Urmaiov N. J., R o ‘ziyev O. A., Gulmatov J. Q., Berdiyev S. R. Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti «tafakkur»


  Qishloq  xo‘jaIigida  mavjnd  mulk  shakllari  va  ularning  o‘ziga  xos



Yüklə 10,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/181
tarix07.01.2022
ölçüsü10,95 Mb.
#82666
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   181
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov) (1)

2.2.  Qishloq  xo‘jaIigida  mavjnd  mulk  shakllari  va  ularning  o‘ziga  xos
 
xususiyatlari.
Barcha  sohada  bo‘lgani  singari,  bozor  munosabatlari  sharoitida 
qishloq  xo‘jaligida  ham  tadbirkorlik  faoliyatiga  e'tibor  berish  va  unga  keng 
imkoniyatlar  yaratib  berish  taqozo  etiladi.  Qishloq  xo'jaligida  tadbirkorlik  -  
foyda  olish  maqsadida  tavakkalchilikka  asoslangan  holda  mavjud  me'yoriy 
hujjatlar  asosida  mulkchilik  subyektlarining  qishloq  xo‘jalik  mahsulotlari 
yetishtirish, ulami qayta ishlash va sotish hamda xizmatlar ko‘rsatish sohalarida 
faoliyat  ko‘rsatishidir.  Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  tadbirkorlik  qishloq 
xo‘jaligida  yuridik  va  jismoniy  shaxslar  tomonidan  amalga  oshiriladi.  Bu 
jarayonda 
ular 
0 ‘zbekiston 
Respublikasining 
«Mulk 
to‘g‘risida»gi, 
«KorxonaIar  to‘g‘risida»gi  hamda  «Tadbirkorlik  to‘g‘risida»gi  qonunlari 
talablariga  qat’iy  rioya  etishlari  zamr.  Ular  faoliyatlarini  samarali  amalga 
oshirishlari uchun mustahkam iqtisodiy negizga ega boTishlari kerak. Ularning 
iqtisodiy  negizini  esa  mulk  tashkil  etadi.  0 ‘zbekiston  Respublikasida  mavjud 
me'yoriy  hujjatlarga  binoan  qishloq  xo‘jaligida  mulkning  quyidagi  shakllari 
mavjud:
1. 
Xususiy  mulk.
  Bu  shakldagi  mulk egasi  o‘z mol-mulkiga xususiy 
tarzda  egalik  qilish,  undan  foydalanish  va  uni  tasarmf etish  huquqlariga  ega. 
Xususiy  mulk  mulkdorning  ishlab  chiqarish  jarayonida  o‘z  mehnati  va 
yollanma mehnatni qoTlashi orqali shakllanadi.
23
www.ziyouz.com kutubxonasi


2. 
Jamoa  mulki.
  Bu  raulk  tarkibiga  qishloq  xo'jaligidagi  jamoa 
korxonalarining, 
shirkat 
(kooperativ) 
xo'jaliklarining, 
hissadorlik 
jamiyatlarining, agrofirmalaming  va  boshqa shu  kabilaming mulklari kiradi.
3. 
Aralash  mulk.
  Bu  mulk  ikki  yoki  undan  ortiq  turdagi  mulkchilik 
shakllarining o'zaro manfaatli uyg'unlashishi  natijasida shakllanadi.  Jumladan, 
davlat  va  jamoa  mulkining  o'zaro  birikishi  natijasida  aralash  mulk  tashkil 
bo‘ladi.
4. 
Davlat 
mulki.
 
Qishloq  xo‘jalik 
ishlab 
chiqarishi 
bilan 
shug'ullanadigan  davlat  korxonalarining  mulki.  Bunday  mulk  shakli  ilmiy 
tadqiqot  institutlariga qarashli tajriba  xo‘jaliklarida  saqlanib  qolgan.  Bundan 
tashqari,  davlat  mulki  urug‘chilik  va  naslchilikka  ixtisoslashgan  xo‘jaliklarda 
ham  saqlanib  qolgan.  Ushbu  sohalar  qishloq  xo'jaligining  rivojlanishi  uchun 
muhim  hisoblanganligi  sababli  ular  davlat  tasarrufida  bo‘lishi  maqsadga 
muvofiqdir.

Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə