Uyushmagan yoshlar qatlami: uni vujudga kelishiga nimalar sabab bo‘ldi?



Yüklə 20,91 Kb.
səhifə2/2
tarix23.03.2023
ölçüsü20,91 Kb.
#102990
1   2
yoshlar

Birinchidan, kundan kunga kuchayib borayotgan inflyatsiyani jilovlashga qaratilgan chora-tadbirlarni jadallik bilan amalga oshirish, ushbu maqsadda tomorqalarda mahsulot ishlab chiqarish va qoramol sonining kamayib borayotganligi sabablarini chuqur o‘rgangan holda qishloq yoshlariga moddiy-texnik yordam berish ko‘lamini kengaytirish, marketing tadqiqotlari asosida sug‘oriladigan yerlarda qishloq xo‘jalik ekinlarini joylashtirishni qaytadan ko‘rib chiqish, ko‘p ukladli agrar iqtisodiyotni, jumladan, paxta yetishtirishga ixtisoslashgan kompleks mexanizatsiyalashgan davlat agrosanoat birlashmalarini barpo etish;
Ikkinchidan, aholining kundalik ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo‘lgan, jumladan un, o‘simlik yog‘i, kir sovuniga savdo ustamasini cheklash yo‘li bilan chakana narx belgilash amaliyotini joriy etish va shu yo‘l bilan kishilarning, jumladan uyushmagan yoshlarni ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash;
Uchinchidan, ta'lim va sog‘likni saqlash, huquqni muhofaza qilish sohalarida korrupsiyaga qarshi va adolat muhitini yaratish maqsadida boshlangan xatti-harakatlarni kundan-kunga kuchaytirish va mantiqiy yakun topishiga xalqni ishontirish;
To‘rtinchidan, cheklangan ishlab chiqarish resurslarini viloyatlarning alohida tanlangan tumanida emas, balki barcha qishloq joylarini kompleks rivojlanishiga xizmat qiladigan iqtisodiy munosabatlarni yo‘lga qo‘yish.
Beshinchidan, kollejlar sharoitini ta'lim sohasidagi yangi vaziyat nuqtai nazaridan o‘rganib chiqish va ularning mos keladigan binolarida sanoat korxonalari, jumladan, tikuvchilik, poyafzal, mebel ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarning filiallarini tashkil etish;
Ilhom Vafayev,
iqtisodchi, Samarqand shahri

Uyushmagan yoshlar ijtimoiy qatlamining vujudga kelishiga sabab bo’lgan omillar va ularning mohiyati


10.01.2022
XX asr oxiriga kelib xalqimiz taqdirida butunlay yangi tarixiy davr boshlandi. Tarix tajribasi shuni ko’rsatadiki, qaysi davrda, qaysi davlatda, qanday tuzumda bo’lishidan qat’i nazar barkamol avlodni yetuk insonlar qilib tarbiyalash, birinchi navbatdagi ustuvor vazifa bo’lib hisoblangan. Inson shaxsini, uning yuksak ma’naviy fazilatlarini kamol toptirish milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish, yosh avlodni boy madaniy merosimiz hamda tarixiy qadriyatlarimizga hurmat, mustaqil vatanimizga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash barchamizning oldimizda turgan muhim vazifalardan biridir.Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalar qatorida uyushmagan yoshlar bilan ishlash, bu qatlamini o’rganish, ularni birlashtirish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri bo’lib turibdi. Uyushmagan yoshlar kim? Uyushmagan yoshlar qatlami qanday qilib vujudga keldi? Ular jamiyatning qanday qatlami? Bu savollarga javob topish uchun bir raqamga e’tibor qaratsak, bugun O’zbekiston aholisi 32 milliondan oshgan bo’lsa, shularning 10 milliondan ortig’i yoshlar, bu o’n million yoshlarning deyarli yarmidan ko’prog’ini uyushmagan yoshlar tashkil qiladi. Endi savol tug’uladi, uyushmagan yoshlar jamiyatning qanday qatlami? Uyushmagan yoshlar ayni bir vaqtda biror-bir kasb-hunar yoki ta’limning ma’lum bir qismida faoliyat olib bormayotgan, oliy yoki o’rta maxsus ma’lumotga ham ega bo’lmagan, tayinli ish bilan ta’minlanmagan yoshlar tushuniladi.Bizning jamiyatimizda bu qatlamning yosh guruhlari o’rtacha 19-24 hamda 26-30 yoshgacha bo’lgan yoshlar tashkil qiliyapti. Birinchi guruh yoshlari asosan o’rta-maxsus ta’lim bitiruvchilari bo’lib, ular kollejlar hamda akademik litseylarni tugatib, yo oliy o’quv yurtlariga hujjat topshirishadi, yoki o’z sohasi bo’yicha ish berayotgan idora va tashkilotlar bilan shartnoma tuzib ishga qabul qilinadilar, lekin ularning barchasi ham ishda qolib, uni davom ettirishmaydi. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilarining faqat 10 foizigina birinchi yili o’qishga kira olayapti xolos. Qolgan yoshlar o’qishni davom qilish uchun qayta tayyorlanishadi, boshqalari esa o’qishni ham davom ettirishni istashmaydi, tayinli ishga ham joylasha olmaydi, bular uyushmagan yoshlar qatlamining birinchi guruhi hisoblanadi. Ikkinchi guruh yoshlari esa o’qishni davom ettirmagan, xalqimiz tili bilan aytganda “ Qora mehnat" orqali u yer, bu yerda kunini o’tqazib yurgan, yoki oliy o’quv yurtini tugatib, yetarli ko’nikma va malakaga ega bo’la olmaganligi tufayli, o’z sohasida ishi yurishmagan ularning tili bilan aytganda “ o’ziga loyiq ish” topolmagan katta yoshdagi yoshlarni kiritishimiz mumkin,bularning esa uyushmagan yoshlar qatlamining ikkinchi guruhi sanaladi. Bundaylarni hozirda har yerda ko’rishimiz mumkin. Ularning ko’pisi o’ziga mos ish topa olmaganidan xorijga ish izlab ketayotgani hamda u yerda pul topish uchun nihoyatda jirkanch, qabih ishlarga qo’l urayotganini ham aytishimiz lozimdir.Hozirgi paytda radio, televideniyada qulog’imizga chalinayotgan ba’zi bir davlatlarda sodir bo’layotgan voqealarning ijrochilar aynan mana shunday mo’may va oson pul topish uchun xorijga ketganlardan chiqayotgani yoki yovuz kuchlarning tinchlik-osoyishtalikni yo’q qilishga urinishlari ularning quruq va’da- aldoviga uchib, ma’naviy asir bo’lib qolgan, jamiyatda o’z o’rnini topa olmay yurgan xuddi shunday shaxslardan kelib chiqayotganiligi, hayotning o’zi bu dolzarb mavzuni oldimizga ko’ndalang qo’yayotganining yaqqol isboti bo’la oladi.Endi esa uyushmagan yoshlar qatlami qanday vujudga kelayotgani haqida fikr yuritsak. Bunday holatga asosiy sabab, birinchi navbatda hali saviyasi past bo’lgan ota-onalarni hamda ularning farzandlariga berayotgan tarbiyasini ko’rsatishimiz mumkin. Ba’zi odamlarimizdagi hali-hanuz saqlanib qolayotgan eskicha fikrlash va qoloq dunyoqarash bu muammoning asosiy omilidir. Ota-onalarning yoshligidan bolalarga berib kelayotgan “o’qib nima qilasan, undan ko’ra ishni qil, qorning shunday to’yadi, o’qib dunyoni olib berasanmi” qabilidagi fikrlari yoki bo’lmasa, bolalarni yoshligidan o’qib, ilm olishga yo’naltirmay “qora mehnat” ga jalb qilib, shu bahonada o’qishdan bolani chalg’itib, buning ustiga durustroq kasb-hunar ham o’rgatolmay, lo’nda qilib aytganda “sixni ham kabobni ham kuydirishlari” masalaning og’riqli nuqtalaridan biridir.Oldimizda turgan muammolarni yechishda har bir ikir-chikir sabablarga nazar tashlash o’rinlidir. Bolaning yosh paytidagi o’tkir zehnli, barcha narsani qabul qilishga