Urganch davlat universiteti


Aniq bir maqsadga qaratilgan tarbiyaning samaradorligi tarbiyachining qanday metoddan foydalanishiga bog‘liq



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə25/81
tarix10.04.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#104889
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   81
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi u

Aniq bir maqsadga qaratilgan tarbiyaning samaradorligi tarbiyachining qanday metoddan foydalanishiga bog‘liq.
Metod, ya’ni usul axborotni uzatish va qabul qilish xarakteriga qarab:
1. So‘z orqali ifodalash usuli.
2. Ko‘rgazmalilik usuli.
3. Amaliy namuna usuli.
4. Rag‘batlantirish va jazo usullariga bo‘linadi.
Bu metodlar o‘z navbatida quyidagi guruhlarga bo‘linadi.
Birinchi guruh - so‘z orqali uzatish, maslahat berish, ma’lumotlarni eshitish orqali qabul qilish, hikoya, ma’ruza, suhbat va boshqa usullarga.
Ikkinchi guruh - kinofilmlar, tasviriy san’at, badiiy san’at va boshqa ko‘rish orqali tarbiyalash usullariga.
Uchinchi guruh - tarbiya jihatlarini amaliy mehnat harakatlari orqali berish, o‘rnak ko‘rsatish, boshqalar mehnatini misol tariqasida ko‘rsatish.
To‘rtinchi guruh - yaxshi bajarilgan ishlarni o‘rtoqlari oldida ma’qullash, minnatdorchilik bildirish, iqtisodiy va ma’naviy rag‘­batlantirish.
Jazo - bu bolaning noto‘g‘ri qilgan ishiga o‘zini iqror qildirish.
Tarbiya - Har bir insonning hayotida, yashashi mobaynida orttirgan saboqlari va intellektual salohiyatlarining ijobiy ko‘nikmasini o‘zgalarga berish jarayoni.
Tarbiyalanganlik - jamiyatda qabul qilingan axloqiy normalarga bo‘ysunish va o‘zgalarning nafratini qo‘zg‘atadigan xatti-harakatlardan o‘zini tiya bilish.
Beruniy insonning kamolatga yetishishida ilmu ma’rifat, san’at va amaliyot asosiy rol o‘ynasada, nasl-nasab, ijtimoiy muhit va turmush qonuniyatlari ham katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi. Uning fikricha inson kamolga yetishuvining eng muhim omillari ilm ma’rifatli bo‘lish va yuksak axloqlilikdir. Axloqlilikning belgilari yaxshilik, to‘g‘rilik, adolat, kamtarlik, saxovat, oliyjanoblik, do‘stlik va hamkorlik, mehnat, poklik, go‘zallikka intilish kabilardir.
Adolat - hayotiy masalalarni axloqiy va huquqiy normalarni rioya etgan holda hal etishdir.
Ma’lumki, «adolat» keng qamrovli tushuncha sifatida ijtimoiy munоsabatlaming barcha jabhalarini qamrab oladi. «Adolat, axloq va huquq kategoriyasi sifatida axloqiy-huquqiy munosabatlarni nazorat qilib turuvchi, odamlarning faoliyatiga baho beruvchi zaruriy o‘lchovdir», - deb yozadi F. Nizomov.
Наг qanday jamiyat ijtimoiy adolat normalariga rioya qilishi bilan yuksalish darajasi belgilanadi. Tarixga nazar tashlasak, turli jamiyatlarda adolat nizomi yaratishda xilma-xil yondashuvlarga amal qilib kelinganligining guvohi bo‘lamiz.
Istiqlol sharofati bilan ko‘plab ajdodlarimizning ilmiy merosi va ularda ilgari surilgan adolat to‘grisidagigi g‘oyalar atroflicha o‘rganish zamon talabi bo‘lib qolmoqda. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasida chuqur huquqiy bilimlarga ega, sotsiomadaniy darajasi rivojlangan, amaliy ko‘nikma-malakalarni egallagan, raqobatbardosh kadrlar talab qilinadi. Shu sababli yoshlarda ijtimoiy adolat to‘g‘risidagi tushunchalarni kamol toptirish uchun zamin yaratish lozim. Kelajakda mutaxassis bo‘lib yetishuvchi kadrlar, bugungi kun uzluksiz ta’lim qatnashchilari huquqiy davlat muammolarini to‘g‘ri baholay oladigan, chuqur huquqiy bilimlarga ega, ijtimoiy hayot sohalari ichki qonuniyatlari to‘g‘risidagi tushunchalarni egallab borishlari zarur. Hozirgi zamon talablaridan kelib chiqqan holda yoshlar rivojlanayotgan huquqiy demokratik davlatdagi ijti­moiy sohadagi islohotlar, axloqiy-huquqiy munosabatlar kabi masalalarga alohida e’tibor berishlari lozim.
Mazkur tushunchalarni shakllantirishda uzluksiz ta’lim tizimi shaxsning ijtimoiy munosabatlarga kirishishida asosiy bo‘g‘in bo‘lib hisoblanadi. Hayotda adolat me’yorlariga rioya etish ijtimoiy-axloqiy, ma’naviy-ruhiy jarayondir.
«Mutafakkir Imom Buxoriy «Adolat-Allohning benazir inoyatidir, undan barchani bahramand qiling», - degan g‘oyani ilgari surgan. Bu borada mashvarat (kengash)ga alohida ahamiyat berib, jamiyatni adolatli bajarishda uning vazifasi muhim ekanligiga e’ti­bor qaratadi». Bu bilan davlatning kuch qudrati faqatgina iqtisodiy imkoniyatlar, kuchli qo‘shin, mirshab va qozilarga emas, balki ado­lat tamoyilining amal qilishga hamda uning amaliy faoliyatiga ham bog‘liqligini ko‘rsatib beradi.
Tarbiya jarayonida o‘qituvchi, tarbiyachilarning asosiy vazifasi ta’lim-tarbiya berish, o‘quvchilar bilim, ko‘nikma malakalarini muttasil oshirib borish, ularda tafakkur, ilmiy dunyoqarash va mafkuraviy tushunchalarni shakllantirishdan iboratdir.
Mafkura - inson ruhiyati, tafakkur va dunyoqarashini o‘zgartiradigan kuchli vositadir. Uning g‘oyalari xalqning ishonch – e’tiqodi, intilish va manfaatlari ifodasiga, aylansa, yetarlicha samara beradi. Shuning uchun ham mafkura sohasidagi targ‘ibot va tashviqot ishlarini, o‘quvchilarning tushunchasi, aql-idroki va tafakkur darajasini inobatga olgan holda ma’rifiy yo‘l va usullar orqali amalga oshirish taqozo etiladi.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə