8.3. Investitsiyalardan foydalanish samaradorligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar va ularni aniqlash tartibi. Qishloq xo‘jaligiga investitsiyalami sarflashdan maqsad — tarmoqda
ishlab chiqarishni rivojlantirish, qo‘shimcha foyda olish va fuqarolarning
yashash sharoitini yaxshilashdir. Ulaming darajasini loyihalar tuzishda hamda
bu loyihalami amalga oshirishda aniqlash mumkin.
Buning uchun
investitsiyalaming iqtisodiy samaradorligi aniqlanadi. Iqtisodiy samaradorlik
xarajatlar bilan foyda summalari taqqoslanishi natijasida aniqlanadi.
Investitsiyalardan foydalanish samaradorligiga baho berishda quyidagi
ko‘rsatkichlardan foydalaniladi:
a) investitsiyalaming mutlaq iqtisodiy samaradorligi koeffitsiyenti.
Uning darajasi sarflangan investitsiyalar natijasida yalpi ichki mahsulotning
o‘sgan summasini shu o‘sishni ta'minlagan investitsiya summasiga nisbati
bilan aniqlanadi. Bunda quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
n .
YalMo' YaDo' Si = ---------------- =
---------------
Is Is Bunda:
Si - investitsiyalarning mutlaq iqtisodiy samaradorlik
koeffitsiyenti;
173 www.ziyouz.com kutubxonasi
YalMo' - ma'lum bir davr ichida yalpi ichki mahsulotning o‘sgan
summasi, so‘mda. Bunda qishloq xo'jaligida yalpi daromadning o'sgan
summasi ham olinishi mumkin;
Is — sarflangan investitsiya summasi.
Bu ko'rsatkich sarflangan 1 so'mlik investitsiya mablag‘i evaziga
necha so'mlik yalpi ichki mahsulot yoki yalpi daromad olinganligini ifodalaydi.
Uning mutlaq miqdori imkoni boricha yuqori bo'lishi maqsadga muvofiq.
Shunda investitsiyalaming mutlaq iqtisodiy samaradorlik darajasi yuqori
bo'ladi. Kam bo‘lsa, u iqtisodiy samaradorlik darajasi past bo'lganligidan
dalolat beradi, bunday holda investitsiyalami sarflash maqsadga muvofiq
hisoblanmaydi.
Investitsiyalar aksariyat hollarda uzoq muddatga mo‘ljallangan
xarajatlardir. Shuning uchun ulaming bir necha yillar davomidagi iqtisodiy
samaradorligini aniqashda qiyosiy baholardan foydalanish lozim. Bunda
inflyatsiya darajasi hisobga olinadi.
b) sarflangan investitsiyaning samaradorligi. Uni aniqlash uchun
investitsiya sarflanishi natijasida sof foydaning o‘sgan summasini shu o‘sishni
ta'minlagan investitsiya summasiga taqsimlanadi. Bunda quyidagi formuladan
foydalanish mumkin:
O'TIS Bunda:
SFo ‘ - investitsiyani amalga oshirish natijasida sof foydaning
o ‘sgan summasi;
O ‘TIS - foydaning o‘sishini ta'minlagan investitsiya summasi.
Bu ko‘rsatkich yordamida sarflangan bir so‘mlik investitsiya necha
so'mlik yoki tiyinlik foyda keltirilganligi aniqlanadi. Shuning uchun bu
ko‘rsatkichning mutlaq miqdori yuqori bo‘lgani maqsadga muvofiqdir.
Hozirgi davrda ayrim me'yoriy hujjatlarda investitsiyalar mutlaq
iqtisodiy samaradorlik darajasi koeffitsiyentining me'yoriy miqdori 0,07
darajasida belgilangan. Shunga binoan sarflanayotgan investitsiyalaming har
bir so‘mi evaziga 7 tiyin foyda olinsa, bunday investitsiyalar iqtisodiy jihatdan
samarali hisoblanadi. Undan kam bo‘lganda esa investitsiyalar samarali
hisoblanmaydi. Shu bilan birgalikda qishloq xo'jaligida
irrigatsiya-
melioratsiya inshootlariga sarflanayotgan investitsiyalar
mutlaq iqtisodiy
samaradorlik koeffitsiyentining miqdori ulaming uzoq yillar davomida faoliyat
ko'rsatishini e'tiborga olgan holda 0,05 darajasida belgilangan.
d)
investitsiya sarflanishi natijasida xarajatlaming tejalishi. Qishloq
xo‘jaligida sarflangan investitsiyalar ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish
orqali mahsulot yetishtirish uchun qilingan o‘rtacha xarajatlar (mahsulot
tannarxi)ni kamaytirishda ham muhim ahamiyatga ega. Ushbu holatga baho
berishda ularning iqtisodiy samaradorlik darajasi tejalgan mablag* qiymatini
174 www.ziyouz.com kutubxonasi
s a r f l a n g a n i n v e s t i t s i y a s u m m a s i g a t a q s i m l a b h a m a n i q l a n a d i . U q u y i d a g i
t e n g l i k y o r d a m i d a a n i q l a n i s h i m u m k i n :
T ^ ' Si- Is Bunda: Tj - investitsiya sarflanishidan oldingi tannarx summasi, ming
so‘mda;
T2 - investitsiya sarflanganidan keyingi tannarx summasi,
ming so‘mda.
Bu ko'rsatkichning ham mutlaq darajasi yuqori bo‘lishi maqsadga
muvofiqdir.
e) investitsiyaning qoplanish muddati.
Bu ko'rsatkich sarflangan
investitsiya summasini olingan sof foydaning o‘sgan summasiga taqsimlash
orqali aniqlanadi. Bunda quyidagi formulalardan foydalanish mumkin:
Is I Q M - — —
SFo’ Investitsiyalaming qoplanish muddati imkon qadar qisqa boTishi
maqsadga muvofiqdir.
f) sarflangan investitsiyaning kelajakda keltiradigan foydasi. Bu
ko'rsatkich quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Fk=So(l+i/100)’
Bu yerda: Fk - investitsiyaning kelajakdagi foydasi;
S0 - boshlang'ich summa;
i - inflyatsiya darajasi;
t — investitsiya muddati.
g) agrar sohaga sarflangan investitsiyalaming samaradorligini
tavsiflovchi ko‘rsatkichlardan yana biri - agrar sohaga jalb qilingan 1 so‘mlik
investitsiyaga to‘g‘ri keladigan qishloq xo‘jalik yalpi mahsuloti ko‘rsatkichidir.
Ushbu ko‘rsatkichni aniqlash uchun qishloq xo‘jaligi tarmog'ida yaratilgan
yalpi mahsulot hajmi ushbu tarmoqda sarflangan jami investitsiya summasiga
taqsimlanadi:
_
YMqx l s ~ ’ Bunda:
lym - 1 so‘mlik investitsiyaga to‘g‘ri keluvchi qishloq xo jalik
yalpi mahsuloti;
YMqx - qishloq xo‘jalik yalpi mahsuloti;
Is - tarmoqqa sarflangan investitsiya summasi.
Iqtisodchi
olimlarimizdan
G.N.Mahmudova
“Agrar
sohani
investitsiyalash samaradorligini oshirish yo‘nalishlari” mavzusida ilmiy
izlanishlar olib borgan boTib, 0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika
qo‘mitasi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining maTumotlari asosida
Iym - 175 www.ziyouz.com kutubxonasi
agrar sohaga jalb qilingan investitsiyalar samaradorligining o‘zgarishini ham
tahlil qilgan (8.1-jadval).
8.1-jadval