qodir bo’lgan paytda, ularni durust kasb hunar yoki o’qishga yo’naltirish o’rniga bolalarni ko’chada vaqtini bekor o’tkazishiga ruxsat bergan, har safar maktabga yo o’qishga ketayotganida kissasini pul bilan to’ldirib jo’natayotgan, hali endi shakllanish bosqichida turgan bolalarga mobil telefon, kompyuterlar olib berib, ularni nazoratsiz, o’z xohishiga tashlab qo’ygan ota-onalar oramizda yo’q emas. Hech qaysi bola yoshligidan kitob o’qishni xohlab, ota-onasidan iltimos qilmaydi, ular bu paytda qiziqqon, o’yin-kulguga o’ch bo’lishadi, lekin unga yoshligidan ota-onasi zarur tarbiyani berib, o’qishga hamda kasb-hunarga yo’naltirsa albatta undan kelajakda jamiyatga va oilasiga nafi tegadigan shaxs bo’lib ulg’ayadi. Lekin buning o’rniga bolaning yoshlikdan o’yin-kulgu va o’tkinchi narsalar bilan band bo’lib, mobil telefon va kompyuterlar og’ushida o’sgan boladan nimani kutish mumkin? Zeroki yoshlikda berilgan tarbiya insonning kelajakda qanday shaxs bo’lib ulg’ayishida katta o’rin tutadi.Bu o’rinda Abdulla Avloniyning quyidagi fikrini aytib o’tishni lozim topdim: “Tarbiya biz uchun yo hayot-yo mamot, yo najot-yo halokat, yo saodat-yo falokat masalasidir”. Shubhasiz oila haqiqiy hayot maktabi va tarbiya o’chog’idir.Biz yosh avlodga ilm-fan hmada kasb-hunarni yoshligidan ongiga singdirib borishimiz kerakki, zero u ulg’ayganda buning foydasi hamda berilgan tarbiyaning to’g’riligini ongli ravishda tushunib yetsin. Agar shunday qila olsak u o’qishning foydasini o’zi anglab yetadi, boshini kitobdan ko’tarmaydi, unga hech qanday kompyuter o’yinlari-yu mobil telefonlarning keragi bo’lmaydi. Uni o’qishga majburlab, nasihat qilish kerak bo’lmaydi.Bir qancha rivojlangan mamlakatlarda, misol uchun Yaponiyada ana shunday uzviy ta’lim va tarbiya birga olib boriladi. Yapon yoshlari o’qishni barcha narsadan afzal bilishadi Yaponyada barcha joylarda metrolarda, xiyobonlarda, ko’chalarda, xoh yirik shahar bo’lsin xoh chekka qishloq- hamma yerda bukshop hamda bukkafelar bor, yapon yoshlari barcha yerlarda o’tirib tinimsiz ilim olish payida bo’lishadi, ularni boshqa hech narsa qiziqtirmaydi.Yapon maktablarida davomat 99,9% ni tashkil qiladi, hech qaysi o’quvchi maktabga o’quv formasisiz kelmaydi. Fan imtihonlarida tartib shunchalar yuqoriki, yapon o’quvchi-talabalari bir-biridan ko’chirish bir-biriga yordam berish yoki har xil ko’zbo’yamachiliklarni hayollariga ham keltirishmaydi, barchalari o’zlari uchun o’z kelajaklari uchun harakat qilishadi. Yaponiyada ta’limda milliy an’analar hamda yaponcha tarbiya ruhi ta’lim bilan omixtalashib ketgan va hozirgi kunda dunyoning yetakchi mutaxassislari yaponiyadan yetishib chiqayotganligi, davlat yalpi ichki maxsulotinig oshishi, eng muhimi jamiyatdagi ishsizlar soninig kamligi yapon ta’lim tizimining naqadar samarali ekanligini isbotlaydi. Men bu fikrlarim bilan kimnidir maqtash yoki yerga urish maqsadidan yiroqman, lekin ibrat olsa bo’ladiganlardan ibrat olish kerakligini aytmoqchiman.Barcha narsa hatto, jamiyatdagi ko’plab yechimini kutib turgan muammolarning asl sababi to’g’ri tarbiyaga borib taqalar ekan, shu o’rinda ota-onalar hamda jamiyatning uzviy bog’liqligini ta’minlash kerakligini aytmoqchiman, buning uchun biz ota-onalar bilan uchrashuvlar o’tkazishimiz lozim, ularning ma’naviyatini, saviyasini oshirishimiz kerak, bunda albatta jamiyat institutlarinig o’rni katta bo’ladi.Shu o’rinda yana bir fikrga e’tiboringizni qaratmoqchiman, xalqimizda “Qars ikki qo’ldan chiqar”-degan purma’no naql borki, ko’p o’rinlarda biz bu fikrni naqadar to’g’ri ekanligini tan olmay ilojimiz yo’q. Masalaning bir jihati borki, shu o’rinda uni aytishni lozim topdim. Biz yuqorida aytilgan muammolarning vujudga kelishida nafaqat ota-onalar, balki ta’lim tizimimizdagi ayrim yo’l qo’yilgan kamchiliklar ham sababchi bo’lyapti.Xususan ta’lim tizimimiz ba’zi hollarda hayot bilan bog’lana olmayapti, keling sizga bir bo’lib o’tgan bir voqeani aytib bersam: “Mening tumanimda o’ndan ortiq kasb-hunar kollejlari bor iqtisodiyot, meditsina, pedagogika. Shulardan iqtisodiyot kolleji eng chekka hududda joylashgan, iqtisodiyot kollejida esa “malaka va ko’nikmasi o’ta yuqori iqtisodchi “ kadrlarni yetishtirib beruvchi fakultetlari mavjud: moliya, menejment, servis-xizmat ko’rsatish va boshqalar. Aslida esa u qishloqda paxta tozalash zavodidan boshqa hech narsa yo’q holbuki, kollejni bitirib ular iqtisodchi degan diplom olishadi endi tasavvur etib ko’ring, chekka bir qishloqda hech qanday iqtisodiy obekt bo’lmagan hududda bunday kadrlar qanday ish topishadi, umuman hozirgi kunda dunyo miqyosida iqtisodchi, moliyachi, menejer, buxgalter kabi kasblar eng yuqori daromad topuvchi, lekin bunday yo shunga o’xshash sohada ishlash uchun yuqori malaka yuqori saviya talab qilinadi. Umuman iqtisodchi bo’lishni istagan kadr bir nechta xorijiy tilni bilishi, kompyuter tehnologiyalarini mukammal o’rgangan bo’lishi kerak. Bunday joylarda Respublikamizdagi Moliya instituti, Iqtisodiyot universiteti, Turin, Vestminster, Singapur kabi shu soha kadrlarini yetishtirib berib turgan paytda, oddiy yoshligidan mol boqib, bolaligi mehnatda o’tgan, oddiy qishloq bolasi qanday ishga kira oladi. Buning ustiga qishloqda hech qanday turistik obekt ham xizmat ko’rsatish subektlari ham yo’q. Keyin bir qancha vaqt o’tgandan so’ng qishloq faollari tomonidan taklif kiritildi, o’sha iqtisodiyot, moliya, xizmat ko’rsatish kabi fakultetlar o’rniga asalarichilik, parrandachilik, qorako’lchilik, baliqchilik kabi fakultetlarni joriy qilsak, u yerda quruq nazariya bilan bolalarni miyasini achitmay amaliyotga jalb etsak, u bitirishi bilanoq qo’liga bank kreditini bersak, u albatta o’z o’rnini topib ketadi. Qishloq bolasi yoshligidan mehnatda o’sgan, u turizm, moliya va boshqalarni tushunmaydi, lekin tovuqchilik, ipakqurtichilik kabilarni biladi, o’sha iqtisodchi-menejerlar katta shaharda topgan pulni bu qishloqda ham top oladi, nafaqat topadi balki bu ishidan yurtimizga foyda bo’ladi, xalqimiz dasturxoni to’ladi, iqtisodiyotga haqiqiy foyda mana shunda keladi deyildi. Bu fikr qishloqda ma’qullanib, tuman hokimyatiga yuborildi, bir oydan so’ng esa hokimyatdan xat keldi, xatta yozilishicha bu yaxshi g’oya lekin yoshlarni bunga o’qitishda kerak bo’ladigan kadrlar yo’q!!! bularning hammasi yana borib ta’lim tizimimizga taqaladi, ta’lim tizimimiz har doim ham mahalliy sharoitlarga kelib chiqib yondashmayotganligi muammaoning o’zaklaridan biridir. Bu muammoning yechimi albatta topilishi kerak. Sh.Sh.Ahadov BuxDU Tarix fakulteti talabasi

Yüklə 20,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə