- G‘arbiy Yevropada kuchli yog'ingarchiliklar
sababli hosildorlik keskin
kamaygan;
- Ukrainada bug‘doy eksportiga cheklov joriy qilingan;
- Shimoliy Afrikada qurg‘oqchilik sababli hosildorlik 76 foizga kamaygan,
importga talab 2 baravar (3 mln. tonna) oshgan;
- AQShda bug‘doy hosili kutilgan natijalami bermagan;
- yaqin 30 yil ichida dunyo bug‘doy zahiralari eng past darajaga tushgan,
eksport qiluvchilaming zahiralari 40 foizga qisqargan.
Qishloq xo‘jalik korxonalari o‘z ishlab
chiqarishini rivojlantirish
maqsadida yetishtirilgan mahsulotlarining ma’lum bir qismini o‘z ehtiyojlari
uchun (urug‘lik, yem-xashak, umumiy ovqatlanishga va hokazo) ishlatadilar.
Bu jarayonda qatnashadigan mahsulotlami xo‘jalikda
hisobga olishda
tannarxlari bo‘yicha baholanadi. Shuning uchun bunday baholar tannarx
baholari ham deyiladi.
Xo'jaliklar ma'lum miqdordagi ortiqcha mahsulotlarini fiiqarolarga
chakana baholarda sotishlari mumkin. Har bir fuqaro o‘z
ehtiyojlari uchun
kerak bo‘ladigan mahsulotlami dehqon bozorlaridan, do‘konlardan sotib olishi
mumkin. Bu jarayonda foydalanilgan baholar chakana baholar hisoblanadi.
Korxonalar iqtisodiyotining bir necha yillik ko'rsatkichlarini tahlil
qilishda qiyosiy baholardan foydalaniladi. Qiyosiy
baholar asosida mamlakat
miqyosidagi ma’lum bir yilning haqiqiy o‘rtacha bahosi yotadi. Hozirgi davrda
qiyosiy
(taqqoslama)
baho
sifatida
1996-yildagi
qishloq
xo'jalik
mahsulotlarining haqiqiy baholari olingan. Kelajakda qiyosiy baho uchun
inflyatsiya va boshqa iqtisodiy masalalami e'tiborga
olgan holda boshqa
yilning haqiqiy bahosi asos qilib olinishi mumkin.
Transfert baholar - bir birlashma yoki korporatsiya ichidagi o‘zaro
hisob-kitobda qoTlaniladigan baholardir.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlari baholarining mutlaq miqdori bozor
iqtisodiyotiga o‘tish davrida talab va taklifdan,
fan-texnika taraqqiyoti
talablaridan kelib chiqqan holda o‘zgarib bormoqda.
Dostları ilə paylaş: