ishlashini, ma’lum davrda katta quvvatlarning boiishini talab qiladi. Yilning
qolgan davrlarida esa bu quvvatlaming nisbatan bo‘sh qolishi kuzatiladi.
Qishloq xo'jaligi tarmogida turli xildagi mahsulotlar yetishtiriladi,
ishlar, xizmatlar bajariladi va
ular ehtiyojlami qondirish maqsadida
taqsimlanadi, sotiladi. Mamlakatimiz miqyosida kechayotgan bu jarayonlar
erkin bozor munosabatlari asosida amalga oshirilmoqda. Ularni nazariy va
amaliy jihatdan talab darajasida hal etish uchun respublikamizda tub islohotlar
amalga oshirilmoqda.
Tovar-pul munosabatlariga asoslangan erkin bozor iqtisodiyotiga
bosqichma-bosqich o‘tish sharoitida davlatning ko‘magida qishloq xo'jaligida
talabga javob beradigan, samarali huquqiy, tashkiliy-iqtisodiy va ijtimoiy
munosabatlar tizimi yaratilmoqda, ya’ni mulkchilikning turli shakllari barpo
etilmoqda.
Natijada
erkin
mulkiy
munosabat
vujudga
kelmoqda,
tadbirkorlikning turli shakllariga keng y o i ochib berish va ularni rivojlantirish
yoiidan borilmoqda. Bundan tashqari yer-suv islohotlari amalga oshirilmoqda,
tarmoqning cheklangan ishlab chiqarish resurslari (moddiy, kapital va
mehnatjdan samarali foydalanish, ishlab chiqarilgan mahsulotlami sotish
jarayonini takomillashtirish, foyda hajmini oshirish, investitsiyalami keng jalb
etish, ulardan
samarali foydalanish, tarmoq ishlab chiqarishini maqsadga
muvofiq joylashtirish, ixtisoslashtirish hamda agrosanoat integratsiyasini
rivojlantirish bilan bogTiq boTgan iqtisodiy munosabatlar tizimi yaratilib, ular
takomillashtirilmoqda va rivojlantirilmoqda. Yuqorida ta'kidlangan iqtisodiy
munosabatlar tizimini yaratishda xalqimiz hamda qishloq xo'jaligining o‘ziga
xos xususiyatlarini e'tiborga olgan holda tabiiy va iqtisodiy qonunlar, iqtisodiy
kategoriyalar talablaridan oqilona foydalanish taqozo etiladi.
Dostları ilə paylaş: