Ichki va tashqi bozorning qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo'lgan
talabini qondirish eng dolzarb masaladir. Uni hal etish uchun investitsiyalami
sarflash zarur. Buning uchun esa siyosiy, mintaqaviy, iqtisodiy hamda ijtimoiy
barqarorlikni ta’minlash darkor. Respublikada bozor iqtisodiyotiga bosqichma-
bosqich o‘tish davrida yuqorida ta'kidlangan sharoitlar yaratilmoqda.
Qishloq xo'jaligini yanada rivojlantirish uchun mazkur tarmoqqa
sarflanadigan investitsiyalar hajmini oshirish lozim. Bunda o‘tkaziladigan turli
ko'rgazmalai' ham muhim ahamiyatga ega. Bu borada ham mamlakatimiz
hukumati tomonidan ko'plab ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan,
Toshkent shahrida “0 ‘zagroekspo” ko‘rgazmasi an'anaviy tarzda o‘tkazib
kelinmoqda. Shu kabi ko'rgazmalarda qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat
yurituvchi subyektlar xorijlik tadbirkorlar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga
qo‘yish va shu orqali sohaga investitsiyalar oqimini ko‘paytirish imkoniga ega
bo'lmoqdalar.
Dostları ilə paylaş: