Urganch innovatsion university



Yüklə 2,29 Mb.
səhifə28/69
tarix28.11.2023
ölçüsü2,29 Mb.
#133428
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   69
5. Tilshunoslik nazariyasi. Majmua (3)

2-amaliy mashg’ulot
Mavzu: Me’yorlashtirilgan tillar. Adabiy til va shevalar. Kreol tillar. Pijin tillari. Tillarning chatishuvi masalasi.

Reja:
1. Me’yorlashtirilgan tillar tushunchasi.


2. Adabiy til va shevalar.
3. Kreol tillar. Pijin tillari.
4. Tillarning chatishuvi masalasi. Millatlararо tillar. Xalqarо tillar. Sun’iy til.

Me’yorlashtirilgan tillar bu ma’lum bir me’yorlarga solingan til hisoblanadi. Standart tillar ham deyiladi. Jamiyatda adabiy til, davlat tili sifatida xizmat qiluvchi tillar. Masalan, o’zbek, rus tillar kabi.


Me’yorlashtirilgan tillar adabiy til me’yoriga ega bo‘lgan tillardir. Bunday
tillarga adabiy shakliga ega bo‘lgan barcha tillar kiradi. Adabiy til tarixiy
taraqqiyot jarayonida takomillashib, o‘zgarib boradi.
Qadimiy tillar tillarning dastlabki taraqqiyoti davrida shakllangan, takomiliga
yetgan, eng qadimiy madaniy-ma’naviy yodgorliklar yaratilgan tillardir.
Bu tillar keyingi davrlarda shakllangan bir qator tillar uchun asos bo‘lib xizmat 
qilgan. Qadimiy tillar kishilik jamiyatining umumiy taraqqiyoti uchun katta ahamiyat kasb etgan. Ma’lum davrda aloqamunosabat vositasi sifatida mavjud bo‘lib, keyingi davrlarda iste’moldan chiqa borgan. Natijada o‘lik tilga aylangan. Lotin tili qadimiy tilning yaqqol namunasidir.
Mahalliy tillar kam sonli aholiga xizmat qiladigan tillardir. 
Mahalliy tillar o‘z yozuviga ega emas. Bunday tillar faqat og‘zaki 
shaklda mavjud bo‘lib, aholining kundalik aloqa-munosabat ehtiyoji 
uchun xizmat qiladi.
Adabiy tilning ikki xil ko’rinishi mavjud: og’zaki va yozma shakli mavjud. Adabiy til umumxalq tili, sheva va lahjalar asosida yaratiladi. Qarluq lahjasi o’zbek adabiy tiliga asos qilib olingan.
Kreol tillar. Mustamlakachilik natijasida Amerika, Afrika, Sharq mamlakatlari xalqlari tillari bilan yevropa tillari elementlari aralashuvidan tashkil topgan tillar. Masalan, amerikadagi Gaiti orolida mahalliy aholi bilan fransuz tili aralashuvi natijasida gatti—kreol tili shakllangan. Lotin Amerikasidagi mahalliy aholi tili bilan ispan tilining aralashuvidan
ispan-nauatal kreol tili hosil bo‘lgan. Kreol tillarning har biri o‘ziga xos
xususiyatlarga ega. 
Ularda birdan ortiq tilning o‘ziga xos xususiyatlari yaxlit holda namoyon bo‘ladi.
Pijin tillari. Xitoy tilining yevropa tillari bilan chatishuvi natijasida yuzaga kelgan aralash tillardir. Kreol va pijin tillari o’xshash hamda farqli tomonlarga ega. Yevropa tillari bilan mahalliy tillarning aralashuvidan yuzaga keladi. 
Lekin pijin tillarida so‘zlashadigan jamiyat yo‘q (kreol til jamiyat uchun
aloqa- munosabat vositasi sifatida xizmat qiladi). Pijin tillardan port shaharlarida ikkinchi til sifatida foydalaniladi.


Yüklə 2,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə