Uzbekistan-China: development of cultural, historical, scientific and


Sodda hujjatlar-muayyan bir masalani o‘z ichiga oladi. Murakkab



Yüklə 33,06 Kb.
səhifə2/4
tarix28.10.2023
ölçüsü33,06 Kb.
#132457
1   2   3   4
ish-yuritish-hujjatlarning-semantik-klassifikatsiyasi

Sodda hujjatlar-muayyan bir masalani o‘z ichiga oladi.

  • Murakkab hujjatlar-ikki yoki undan ortiq masalani o‘z ichiga oladi.

    Mazmun bayonining shakli jihatidan xususiy (individual), namunali (tipovoy) va qolipli (trafaretli) hujjatlar farqlanadi. Matnning o‘ziga hosligi, betakrorligi, xamisha ham bir andazada bo‘lmasligi xususiy hujjatlarning asosiy belgilaridir (masalan, hizmat yozishmalari va shu kabilar). Bunday hujjatlarda ham muayyan doimiy tarkib mavjud bo‘lsada, bevosita mazmun bayoni bir qadar erkin bo‘ladi. Namunali hujjatlar boshqaruvning muayyan bir xil vaziyatlari bilan bog‘liq,

  • bir-biriga o‘xshash va ko‘p takrorlanadigan masalalar yuzasidan tuzilgan matnlarni o‘z ichiga oladi. Qolipli hujjatlar, odatda oldindan tayyorlangan bosma ish qog‘ozlariga yoziladi, bunday hujjatlarda ikki turli axborot aks etadi, yani o‘zgarmas (oldindan tayyor bosma matnda ifodalangan ) va o‘zgaruvchi (hujjatni tuzish paytida kiritiladi); shuning uchun bu tur hujjatlarga nisbatan ko‘pincha "yozmoq"emas, balki "to‘ldirmoq" so‘zi ishlatiladi. Hujjatlarning qolipli turlarini kengaytirish hujjat matnlarini bir xillikka olib kelish va hujjat tayyorlash uchun ketadigan vaqt hamda mehnatni anchagina tejash imkoniyatini beradi. Qolipli hujjatlarga ish haqi yoki yashash joyi haqidagi ma'lumotnomalar, ayrim dalolatnomalar, xizmat safarlari, guvoxnomalari va boshqa ko‘plab hujjatlar misol bo‘ladi.


    Hujjatlar tegishlilik jihatiga ko‘ra, xizmat yoki rasmiy hujjatlar va shaxsiy hujjatlarga ajratiladi. Xizmat hujjatlari tayyorlanishiga ko‘ra muassasa yoki mansabdor shaxslarga tegishli bo‘lsa shaxsiy hujjatlar yakka shaxslar tomonidan yozilib, ularning xizmat faoliyatlaridan tashqaridagi yoki jamoat ishlarini bajarish bilan bog‘liq masalalarga tegishli bo‘ladi (masalan,shaxsiy ariza,shikoyat va x.k).
    Hujjatlarning tayyorlanish xususiyati va darajasi ham benihoyat muhim. Bu jihatiga ko‘ra hujjatlar quyidagicha tasniflanadi: qoralama, asl nusxa, nusxa, ikkinchi nusxa (dublikat), ko‘chirma. Ko‘pgina hujjatlar avval qoralama nusxada tayyorlanadi, bu hujjat muallifini qo‘l yozma yoki bosma nusxasidir. Bu nusxa tuzatilib, qayta ko‘chirilishi mumkin. Aytish kerekki, qoralama hujjat huquqiy kuchga ega emas. Asl nusxa har qanday hujjatning asli, birinchi rasmiy nusxasidir. Asl nusxaning aynan qayta ko‘chirilgan shakli nusxa deb yuritiladi, odatda nusxaning o‘ng tomonidagi yuqoridagi burchagiga "Nusxa" degan belgi qo‘yiladi.
    Hujjatchilikda aynan (faksimil) va erkin nusxalar ham farqlanadi. Aynan nusxa asl nusxaning barcha xususiyatlarini—hujjat zaruriy qismlarining joylashishi, mavjud shakliy belgilar (gerb, yumaloq muhr, to‘rtburchak muhr, nishon kabi), matndagi bosma, yozma harf shakllari va shu kabilarni aniq va to‘liq aks ettiradi, masalan kserokopiyani shu tur hujjatlar qatoriga kiritish mumkin. Erkin nusxada esa hujjatdagi axborot to‘laligicha ifodalansa-da, bu nusxa tashqi xususiyatlar jixatidan bevosita muvofiq kelmaydi, yani erkin nusxada asl nusxadagi muxr o‘rniga "muhr" deb, imzo o‘rniga "imzo" deb, gerb o‘rniga "gerb" deb yozib qo‘yiladi va x.k. Ba'zan muayyan hujjatga to‘laligicha emas, balki uning bir qismiga ehtiyoj tug‘iladi. Bunday hollarda hujjatdan nusxa emas, balki ko‘chirma olinadi ( masalan,majlis bayonidan ko‘chirma, buyuruqdan ko‘chirma va x.k). Nusxa va ko‘chirmalar, albatta notarius, kadrlar bo‘limi va shu kabilar tomonidan tegishli tartibda tasdiqlangan taqdirdagina huquqiy kuchga ega bo‘ladi. Asl nusxa yo‘qolgan hollarda hujjatning ikkinchi nusxasi (dublikati)beriladi, ikkinchi nusxa asl nusxa bilan bir xil huquqiy kuchga egadir.
    Mamuriy —boshqaruv faoliyatida xizmat mavqeiga ko‘ra hujjatlar hozirgi kunda, asosan, quyidagicha tasniflanadi: tashkiliy hujjatlar, farmoyish hujjatlari, ma'lumotsimon -axborot hujjatlari, xizmat yozishmalari.

    Yüklə 33,06 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
    1   2   3   4




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə