Urganch davlat universiteti


Musiqa chalinadi va “Onajonginam” qo‘shig‘i ijro etiladi



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə28/81
tarix10.04.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#104889
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   81
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi u

Musiqa chalinadi va “Onajonginam” qo‘shig‘i ijro etiladi.
2 – boshlovchi:
Ha, onalarimiz naqadar aziz, ular shunchalar mehribonki, bu haqida qancha ta’riflasak ham kamlik qiladi.
O‘quvchilar onalarni madh etib she’r o‘qiydilar:
Onajonim, mehribonim,
Siz ko‘kdagi quyoshim.
Yaxshi ishda yo‘ldoshim,
Ishlarimda ish boshim.

Bizga oq sut berdingiz,
Yugurdingiz, yeldingiz.
Jonu dildan suydingiz,
Onajonim, mehribonim.

Meni o‘ylaysiz faqat,


Men uchun kuydirib jon.
Sizday mehribon yo‘qdir,
Siz – quyoshsiz, Onajon.

Yashayman men doimo,


Ko‘rsatib izzat – hurmat.
Ko‘nglingiz etaman shod,
Bosh egib, qilib xizmat.

Onajonim, baxtimga,


Yuringiz sog‘ – salomat.
Baxtli yashang doimo,
Hayotdan rozi bo‘lib.

Siz bag‘rikeng bir insonsiz,


Bizga juda mehribonsiz.
Gullar tutib, quvnar yurak,
Bayramingiz muborak!

Bolalar onalariga gullar sovg‘a qilishadi. “Ayol” qo‘shig‘i magnit tasmasidan eshittiriladi, bolalar valsga tushadilar.
1 – boshlovchi:
Onalarimiz, ayollarimiz qo‘shiqda kuylanganidek, juda go‘zal hamda malohatlidir. Ayniqsa, o‘zbek ayollari.
O‘quvchilar tomonidan “O‘zbegimning ayoli” she’ri o‘qiladi.
Malohatli jamoli,
Baxtdan so‘zlar kamoli,
Boshda g‘ijim ro‘moli,
O‘zbegimning ayoli.

Erta tongda non yopgan,


Dalada ketmon chopgan,
Farzand –la, baxtin topgan,
O‘zbegimning ayoli.
2 – boshlovchi:
Xalqimiz azal – azaldan munis onajonlarimiz haqida maqolu, masallar, rivoyatlar aytib kelishgan. Hadislar ham bu zoti shariflar haqida ko‘plab ibratli nasihatlar bor. Hozir ana shulardan namunalar eshitamiz.
O‘quvchilar tomonidan hadislardan namunalar aytiladi.

Onalar mehribon, ular shunchalar mehrliki, bizni necha yoshga to‘lsak ham “bolam”, deb suyadilar. Darhaqiqat, ona bolam degan, bola esa dalam degan. Shu o‘rinda birorta kichik sahna ko‘rinishi namoyish etiladi. Shundan so‘ng bolalar onalarni madh etadilar.Ona – bu hayot demak. Ona borki, hayot davom etadi, ona borki oila chirog‘i o‘chmaydi, ona borki, olam munavvar.


Onalarimiz bizni bir parcha etdan katta qilib, qatorga qo‘shadilar, oq yuvib oq taraydilar. Doimo boshimiz uzra parvona bo‘ladilar. Ular oyog‘imizga kirgan tikanni kipriklari bilan olishga tayyordirlar.Buning sababi nima? Ne uchun onalar farzand qoshida bu qadar parvonalar? Hatto kerak bo‘lsa, farzand uchun jon fido qilishga ham tayyor ekanliklarining boisi nimada? Buning javobi bitta – onalik mehri. Onaning o‘z farzandiga bo‘lgan cheksiz mehri!

Onadir bu onadir” qo‘shig‘i ijro etiladi.


1 – boshlovchi:
Ha, ona mehri toshni eritar. Ular bir umr bolam deb yasharlar. Shunday ekan, onalaringizga siz ham mehribon bo‘ling, ularni avaylang, qadriga yeting, aziz o‘quvchilar.

Ularga ko‘p narsa kerak emas. Ular yaratgandan farzandlariga doimo sog‘liq, omonlik tilaydilar. Jigarbandlari kamoli ular uchun eng katta baxtdir aslida.



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə