QISQACHA TZOHI.iT LUG‘AT
Agrar siyosat
- davlatning qishloq xo‘jaligi sohasidagi faoliyati bo‘lib, u
qishloq xo‘jaligini, yer mulkchiligini va hokazolami rivojlantirish yo‘llari
haqidagi masalalami hal qilishga qaratilgan iqtisodiy siyosatning bir turi.
Almashlab ekish
- ekinlami ilmiy asosda navbatlab ekishdir. Bunda
almashlab ekish dalalaridagi ekinlar ma’lum davrda yuqori agrotexnika
qoidalariga rioya qilingan holda o‘rin almashlab ekiladi.
Almashlab ekish rotatsiyasi - ekinlaming belgilangan muddatda navbat
bilan barcha dalalarda ekib chiqilishi.
Aksiya - uning egasi aksiyadorlik jamiyati kapitaliga o‘zining m a’lum
hissasini qo‘shganiga va uning foydasidan dividend shaklida daromad olish
huquqi borligiga guvohlik bemvchi qimmatli qog‘oz.
Bank - iqtisodiyotning me'yorda amal qilishi uchun zamr bo‘lgan pul massasi
harakatini tartibga soluvchi moliya-kredit muassasasi.
Bozor
— tovarlar bilan pullaming harakatini ta'minlovchi ishlab chiqarish
va iste'mol o'rtasida, sotuvchi va xaridor o'rtasidagi munosabatlar tizimi.
Bozor sotuvchi va xaridorlar uchrashadigan, ayirboshlash amalga oshadigan
joyni ham anglatadi. Bozoming faoliyat ko'rsatishi uchun dastavval
mulkchilikning xilma-xil shakllariga asoslangan mustaqil xo‘jalik yurituvchi
subyektlar va bozor infrastrakturasini vujudga keltirish talab etiladi.
Bozor iqtisodiyoti - iqtisodiy munosabatlar erkin amalga oshadigan
iqtisodiyotdir. Bozor iqtisodiyotining faoliyat ko‘rsatishi asosan bozor
mexanizmlari orqali amalga oshadi.
Dostları ilə paylaş: