Urganch innovatsion university



Yüklə 2,29 Mb.
səhifə46/69
tarix28.11.2023
ölçüsü2,29 Mb.
#133428
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   69
5. Tilshunoslik nazariyasi. Majmua (3)

9-seminar mashg’uloti.
Mavzu: Yozuv va uning tarixiy ko‘rinishlari.
Reja:
1. Yozuv va uning tariхiy ko‘rinishlari.
2. Arab grafikasi, lоtin yozuvi, kirill alifbоsi.

Yozuvlar bugungi darajaga yetib kelgunicha uzoq tarixiy davrni bosib o‘tdi. Ulardan eng dastlabkisi sifatida piktografik [rasmli yozuvni] ko‘rsatish mumkin.Bu yozuv turning o‘ziga xos tomoni uning og’zaki til bilan bog’liq emasligi va uni har qanday tilvakili tushuna olishidadir. Piktografik yozuvda bildirilmoqchi bo‘lgan fikrlar inson,hayvon,qayiq kabilarning sxematik tarzdagi rasmlarini tushurish orqali ifodalangan.Masalan,ovchining ovga chiqqanligi kishi siymosi ov quroli tutgan holda tasvirlangan,uning biron bir hayvonni tutib olganligi shu hayvonning ta’siri bilan, qayiqda dengiz yoki daryoda suzganligi qayiq tasviri orqali,manzilga yetgach,tunab qolganligi chayla tasvirini berish bilan ifodalangan. Albatta,bu holatlar rasmda birin ketinlikda berilgan. Piktografiyada allifbo bilan hech qanday bog’liqlik bo‘lmagan,fikrni ifodalashda yordam beruvchi tasvirlarni o‘xshatib tasvirlash kerak bo‘lgan. Bu holat turli tilda so‘zlashuvchi qabilalar o‘rtasida fikrni o‘zaro anglashda qo‘l kelgan. Rasmlar yordamida muayyan fikr-axborotni ifodalash,yuborish mumkin ekanligi natijasida vujudga kelgan piktografik yozuv dunyodagi mavjud barcha yozuvlarning kelib chiqishi uchun asos bo‘lgan deyish mumkin. Tabiiyki, jamiyatning taraqqiy etib borishi bilan piktografik yozuv yetarli bo‘lmay qoldi. Zaruriyat bor yerda kashfiyotning ham bo‘lishi muqarrarligi yozuvning ham takomillashib borishiga turtki bo‘ldi. Natijada, piktografik yozuv o‘rnini ideografik va ieroglifik yozuvlar egallay boshladi. Piktografik yozuvdanideografik yozuvga o‘tilishiga aytilmoqchi bo‘lgan mavhum fikrlarning bu yozuv turida to‘liq ifodalashning imkoni bo‘lmaganligi sabab bo‘ldi.


Savol va topshiriqlar:
1. Yozuv qachon shakllangan va qanday shaklda?
2. O’zbek yozuvi bugungi holatga kelgunicha qaysi davrlarni bosib o’tgan?
3. O’zbek xalqi qadimdan qaysi yozuv turlaridan foydalanib keladi?



Yüklə 2,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə