘chirib chizing va hapdan o‘rinishidan foydalanib, ustiga qo‘yilgan va chiqarilgan kesimlarni bajaring.
2. Val, o‘q, richag kabi detallarning asliga qarab, ulardagi turli elementlarni chizmada ko‘rsatish uchun qo‘llaniladigan kesimlarni aniqlang.


Yüklə 374,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə