Urganch davlat universiteti


-mavzu. Boshlangich ta’lim pedagogikasida ta’lim qonuniyatlari va qoldalari va prinsiplari



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə34/81
tarix10.04.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#104889
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   81
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi u

6-mavzu. Boshlangich ta’lim pedagogikasida ta’lim qonuniyatlari va qoldalari va prinsiplari.
. BoshlangMch ta’lim metodlari va vositalari. Ta’lim jarayoni -yagona dinamik tizim sifatida. Ta’lim - borliqni bilishning o‘ziga xos shakli sifatida. 0 ‘qitish va o'qitish jarayonlari tasniflari vaularning ta’lim jarayonidagi o‘zaro aloqadorligi. Sharq va G‘arb mutafakkirlarining ta’lim sohasidagi g‘oyalari. Ta’lim jarayoni va ta’lim oluvchilar ruhiyatidagi o‘zaro aloqadorlik.O‘qitishning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalarining uyg‘unligi. Ta’lim qonuniyatlari va lamoyillari.BoshlangMch ta’limda ta’lim metodlari va usullaridan foydalanish haqida ma’lumot.Hozirgi zamon didaktikasi va xususiy metodikasida boshlang‘ich ta’lim metodlarini tavsiflashga turlicha yondashuvlar. Ta’lim metodlari va vositalarining tavsifi. Sharq mutafakkirlarining boshlang‘ich ta’lim tizimida ta’lim metodlaridan foydalanish haqidagi fikriari. BoshlangMch ta’limda ta’lim metodlarini qoMlashning o'ziga xos xususiyatlari. Ta’lim metodlarini faollashtirish yoMlari. Mustaqil ish va ularningturlari. Boshlang'ich sinf o‘qituvchisining pedagogik mahorati tajribasida ta’lim metodlari samaradorligini oshirish yollari.
Ta’lim jarayoni yaxlit tizim sifatida. Ta’lim tushunchasi va mohiyati. Ta’lim tizimli bilim olishning eng muhim va ishonchli usulidir. Ta’limga ikki tomonlama aloqa (ta’lim olish va ta’lim berish), shaxsni har tomonlama rivojlantirish va boshqa xususiyatlar xosdir. Ta’lim, shuningdek, o’ziga xos xususiyatlar ham ega. Ta’lim o’qituvchi tomonidan boshqariluvchi o’ziga xos anglash jarayonidir. O’qituvchining yo’naltiruvchi sifatidagi roli o’quvchilarning aqliy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishni ta’minlovchi bilim, ko’nikma va malakalarni to’liq o’zlashtira olishlarida ko’rinadi.
Ta’lim o’qituvchining o’quvchilar bilan muloqoti jarayoni ham sanaladi. U o’quvchilarga o’quv materiali mazmunini tushuntirib beradi, savol va topshiriqlar beradi, ularning faoliyatini nazorat qiladi, xato va kamchiliklarini aniqlaydi, yo’l qo’yilgan xatolarni to’g’rilaydi, qanday ishlash lozimligini qayta ko’rsatadi. Har qanday ta’lim o’zida o’qituvchi va o’quvchining faoliyati, ya’ni, o’qituvchining o’rgatish hamda o’quvchining o’rganishga yo’naltirilgan faoliyati, boshqachai aytganda to’g’ridan to’g’ri, bevosita va nisbiy munosabat aks etadi.
Ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida o’zaro muloqat yuzaga keladi. “Muloqot” tushunchasi “ta’lim” tushunchasidan ko’ra keng ma’noga ega.
Ta’lim o’quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularning bilish qobiliyatlarini o’stirish, ularda amaliy ko’nikma va malakalar, shuningdek, dunyoqarashni shakllantirishga yo’naltirilgan jarayondir.
Ta’lim va ta’lim jarayoni (didaktik jarayon) sinonim tushunchalar emas. Jarayon bu yaxlit pedagogik hodisa, pedagogik faoliyatning tarkibiy qismi sifatida ta’lim tizimining muayyan holatini o’zgartirish hisoblanadi. Jarayon mohiyatini V.P.Bespalko tomonidan taklif etilgan quyidagi formula asosida to’laqonli anglash mumkin:
DJ q M Q O’fQB
Bu yerda; DJ – didaktik jarayon;
M – o’quvchilarning o’qish (ta’lim olish) motivatsiyasi;
O’f –o’quvchilarning o’zlashtirish faoliyati;
B –o’quvchilarning bilish faoliyatlarini boshqarish.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə