iste’mol uchun tayyor bo‘lgan mahsulotlarga aylantirish uchun turli xildagi
qo‘shma korxonalami tashkil etish mumkin. Bu jarayon mamlakat qishloq
xo'jaligiga yangi texnikalar, ilg‘or, samarali texnologiyalar kirib kelishini
ta'minlaydigan chet el valyutalari oqimini ko‘paytiradi. Natijada tarmoqning
moddiy-texnika bazasi mustahkamlanib,
ishlab chiqarish kuchlarining
rivojlanishi va maqsadga muvofiq joylashishi ta'minlanadi. Qishloq xo'jaligida
qo'shma korxonalaming tashkil etilishi xalqaro miqyosda mehnat taqsimotmi
rivojlantirishga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ular tufayli qo‘shimcha ish joylan
tashkil etilib, aholini ish bilan ta’minlash muammosi hal qilinishiga m a’lum
darajada ulush qo'shiladi. Bu korxonalarda faoliyat ko‘rsatayotganlammg
moddiy sharoiti yaxshilanishini ta'minlaydi. Pirovard natijada aholim sifatli
mahsulotlar bilan ta'minlanish darajasi yuksalib, turmush darajasi oshadi.
Qisqacha xulosalar
Qishloq xo'jaligida amalga oshirilgan agrar-iqtisodiy islohotlar
natijasida jamoa, xususiy va aralash mulkchilik shakllari bosqichma-bosqich
barpo etilib, muttasil rivojlantirilmoqda. Xususiy mulkchilik asosida fermer va
dehqon xo‘jaliklari va tadbirkorlikning boshqa shakllari tashkil qilinib, taraqqiy
ettirilmoqda.
Qishloq
xo‘jaligida
dehqonlarning
moddiy
manfaatdorligini
ta'minlovchi, ularda haqiqiy mulkdorlik hissini uyg'otuvchi xo‘jalik yuritish
shakllarini joriy etishga ham alohida e’tibor berib kelinmoqda.
Qishloq xo‘jaligida davlat ahamiyatiga molik bo‘lgan ayrim
masalalami hal etish uchun tarmoqda davlat mulki va unga asoslangan xo‘jalik
yuritish shakli ham saqlab qolingan. Kelajakda xususiy hamda qo‘shma
mulkchilikka asoslangan korxonalami rivojlantirishga e’tibomi kuchaytirish
maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: