Urmaiov N. J., R o ‘ziyev O. A., Gulmatov J. Q., Berdiyev S. R. Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti «tafakkur»


Fermer xo‘jaliklari faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari



Yüklə 10,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/181
tarix07.01.2022
ölçüsü10,95 Mb.
#82666
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   181
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov) (1)

Fermer xo‘jaliklari faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari
Ko‘rsatkichIar
O ‘lchov
birligi
2004
2005
2006
2007
2008
2009
Qishloq xo‘jalik yalpi 
mahsuloti tarkibida 
fermer xo‘jaliklarining 
ulushi
%
18,6
24,3
31,4
33,4
32,5
34,5
Sh.j. o'simlikchilikda
%
17,3
20,6
31,1
60,3
57,6
32,9
chorvachilikda
%
1,3
3,7
1.2
3,2
3,6
1,6
Fermer xo'jaliklari soni
dona
103921
125668
189235
217095
105033
103081
Fermer xo‘jalikIariga 
biriktirilgan ekin 
maydoni
ming
ga
1762,6
2140,7
2710,6
3001,6
3045,2
3052,9
Jami ekin maydonida 
fermer xo'jaliklarining 
ulushi
%
47,7
58,7
74,7
84,3
84,4
84,6
Fermer xo'jaligida band 
bo‘lganlar soni
ming
kishi
765,3
954,2
1381,1
1621,4
1710,2
1521,6
shulardan: yollanma 
ishchilar
ming
kishi
95,2
280,8
382,5
456,1
455,7
465,8
Bir fermer xo‘jaligiga 
o‘rtacha to‘g‘ri keladi:
- band bo‘lganlar
kishi
7
8
7
7
16
15
- ekin maydoni
ga
28,2
30,0
26,2
26,7
29,0
29.6
Manba:  0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi.
Ushbu 
jadval 
maMumotlaridan 
ko‘rinib 
turibdiki, 
fermer 
xo‘jaliklarining  qishloq  xo‘jaligi  yalpi  mahsulotidagi  ulushi  keyingi  yillarda 
ortib bormoqda.
Fermer  xo‘jaliklarining  qishloq  xo‘jalik  mahsulotlari  yetishtirishni 
ko'paytirish  va  uning  samaradorligini  oshirishdagi  afzalliklari  bilan  bugungi 
bozor  munosabatlari  sharoitiga  mos  kelishini  inobatga  olib,  fermer 
xo'jaliklarini tashkil etish va ulami rivojlantirishning huquqiy asoslari yaratildi. 
0 ‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2002-yil  5-yanvardagi  8- 
sonli  «Qishloq  xo‘jalik  korxonalarini  fermer  xo‘jaliklariga  aylantirish  chora- 
tadbirlari  to‘g‘risida»gi  Qarori  qabul  qilinib,  unda  zarar  ko‘rib  ishlayotgan
28
www.ziyouz.com kutubxonasi


shirkat  xo'jaliklari  negizida  fermer  xo'jaliklarini  tashkil  etish  ko‘zda  tutilgan 
edi.  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2003-yil  24-martdagi  «Qishloq 
xo‘jaligida 
islohotlami 
chuqurlashtirishning 
eng  muhim  yo‘nalishlari 
to‘g‘risida»gi  PF-3226-sonli  Farmonida  fermer  xo‘jaliklarini  rivojlantirish 
ustuvor  yo'nalish  qilib  belgilandi.  Farmonni  amaliyotga tatbiq  qilish  bo‘yicha 
fermer xo'jaliklarini  rivojlantirish  konsepsiyasini  ishlab  chiqish  ko‘zda tutildi. 
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 27-oktabrdagi PF-3342-sonli 
«2004-2006 
yillarda 
fermer 
xo'jaliklarini  rivojlantirish 
konsepsiyasi
to‘g‘risida»gi  Farmoniga  asosan, 
Vazirlar  Mahkamasining  2003-yil  30- 
oktabrdagi  476-sonli  «2004-2006  yillarda  fenner  xo‘jaliklarini  rivojlantirish 
konsepsiyasini  amalga  oshirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida»gi  va  2004-yil  24- 
dekabrdagi  607-sonli  «2005-2007-yillarda  fermer  xo'jaliklarini  rivojlantirish 
chora-tadbirlari  to‘g‘risida»gi  Qarorlari  qabul  qilindi.  Ushbu  qarorlar  bilan 
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtimvchilarning asosiy shakli sifatida  fermer 
xo'jaliklarini  tashkil  etish  va  ulaming  faoliyati  uchun  qulay  shart-sharoitlar 
yaratish asosiy masala qilib belgilandi.
0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2008-yil  6-oktabrdagi 
«Fermer  xo‘jaliklari  faoliyatini  yuritishda  yer  uchastkalari  miqdorini 
maqbullashtirish  choralarini ko‘rish yuzasidan takliflar ishlab  chiqish bo'yicha 
tnaxsus komissiya tashkil etish to‘g‘risida»gi 3077-sonli Farmoyishiga muvofiq 
fermer  xo‘jaliklari  uchun  ajratiladigan  yer  maydonlari  hajmi  qayta  ko‘rib 
chiqildi.  Ushbu  tadbirdan  so‘ng  mamlakatimizda  faoliyat  yuritayotgan  fenner 
xo‘jaliklari  soni  2009-yil  holatiga  103081  tani  tashkil  etmoqda,  ularga  3052,9 
ming gektar ekin maydoni ajratib berilgan bo‘lib, bu jami ekin maydoninig 84,6 
foizini tashkil  etadi.  2009-yil holatiga ko‘ra fermer xo'jaliklarida  1521,6  ming 
lcishi  ish bilan band bo‘lib,  bitta fermer xo‘jaligiga o‘rtacha  15  kishidan to‘g‘ri 
keladi.
2009-yilda 
fermer 
xo‘jaliklarining 
qishloq 
xo'jalik 
yalpi 
mahsulotidagi  ulushi  34,5  foizni  tashkil  etgan.  Bu  m a’lumotlar  femier 
xo‘jaliklarining  0 ‘zbekiston  iqtisodiyotidagi  o‘mi  va  ahamiyatining  ulkan 
ekanligidan  dalolat  bermoqda.  Shuning  uchun  ham  Respublikamiz  Prezidenti 
l.A.Karimov  Oliy Majlis  qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida 
qilgan  ma’mzasida  “...fermerlik  qishloqda  xo'jalik  yuritishning  eng  istiqbolli 
va  samarali  shakli  sifatida  yetakchi  o‘mini  egallamoqda”,  -  deb  nihoyatda 
istiqbolli xulosa qilgan edi.
Yurtboshimiz  joylarda  ijtimoiy-iqtisodiy  islohotlaming  borishi, 
amalga oshirilayotgan bunyodkorlik  va  obodonlashtirish  ishlari  bilan  tanishish 
maqsadida  2009-yil  25-avgustdagi  Surxondaryo  viloyatiga  tashrifi  chog‘ida 
ham 
mamlakat 
iqtisodiyotini 
rivojlantirishda 
fermerlik 
harakatining 
ahamiyatiga to‘xtalib,  fermerlar mamlakat ravnaqi, xususan qishloq taraqqiyoti 
va  farovonligini  ta’minlashda  hal  qiluvchi  kuchga  aylanganini  ta'kidlab  o‘tdi.
29
www.ziyouz.com kutubxonasi


„Fermer nafaqat dehqon, balki iqtisodchi, menejer, agronom, sanoatchi bo‘lishi 
lozim.  Buguiming talabi -  shu.  Fermer o‘zi  yetishtirgan mahsulotni  o‘zi  qayta 
ishlashi,  shu  orqali  qishloqqa  sanoatni  olib  kirishi  va  aholi  farovonligini 
oshirishga,  yoshlami  ish  bilan  ta’minlashga  o‘zining  faol  hissasini  qo'shishi 
lozim“, - deb ta'kidlagan edi.
Bugungi  kunda  mamlakatimizda  amalga  oshirilayotgan  islohotlar, 
xususan,  agrar  sektorni  rivojlantirish  maqsadida  aniq  va uzoqni  ko‘zlab  ishlab 
chiqilgan  chora-tadbirlar  natijasida  fermerlar  ushbu  sohada  haqli  ravishda 
yetakchi  kuchga  aylanib  borayapti.  Bevosita  davlatimiz  rahbari  tomonidan 
ko'rsatilayotgan  g‘amxo‘rlik,  yaratilayotgan  imkoniyatlar  ulami  ana  shunday 
ishlashga undayapti, yangi-yangi marralar sari yetaklamoqda.
Hozirgi  davrda fermer xo‘jaligi o‘ziga uzoq muddatga ijaraga berilgan 
yer  uchastkalaridan  foydalangan  holda tovar qishloq xo‘jaligi  ishlab  chiqarishi 
bilan  shug'ullanuvchi  fermer  xo‘jaligi  a'zolarining  birgalikdagi  faoliyatiga 
asoslangan,  yuridik  shaxs  huquqlariga  ega  mustaqil  xo‘jalik  yurituvchi 
subyektdir.  Fermer  xo'jaliklari  tanlov  asosida  zahira  va  maxsus  respublika 
fondi  hisoblangan hamda mehnat resurslari ortiqchaligi sezilmagan yerlarda va 
hududlarda tashkil  etiladi.
Fermer xo‘jaligini shu xo‘jalikning o‘n sakkiz yoshga to‘lgan, qishloq 
xo‘jaligida  tegishli  bilim,  malaka  va  ish  tajribasiga,  yaxshi  muomala  qilish 
qobiliyatiga ega boigan barkamol a'zolaridan biri boshqarishi mumkin. Fermer 
xo'jaligining Nizom  fondida  ko‘rsatilgan  quyidagi  vositalar,  m ablagiar uning 
mulki hisoblanadi:
-  uy-joylar,  xo‘jalik  inshootlari,  qishloq  xo‘jalik  ekinlari  va  ko‘chatzorlari, 
ko‘p  yillik  daraxtlar,  mahsuldor  chorva  mollari,  parrandalar,  qishloq  xo‘jalik 
texnikasi,  asbob-uskuna,  transport  vositalari,  pul  mablagiari, 
intellektual 
mulk  obyektlari;
- ishlab chiqarish faoliyati natijasida yetishtirilgan mahsulotlar;
-  ishlab  chiqarilgan  mahsulotlarni  sotishdan,  ish  va  xizmatlar  ko'rsatishdan 
tushgan  pul  mablagiari,  olingan  foyda;
- olingan  kredit  mablagiari;
- a'zolarining qimmatli qog'ozlari, ular evaziga olingan dividendlar;
- yuridik va jismoniy shaxslaming beg‘araz xayriya, homiylik mablagiari va 
boshqalar.
Shu 
mulklardan 
samarali 
foydalanish 
natijasida 
xo‘jalikni 
rivojlantirish  uning  a'zolari  shaxsiy  mehnatiga  bogiiq.  Bu  shakldagi  xo‘jalik 
faoliyat  ko'rsatish  jarayonidagi  ishlarga  ayrim  hollarda,  ya’ni  a'zolarining 
quwati  yetmaganda  mehnat  shartnomasiga  asoslangan  holda  ishchi- 
xizmatchilarni yollashi mumkin.
Fermer  xo‘jaligi  o‘z  mulkidan,  mehnat  resurslaridan  oqilona 
foydalangan  holda  ixtisoslashishi  bo‘yicha  shartnomalar  asosida  qishloq
30
www.ziyouz.com kutubxonasi


xo‘jalik  mahsulotlari  yetishtirish,  ularni  qayta  ishlash,  xizmatlar  ko‘rsatish, 
mahsulotlami  sotish,  shuning  natijasida  oigan  pul  daromadlarini  taqsimlash, 
ishchi-xizmatchilarini  rag‘batlantirish  hamda  ijtimoiy  himoyalash,  faoliyatini 
rivojlantirish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  faoliyatlarni  ko‘rsatadi.  Uning  iqtisodiy 
negizini  oila  a'zolarining  mol-mulki,  mahsulotlari  tashldl  etadi  va  xo‘jalik 
faoliyatini  «Fermer  xo'jaligi  to‘g‘risida»gi  qonun  asosida  yuritadi.  Fermer 
xo‘jaligi  o‘z  mulki,  ijaraga  olgan  yer maydoni,  texnika  vositalaridan  samarali 
foydalangan  holda  qishloq  xo‘jalik  mahsulotlarini  yetishtirish,  ulami  qayta 
ishlash  hamda  sotish  bilan  shug‘ullanadi.  Tadbirkorlikning  bu  shakli  iqtisodiy 
jihatdan  rivojlangan  davlatlarda  salmoqli  o‘rinni  egallaydi.  AQSh,  Fransiya, 
Gollandiya  kabi  davlatlarda  mazkur  xo‘jalilc  yuritish  shakli  juda  lceng 
tarqalgan.
Mamlakatimizda fermer xo‘jaliklari tomonidan asosiy qishloq xo‘jalik 
mahsulotlarining ishlab chiqarish hajmi va salmog‘i 2.2-jadvalda keltirilgan.
2.2-jadval

Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə