olgan holda ulami saqlab qolish
va faoliyatini rivojlantirish maqsadga
muvofiqdir.
Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida o‘tgan asming 80-yillari oxiri va
90-yillari boshida
887 ta jamoa xo‘jaligi faoliyat ko'rsatib, respublikada
yetishtirilayotgan yalpi qishloq xo‘jalik mahsulotining 35 foizini berar edi.
Ularning iqtisodiy negizini jamoa mulki tashkil etgan. Lekin mulkchilikning bu
shakli uning haqiqiy mazmuni, mohiyatiga mos emas edi, chunki amalda ular
davlat tasarrufida edi. Bunday hol bozor iqtisodiyoti talablariga to‘g‘ri
kelmaydi. Shu bois bozor iqtisodiyotiga o'tish munosabati bilan tarmoqdagi
davlat xo'jaliklari negizida jamoa xo‘jaliklari bosqichma-bosqich yangicha
ko‘rinishda tashkil etila boshlandi.
Bu o‘rinda eslatib o'tish kerakki, jamoa xo‘jaliklari 1990-yillargacha
qishloq xo'jaligini rivojlantirishga ma’lum darajada o‘z hissalarini qo'shganlar.
Ular o‘sha yillarda tarmoqda yetishtirilayotgan paxtaning 41 foizini, g'allaning
37 foizini, sutning 36 foizini berar edi. Lekin ularning faoliyatlari ham davlat
xo‘jaliklari kabi to'liq davlat
tomonidan boshqarilardi, ya'ni ularda mahsulotlar
yetishtirish
jarayoni
davlat
mablag'lari
hisobidan
moliyalashtirilib,
yetishtirilgan mahsulotlarni davlat o‘z tashkilotlari yordamida hukumat
tomonidan belgilangan xarid baholarida sotib olar edi. Olingan daromad esa
hukumat tomonidan belgilangan tartibda taqsimlanar edi. Bunda jamoaning
erki, huquqi to‘liq e'tiborga olinmas edi. Demak, u xo‘jaliklarda amalga
oshirilgan iqtisodiy munosabatlar bozor iqtisodiyoti munosabatlari talablariga
mos emas edi. Bunday hollami bartaraf etish maqsadida avvalo
jamoa
mulkchiligiga asoslangan jamoa xo‘jaliklarida haqiqiy bozor iqtisodiyoti
munosabatlarini barpo etishga alohida e’tibor berildi. Bunda respublikada
amalga oshirilayotgan yer islohotiga
asoslangan holda mavjud jamoa
xo‘jaliklariga davlat mulki hisoblangan yer foydalanish uchun ijaraga berildi.
Ular yerdan foydalanganlik uchun belgilangan muddatda ijara haqi to‘laydigan
bo‘lishdi. Ijara haqi 1999-yildan boshlab yagona yer solig'i shaklida
to'lanadigan bo‘ldi. Shu bilan birga «Mulk to‘g‘risida»gi qonun talabiga
muvofiq u xo‘jaliklarda haqiqiy jamoa mulkchiligi tashkil etishga e'tibor
berildi. Mulkchilikning bu shakli jamoa xo‘jaliklari negizida shirkat xo‘jaliklari
tashkil etish orqali shakllantirildi. Uning huquqiy asoslari yaratildi. Oliy Majlis
tomonidan 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan «Qishloq xo‘jalik kooperativlari
(shirkatlar) to‘g‘risida»gi Qonun, uning hayotga tatbiq etilishini ta’minlash
maqsadida Respublika Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-iyuldagi 229-sonli
qarori qabul qilingan edi.
Shirkat xo‘jaligi - qishloq xo'jalik tovar mahsulotlari ishlab chiqarish
va xizmatlami bajarish maqsadida fuqarolaming paychilikka asoslangan oilaviy
pudrat asosida uyushib, erkin, mustaqil faoliyat ko‘rsatadigan, yuridik shaxs
maqomiga ega bo‘lgan xo'jalik yuritish subyektidir. Ular o‘tish davrida qishloq
26
www.ziyouz.com kutubxonasi
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida fermer xo'jaliklari
faoliyatining rivojlanishi hamda samaradorligining oshishi ta'minlanmoqda.
Chunonchi, respublikamizda 2008-yiI 1-yanvar holatiga 217,1 mingta fermer
xo'jaliklari faoliyat yuritgan boiib, ularda 1621,4 ming kishi band edi. Fermer
xo'jaliklariga 5787,8 ming gektar yer uzoq muddatga ijaraga berilgan boiib,
bir fermer xo‘jaligiga o‘rtacha 26,7 gektar yer to'g'ri kelar edi.
Mamlakatimizda
fermer
xo‘jaliklari
faoliyatining
asosiy
ko‘rsatkichlari 2.1-jadvalda keltirilgan.
2.1-jadval
Dostları ilə paylaş: