Ushbu kurs ishining dolzarbligi. O’zbekistondagi asosiy valyuta operatsiyalarini aniqlash va valyuta bozorlarini, ularning mamlakat iqtisodiyotidagi rolini ko'rib chiqishdir



Yüklə 47,47 Kb.
səhifə2/4
tarix31.05.2023
ölçüsü47,47 Kb.
#114735
1   2   3   4
KAPITAL HARAKATI BILAN BOG’LIQ VALYUTA OPERATSIYALARI 66

Kurs ishi predmeti: Kapital harakati bilan bog’liq valyuta operatsiyalari bilan tanishtirish ko’nikmalari
Kurs ishining amaliy ahamiyati. Kurs ishi jarayonida ilgari surilgan fikrlardan, yondashuvlardan hamda samaradorligini ta’minlovchi Kurs ishi natijalaridan pedagogik fanlar bo‘yicha ma’ruzalar tayyorlash, qo‘llanmalar yaratish, shuningdek metodik tavsiyanomalar yaratishda, ish tajribalarini ommalashtirishda samarali foydalanishga xizmat qiladi.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi: ish kirish, 2 bob, 4 bo‘lim, umumiy xulosalar va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan iborat.
KAPITAL HARAKATI BILAN BO'G'LIQ VALUTA OPERATSIYALARI
Hozirgi kunda, operatsiyalarning asosiy qismi naqd pulsiz holda amalga oshiriladi. Bir bankdan boshqasiga pul o‘tkazish vakillik hisobvaraqlar orqali amalga oshiriladi. Banklararo amaliyotda LORO (Siz bizda) va NOSTRO (biz Siznikida) hisobvaraqlari mavjud.
Tijorat banklarining depozit-kredit deb nomlanuvchi, valyuta mablag‘larini jalb qilish va joylashtirish bilan bog‘liq operatsiyalari.
Bu operatsiyalar - o‘zaro kreditlash, o‘z va jalb qilingan mablag‘larni joylashtirish, kreditlarni taqdim etish, rasmiylashtirish va monitoring bilan bog‘liq banklararo operatsiyalardir.

  • Tashqi savdo operatsiyalarida, xalqaro amaliyotda qabul qilingan turli shakldagi hisob-kitoblarda bank xizmati ko‘rsatish;

  • Oltin va fond instrumentlari (mulkchilik titullari, obligatsiyalar, ikkilamchi moliyaviy instrumentlar va h.k.) sotish yoki sotib olish maqsadida, moliya bozorida amalga oshiriladigan operatsiyalar. Bu operatsiyalarning barchasi investitsiya maqsadlarida, shuningdek, chayqovchilik yoki xejerlash (sug‘urta) maqsadlarida amalga oshiriladi. Banklar ushbu operatsiyalarni o‘z nomidan yoki mijoz topshirigiga ko‘ra amalga oshiradilar;

  • Kredit (debit) kartochkalarining egalariga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq operatsiyalar;

  • Bank xalqaro transfertlari (dividend, foiz, pensiya to‘lovi, aliment, hadyalar, sayyohlarga xizmat ko‘rsatish va h.k.) amalga oshirish.

Zamonaviy valyuta tizimi, uning ham hududiy (geografik jihatdan), ham vaqt jihatdan (kechayu-kunduz ishlovchi valyuta bozori), ham texnologik jihatdan (axborot texnologiyalari va tarmoqlarining yaxlitligi) globallashganligi bilan tavsiflanadi.
Zamonaviy valyuta tizimining globallashuvining o‘ziga xos jihatlari quyidagilardan iborat:

  • valyuta kurslari va foiz stavkalarining kutilmaganda va keskin o‘zgarishi bilan tavsiflanadigan bozor mexanizmi;

  • bir tomondan, oldindan kutilmagan voqealarga (neft falajlari yoki Germaniyaning birlashuvi kabi) tezda moslashishga zarurat, boshqa tomondan, mamlakatlar hukumatlarining inflyatsion siyosat yuritishi va davlat qarzdorligi o‘sishi siyosatidan kafolatlovchi ma‘lum xalqaro tartibga solish instrumentlarini yaratish.

Jahon valyuta tizimining eng asosiy xususiyati shundaki, u har doim o‘zgarib, rivojlanib turadi. Bu o‘zgarishlarning eng umumiy sabablari - jahon xo‘jaligini rivojlantirishdagi xalqaro hamkorlikning kuchayishi, tovar ishlab chiqarish va bozorlarning baynalminallashuvidir. Bugungi kunda uni tartibga solish mexanizmlarining doimiy o‘zgarishi va valyuta tizimining barqarorligi, valyuta tizimining evolyutsiyasi bilan qanchalik mos tushishiga bog‘liq.1
Xalqaro valyuta tizimlarining ma‘lum shakllari, ishlab chiqarishning rivojlanishi, xalqaro aloqalar, milliy pul tizimlari, jahon maydonidagi kuchlar nisbatiga, yetakchi mamlakatlarning manfaatlariga qarab belgilanmoqda.
Jahon valyuta tizimining rivojlanish bosqichlari.Parij jahon valyuta tizimi (1867-1914y.)Pulning xalqaro almashuvi, xuddi pulning o‘zi singari qadimiy bo‘lsada, hozirgi shaklda valyuta bitimlarining paydo bo‘lishi XIX asr oxiriga borib taqaladi. Birinchi jahon valyuta tizimi - 1865 yilda to‘rtta G‘arbiy Yevropa mamlakatlari tomonidan tashkil etilgan va «Oltin andozasi» asosida faoliyat yuritgan - Lotin tanga ittifoqi hisoblanadi. Mazkur valyuta tizimi, rasmiy ravishda 1867 yilda Parij konferentsiyasida tan olindi va dunyoning 30 dan ortiq mamlakati tomonidan maxsus xalqaro shartnomaga imzo chekildi. Bu valyuta tizimi Oltin andozasi»ga ya‘ni, oltinni etalon (mezon) metall sifatida qabul qilishga asoslangan milliy pul tizimlarini birlashtirdi. Shuning uchun ham Parij valyuta tizimi «Oltin tanga andozasi» deb yuritila boshlandi. Bunga muvofiq, jahon puli oltin tangalar va oltinga konvertirlanadigan pullardan tashkil topgan edi.
Oltin andoza tartibi bosqichma-bosqich uch shaklni boshdan kechirdi. 1914 yilgacha oltin tanga bosqichi, 1922 yildan 1929 yilgacha oltin qo‘yilma andozasini, 1944 yildan 1971 yilgacha oltin deviz andozasi. Oltin tanga andozasi davrida zarbxonalar oltin qo‘yilmalardan oltin tangalar ishlab chiqarish huquqiga ega edilar. Bu erkin tarzda va deyarli tekin amalga oshirilgan, shuning uchun ham, bu tangalar pul massasining asosini tashkil qilgan. Qog‘oz pullar xuddi oltin tangalar qatori muomalada bo‘lgan va ular oltinga to‘la konvertirlangan. Oltin bilan konvertirlanganlik doimo ta‘minlanishi uchun, qog‘oz pullar emissiyasi chegaralangan. Yangi tizimning dunyo bo‘ylab keng tarqalishi bilan, unga bo‘lgan ishonch ortdi. Bu amalda, xalqaro hisob-kitoblarda to‘lov vositasida oltin va boshqa shu kabi qimmatbaho metallarni olish yoki berish o‘rniga, xorijiy schetni debitlash yoki kreditlash orqali to‘lovni amalga oshirishga olib keldi. Valyuta dilerlari qo‘lida telegraf, telefon, teletayp kabi vositalarning paydo bo‘lishi, xalqaro valyuta savdosini professional darajada yuritishga imkoniyat berdi.
Parij valyuta tizimi birinchi jahon uo’zbekhigacha amalda bo‘ldi. Uning asosiy xususiyati, paritetlari oltinga nisbatan o‘rnatiladigan, belgilangan valyuta stavkalarida edi. Bu davlat tomonidan kafolatlangan bo‘lib, «valyutaning oltin pariteti» yoki «valyutaning oltin tarkibi» deb nom oldi. Oltin tanga andozasi davrida, oltin hisobiga ikkiyoqlama funktsiya amalga oshirilgan. Mazkur funktsiyalar: xalqaro hisob-kitoblarda tan olingan to‘lov vositasi sifatida hamda bir vaqtning o‘zida, ichki bozorda yagona qabul qilingan almashuv va to‘lov vositasi edi.
Har qanday davlat iqtisodiyotida pul muhim ahamiyat kasb etadi. Pul munosabatlari jamiyatning ishlab chiqarish, taqsimot, muomala va iste'mol singari jarayonlarini qamrab oladi, kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun sharoit yaratib beradi. Pul va iqtisod o’zaro uzviy bog’liq bo’lgan elementlardir. Agar jamiyat iqtisodiyotida muammolar paydo bo’lsa, albatta bunday muammolar jamiyatning pul muomalasida o’zining salbiy aks ta'sirini topadi. Shuning uchun pulni jamiyat iqtisodiy hayotining barometri deb bejiz aytishmagan.
Iqtisodiy nazariyada haqiqiy pul tovar ekvivalenti sifatida mavjud bo’lib, iste'molchilarni muomalaga bo’lgan ehtiyojlarini qondiradi. qog’oz pullar esa haqiqiy pullar qiymatining muomaladagi ifodachisi yoki vakilidir.
Har qanday mustaqil davlat o’z puliga ega va bunday pul shu davlat uchun milliy pul birligi hisoblanadi. Milliy pul birligi o’zining nomi va ma'lum bir muomala tarixiga ega.
Ushbu kursimizni o’rganishda doim pul va valyuta atamalariga murojaat etishga to’g’ri keladi. Shu sababli boshidanoq pul va valyuta qanday kategoriyalar, ikkalasi ham bir narsami yoki har xil narsa ekanligini aniqlab olish zarur. Iqtisodiy nazariyadan biz "pul" nima ekanligini yaxshi bilamiz. Valyuta ham pul, ammo hamma vaqt ham pul valyuta bo’lavermaydi. Agarda muayyan bir davlatning milliy pul birligi jahon bozorida davlatlar o’rtasida pul (muomala, to’lov va jamg’arish vositasi) sifatida ishlatilsa, ya'ni pulning funksiyalarini bajarsa, u valyutaga aylanadi.
Valyuta - jahon bozorida, davlatlar o’rtasida pul vazifalarini bajaruvchi davlatlarning milliy pul birliklaridir. Masalan, Amerika Qo’shma Shtatlari "dollari", Buyuk Britaniya "funt sterlingi", Kanada "dollari", Yapon "ienasi" va boshqa shu kabilar.
Muayyan bir davlatning milliy puli - uning milliy valyutasi bo’ladi. Shu davlat uchun boshqa davlatlarning milliy pul birliklari esa - xorijiy valyutalardir. Masalan, AQSh "dollari", Buyuk Britaniya "funt sterlingi", Kanada "dollari", Fransiya "yevro", Yapon "ienasi", Turkiya "lira"si va shu kabi erkin muomalada yuradigan valyutalar O’zbekiston Respublikasida xorijiy valyuta bo’ladi, o’z navbatida O’zbekiston "so’m"i bu davlatlar uchun xorijiy valyuta bo’lib hisoblanadi.
Har bir suveren davlat o’z pul birligiga ega bo’lib, faqat shu mamlakatdagina bu pul birligiga muayyan ne‟matlarni sotib olish mumkin. Boshqa mamlakatlarning ham o’z pul birliklari mavjud va faqat shu davlatlarda ular qonuniy harakatda bo’ladi. Qolgan barcha boshqa valyuta deb nomlanuvchi pullar maxsus nazorat ostida amal qiladilar.
O’zbek iqtisodchi olimi V.S. Safonovning ta‟rifiga ko’ra, «currency» atamasi banknotalar va tangalar ko’rinishidagi pullar ma‟nosini anglatadi2. Xorijiy valyuta uchun foreign currency atamasi ishlatiladi. Jahon valyuta bozori – bu foreign currency exchange market dir, yoki oddiy qilib aytganda, FOREX.
Valyutalarning turli klassifikastiyasi mavjud bo’lib, asosan ularni uch guruhga ajratishadi.Bular jahon valyuta bozorining barcha segmentlarida hech qanday cheklovlarsiz amal qiladigan valyutalardir. Ular cheklanmagan miqdorda va turli joriy va muddatli bitimlar bo’yicha to’liq konvertirlana oladilar. Bunday turdagi valyutalar ichida katta beshlikni ajratib ko’rsatish lozim. Ularga AQSh dollari (USD), Yevro (EUR), Shveysariya franki (CHF), Yaponiya ienasi (JPY) va Angliya funti (GBP) kiradi.
Asosiy valyutalarga shuningdek, Kanada dollari (CAN) va boshqa bir nechta valyutalar (masalan, Avstraliya dollariAUD) ham kiritiladi. Ikkilamchi valyutalar odatda erkin muomalada bo’ladi, biroq vaqti-vaqti bilan ba’zi muammolar yuzaga kelishi mumkin. Masalan, bularga likvidlikning yetarli darajada emasligi (ya‟ni, xarid qilish va sotish bilan bog’liq qiyinchiliklar), hosilaviy moliyaviy instrumentlarning (xususan, fyucherslarning) qo’llanilishi bilan bog’liq boshqa to’siqlarni kiritish mumkin.
Valyutalarning mazkur sirasiga Irlandiya, Singapur, Grestiya, Shvestiya, Daniya, Oman, Quvayt, Hindiston kabi davlatlar valyutalari kiritiladi.
Ekzotik valyutalar bo’yicha doimo kotirovkalar mavjud, biroq ba’zida operatsiyalar miqyosi, muddatli bitimlar bozori bo’yicha (agar u umuman mavjud bo’lsa) katta cheklovlarning bo’lishi ehtimoli bor; shuningdek, muayyan davlatlar tomonidan ularning keng savdosiga qarshi qonuniy cheklovlar ham o’rnatiladi. Mazkur guruhga Indoneziya, Tailand, Gonkong, Malayziya, Vetnam, Fillipinalar kabi mamlakatlar valyutalarini kiritish mumkin.
Hozirgi kunda yangi paydo bo‘luvchi bozorlar valyutalari ham yuzaga keldi. Bular Chexiya, Slovakiya, Polsha, O’zbekiston, Janubiy Amerika va JAR mamlakatlari pul birliklaridir.
Qavslar ichidagi valyutalarning belgilanishi SWIFT tizimi foydalanuvchilari tomonidan qabul qilingan kodirovka bo’yicha amalga oshiriladi. Qisqacha aytganda, banklar tomonidan foydalaniladigan mazkur axborot tizimi xizmat xabarlarining xavfsiz yetkazilishini ta’minlaydi.
Jahon amaliyotida moliyaviy bozorlar faoliyatida standartlashtirish xalqaro tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan, lotin tilidagi uchta harfdan iborat valyutalarning quyidagi belgilanishlari qabul qilingan bo’lib, ular xalqaro va mahalliy amaliyotda keng qo’llaniladi (ISO 4217 standarti – International Organization for Standartization):

  1. jadval


Yüklə 47,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə