Shuning uchun respublikamiz hukumati chorvachilikni rivojlantirishga
qaratilgan yirik dasturiar ishlab chiqib, ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha
qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Masalan, shaxsiy yordamchi,
dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollarini ko‘paytirishni rag‘batlantirish
dasturini amalga oshirish yuzasidan bajarilayotgan chora-tadbirlar bugungi
kunda sezilarli natijalar bermoqda.
Qoramolchilik chorvachilik tarmoqlari tarkibida alohida ahamiyatga
ega. U aholini qimmatli oziq-ovqat mahsulotlari - sut va go‘sht bilan
ta'minlaydi. Ularning terisidau esa ko‘p turdagi charm mahsulotlari
tayyorlanadi. Boshqa turdagi chorva mollari bilan taqqoslaganda, qoramollar
yuqori sut mahsuldorligiga ega. Bir yil mobaynida bir bosh qoramoldan 5-8
ming kilogramm, bir sutkada esa 25 kilogrammgacha sut sog‘ib olish mumkin.
Bundan tashqari, qoramollar ratsioni tarkibiga kiruvchi ozuqalar ham boshqa
turdagi chorva mollari ozuqasiga nisbatan ancha arzon bo‘lib, asosan dag‘al
xashak iste'mol qiladi.
Qo'ychilik ham chorvachilikning muhim tarmoqlaridan biri bo‘lib,
go‘sht, jun, teri, qorako‘l teri, sut va boshqa mahsulotlar beradi.
Mamlakatimizda 2009-yil holatiga 20846,2 ming gektar yaylovlar mavjud
bo‘lib, ushbu yaylovlarda qo‘ychilikni rivojlantirish uchun zarur shart-
sharoitlar mavjuddir.
Parrandachilik chorvachilikning eng mahsuldor, samaradorlik darajasi
yuqori bo‘lgan tarmoqlaridan biridir. Parrandachilik aholini to‘yimli parhez
oziq-ovqat mahsuloti va oqsilga boy tuxum bilan ta'minlaydi.
Keyingi yillarda mamlakatimizda baliqchilikka ham alohida e'tibor
berilmoqda. Baliqchilikni rivojlantirish bo‘yicha maxsus dastur va me’yoriy
hujjatlar qabul qilinib, baliq yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari
tashkil etilmoqda.
Dostları ilə paylaş: