Urganch davlat universiteti


Shaxsga o‘zaro ta’sir metodlari



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə21/81
tarix10.04.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#104889
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   81
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi u

3.Shaxsga o‘zaro ta’sir metodlari
O‘z-o‘zini tarbiyalash usullari. O‘quvchida o‘z-o‘zini tarbiyalashga, ya’ni o‘z ustida ongli batartib ishlashga ehtiyoj paydo bo‘lgandagina tarbiya jarayonini samarali deb hisoblasa bomadi. O‘z-o‘zini tarbiyalash o‘quvchilarning o‘zini-o‘zi idora qilishi organlari faoliyatida qatnashishlari, ularning ijtimoiy faollik mavqeini shakllantirishning ta’sirchan vositasidir. O‘quvchilar o‘qishda, tarbiyada, dam olishda o‘z-o‘zini tarbiyalash usullaridan foydalanadilar, o‘z-o‘zini tarbiyalash tashabbuskorlik va mustaqillikka undaydilar. O‘z-o‘zini tarbiyalash sifatlari bola bunga tayyor bo‘lganda, u o‘zini shaxs deb anglay boshlagach, amaliy ishlarga mustaqillik ko‘rsata boshlagan vaqtda paydo bo‘ladi.
O‘z-o‘zini tahlil qilish - o‘z shaxsini, fazilatlarini tahlil qilishga xatti-harakatlari haqida o‘ylashga o‘rgatadi. O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun o‘quvchi o‘zining yurish-turishi, intizomi, ijobiy odatlarining ortib borishi va aksincha, salbiy odatlarining kamayib borishi haqida muntazam ravishda kundaligiga yozib boradi.
O‘z-o‘zini baholash - o‘quvchining qobiyalitini o‘z kuchi bilan yuzaga chiqishiga yordam beradi. O‘z-o‘zini baholash o‘zining imkoniyatlarini hisob-kitob qilish, baholash, chetdan turib xolisona baho berish, o‘zidan qoniqish hosil qilishda yordam beradi.
Tarbiya qoidalarining turmush bilan bog‘liqligi, diniy va dunyoviy xarakteri.
Nazariy bilimlarning amaliyot bilan, turmush tajribalari bilan bog‘lab olib borish ta’limning yetakchi qoidalaridan hisoblanadi. Ta’lim-tarbiya sohasidagi yutuqlar, eng avvalo nazariya bilan amaliyotning o‘zaro bog‘liqligiga asoslanadi. Shundagina o‘quvchi-talaba o‘rganayotgan o‘quv materiallarining tub mohiyatini tushunib yetadi va amaliyotda ulardan foydalana oladi. Buning uchun o‘qituvchi ta’lim jarayonida o‘quvchilarning faol ishtirok etishlariga erishmoq lozim. Faol ishtirok esa bilimlarni ongli, tushunib o‘zlashtirilishga olib keladi.
Talabalar o‘zlashtirib olgan bilimlarini imkoniyatlariga qarab sekin-asta amaliyotga qo‘llay boshlaydilar. Talabalar bilan bo‘lgan muloqotda, ularga bilim berish jarayonida o‘qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonini samarali boshqarishi lozim. Ta’lim-tarbiya jarayoni uzviy jarayondir. Ta’lim berish jarayonida tarbiyalayotganligimizni unutmasligimiz lozim. Suxandonlik, kinoyasiz so‘zlash, o‘qituvchiga xos kiyinish etikasi, fikrni erkin bayon qilish va uni tamasiz etkaza olish xususiyatlari o‘quvchilar uchun amaliy ko‘rgazma ekanligini unutmaslik kerak. Ta’lim berishda o‘qitish metodlari asosiy o‘rinni egallaydi.
Pedagogik masala:
Ota o‘z o‘g‘lining yetuklik attestatini olishi va 16 yoshga to‘lishi munosabati bilan ziyofat berdi. U o‘ziga va o‘g‘liga hamqadah to‘ldirdi, o‘g‘lini bugungi baxtli kuni bilan tabriklab o‘g‘liga qadah uzatadi. Siz oila a’zolarining bu voqeaga bo‘lgan munosabatlarini qaysi birini to‘g‘ri deb o‘ylaysiz?
a) dadasi – o‘g‘lim muborak yoshing bilan tabriklayman, shu munosabat bilan bir qadah ko‘taraylik!
b) buvisi – jon bolam, sen spirtli ichimliklarga o‘g‘lingni o‘rgata ko‘rma, hech qachon ichmasin, martabasi ulug‘ bo‘lsin, baxtli bola bo‘lsin.
v) bobosi – mayli, dadangni so‘zi yerda qolmasin, do‘stlari oldida izza qilma, qadahni urishtirib, bir ho‘plab bera qol.
g) oyisi – o‘g‘lim, dadang senga qadah uzatib, bu spirtli ichimliklarning qanchalik zararli ekanligini bilish yoki bilmasligingni sinab ko‘rmoqchi bo‘ldi.
Bu tarzdagi test savollari muammoli tarbiyaviy masala, o‘quvchining aqliy va axloqiy bilimini kengaytiradi. Ongini, tafakkurini charxlaydi. Insonlarga bo‘lgan muomala madaniyatini takomillashtiradi. Shunga o‘xshash masalalarni muttasil yechib borgan, aqliy va axloqiy bilimlar ko‘nikmasiga ega bo‘lgan talaba komillikka erishib boradi.


Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə