Depozit
- 1) bank jamg‘armasi; 2) bankka omonat kassasi yoki foydalanish
uchun vaqtincha qo'yilgan pul yoki qimmatli qog'ozlar, qimmatli narsalar.
Depressiya - ishsizlik darajasi yuqori, tovar va xizmatlarga talab pastligi,
ishlab
chiqarishning
hajmi
va
ishchanlik
tushib
ketadigan
davrni
xarakterlaydigan iqtisodiyotdagi tushkunlik davri. Inqiroz siklining eng past
darajasidir.
Devalvatsiya
- boshqa mamlakatlar valyutasiga nisbatan milliy yoki
xalqaro pul birligi kursining pasayishi.
Diversifikatsiya — 1) turli-tumanlik, o‘zgarish; 2) korxonalar va tarmoqlar
faoliyatining kengayishi, ishlab chiqarayotgan mahsulotlarning turlarini bozor
talablariga qarab o'zgartirishidir; 3) davlatning milliy xalq xo‘jaligining
zamonaviy ko‘p tarmoqli tarkibini vujudga keltirishga qaratilgan siyosati,
kompleks ko‘p tarmoqli rivojlanish.
Dotatsiya
- korxona, muassasalarga qaytarib olmaslik sharti bilan
zararlarni qoplash, bahoni quvvatlash uchun davlat byudjeti hisobidan
beriladigan subsidiya (pul mablagMari).
Dostları ilə paylaş: