Urmaiov N. J., R o ‘ziyev O. A., Gulmatov J. Q., Berdiyev S. R. Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti «tafakkur»


Mamlakatimizda dehqonchilik tarmoqlarining hozirgi rivojlanish



Yüklə 10,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/140
tarix12.01.2023
ölçüsü10,95 Mb.
#98472
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   140
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

13.2. Mamlakatimizda dehqonchilik tarmoqlarining hozirgi rivojlanish
holati.
2008-yilda mamlakatimiz bo‘yicha 5605,5 mlrd. so'mlik yalpi 
dehqonchilik mahsuloti yetishtirilgan bo'lib, 2007-yilga nisbatan 102,8 foizni 
tashkil etgan. Qishloq xo'jaligi yalpi mahsulotining tarkibida dehqonchilik 
tarmog‘ining ulushi 2008-yilda 53,5 foizni tashkil etgan boTib, 2007-yilda bu 
ko‘rsatkich 55,1 foiz edi.
Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida paxtachilik bian g‘allachilik 
tarmoqlari davlat miqyosida strategik ahamiyatga ega boTib, ushbu mahsulotlar 
umumiy maydoni respublika jami ekin maydonining 82 foizga yaqinini tashkil 
etmoqda. Shu sababli ulaming qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotdagi salmogT 
ham yuqoridir.
252
www.ziyouz.com kutubxonasi


Mamlakatimizda 
mustaqillikning 
ilk 
davridan 
boshlab 
ekin 
maydonlari tarkibini takomillashtirishga alohida e'tibor berildi. Sobiq ittifoq 
davrida 
mamlakatimiz 
qishloq xo'jaligi 
asosan 
paxta 
yetishtirishga 
ixtisoslashtirilgan edi. Shu sababli paxta yakka hokimligiga barham berish va 
mamlakatimiz aholisi ehtiyoji uchun kerak bo‘ladigan qishloq xo'jalik 
mahsulotlarini o'zimizda yetishtirishga erishish bo'yicha islohotlar amalga 
oshirildi. Prezidentimiz I.A.Karimov tashabbusi bilan g‘alla mustaqilligi Davlat 
dasturi ishlab chiqildi va boshoqli don ekinlari maydoni sug‘oriladigan yerlar 
evaziga keskin ko'paytirildi. Buning natijasida hozirgi vaqtda mamlakatimiz 
aholisi 
uchun 
kerak bo‘ladigan 
don 
mahsulotlari 
o‘zimizda to‘liq 
yetishtirilmoqda va bir qismi eksport ham qilinmoqda.
Mamlakatimiz ekin maydonlari tarkibida donli ekinlaming salmog‘i 
ortmoqda. 1995-yilda donli ekinlarning umumiy ekin maydonidagi salmog‘i 
39,8 foiz boigan boisa, 2000-yilga kelib bu ko'rsatkich 42,7 foizni, 2008- 
yilda esa 43,2 foizni tashkil etgan.
G‘allachilik asosan respublika aholisining don mahsulotlariga boigan 
talabini qondirishga xizmat qiladi. Tibbiyot me'yorlari bo‘yicha bir kishi yil 
davomida 124 kg un va un mahsulotlarini iste'mol qilishi lozim. G‘allachilikda 
erishilgan natija respublikamiz bu boradagi talabni qondirish imkoniyatiga ega 
ekanligidan dalolat beradi. Bu Prezidentimiz I.A.Karimov tashabbusi bilan 
qabul qilingan don mustaqilligi Davlat dasturining natijasidir. Hozirgi vaqtda 
mamlakatimizda yetishtirilayotgan bug‘doy aholi ehtiyojlarini to'liq qondirib, 
yetishtirilgan bug‘doyning bir qismi eksport ham qilinmoqda. G‘allachilikning 
rivojlanishi chorvachilik va sanoat tarmoqlari yuksalishiga ham ijobiy ta'sir 
etadi.
Prezidentimiz tashabbusi va bevosita rahbarligida iqtisodiyotning 
muhim tarmog‘i - qishloq xo‘jaligida amalga oshirilgan izchil islohotlar ko‘p 
o‘tmay g‘alla mustaqilligiga erishish imkonini berdi. Shu o'rinda ta'kidlab 
o‘tish lozimki, mustaqillikning ilk davrida mamlakatimizda 940 ming tonna 
g‘alla yetishtirilgan boTib, aholi uchun zarur boTgan bu mahsulotga ichki 
ehtiyojni ta'minlash uchun taxminan 4,5 mln. tonna bug‘doy chetdan xarid 
qilinar edi.
Don mahsulotlariga boTgan talabni qondirishga erishish uchun dastlab 
urug'chilikka 
e'tibor 
berildi. 
0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasming 1996-yil dekabr oyida qabul qilingan “Andijon viloyatida 
boshoqli don ekinlari urug‘chiligini tashkil etish masalalari to‘g‘risida”gi qarori 
aynan shu vazifani amalga oshirishga qaratilgan edi. Mazkur me'yoriy hujjatga 
asosan, hududda bug‘doyning yangi navlarini yetishtirishga ixtisoslashgan 
xo‘jaliklar, 
urugTik 
bug‘doy 
sanoat 
miqyosida 
tayyorlanadigan 
va 
qadoqlanadigan zamonaviy korxonalar yuzaga keldi. Andijon viloyati 
mutaxassislari to‘plagan tajriba va fermerlik harakatining izchil rivojlanishi
253
www.ziyouz.com kutubxonasi


mamlakatimizda g'allachilikning yanada taraqqiy topishiga xizmat qildi. 
Ayniqsa, 
g‘allachilik tarmog'ini 
rivojlantirishga qaratilgan islohotlar, 
davlatimiz tomonidan dehqon va fermerlarga ko'rsatilayotgan g‘amxo‘rIik o‘z 
natijasini berdi: g‘alla hosildorligi va sifati yil sayin oshib, murakkab iqtisodiy 
sharoitda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashga asos bo'ldi. Shu bilan bir 
qatorda, chorvachilik va parrandachilik tarmoqlari rivojlanishi uchun zarur 
ozuqa bazasi bunyod etilishiga mustahkam zamin yaratildi. Bugungi kunda 
mamlakatimizda ichki ehtiyojlar o‘zimizda ishlab chiqarilgan un va non 
mahsulotlari bilan to‘Iiq ta'minlanmoqda.
2008-yilda mamlakatimizda umumiy ekin maydoni 3609,3 ming 
gektami tashkil etgan bo'Iib, 2007-yilga nisbatan 48,3 ming gektarga ko'pdir. 
Shundan donli ekinlar ekilgan maydon 1559,5 ming gektar boiib, 2007-yilga 
nisbatan 101,4 foizni tashkil etadi. Shu jumladan bug‘doy ekilgan maydon 
1373,6 ming gektar boiib, 2007-yilga nisbatan 99,3 foizni tashkil etadi.
13.1-jadval

Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə