Узбекистон республикаси олий ва урта


Haddan tashqari yuqori bo’lgan talab



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə17/76
tarix28.11.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#138595
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   76
Узбекистон республикаси олий ва урта

Haddan tashqari yuqori bo’lgan talab. Bozordagi talabni qondirish mumkin bo’lgan darajadan talab darajasi yuqori bo’ladi. Bu holda marketingning vazifasi - talabning vaqtinchalik yoki doimiy ravishda pasaytirish yo’lini izlab topishdir. Bu vaziyatda narxlarni ko’tarish orqali, talabni qisqartirishga qaratilgan rag’batlantirishlar, servisni pasaytirish va boshqa choralar yordamida haddan tashqari yuqori bo’lgan talabni kamaytirishga harakat qilinadi. Bu vaziyatda marketingning maqsadi - talabni butunlay yo’q qilish emas, balki faqatgina uning darajasini pasaytirishdan iborat.

  • Noratsional talab. Tovarga bo’lgan talabga qarshi harakat qilish, sog’liqqa zararli tovarlarga talabni kamaytirish aniq maqsadli harakatlarni talab qiladi, sigaretlar, s’irtli ichimliklarning tarqalishiga qarshi turli tadbirlar o’tkaziladi. Marketing vazifasi mahsulot zarari to’g’risida ma’lumotlar tarqatish, narxlarni ko’tarish va tovarlarga egalik qilishni cheklashlar orqali, iste’molchilarni o’z odatlaridan voz kechishga ishontirish.

    Shunday qilib, talabning 8 holatiga to’xtalib o’tdik. Mana Shu holatlarning har biriga to’g’ri keladigan marketing turlari mavjuddir.
    Konversion marketing - salbiy talabni bosib o’tishga yordam beradi, ya’ni yo’q joyda talabni vujudga keltiradi, bunga ishontirish va tovar to’g’risidagi yolg’on ma’lumotlarni inkor etish orqali erishiladi. Masalan, urushdan keyingi yillarda sotuvda, sanoatda ishlab chiqilgan mayonez paydo bo’ldi. Xaridorlar buni tezda qabul qilmadilar. Faqatgina reklama vositasi bilangina mahsulotga talab vujudga keltirildi va taklif muvozanatlashtirildi .
    Rag’batlantiruvchi marketing - talabni uyg’otadi, tovarlar xaridorni qiziqtirmasa va bugungi kunda o’z qiymatini yo’qotgan bo’lsa, tovarlar noto’g’ri joylashtirilgan bo’lsa va boshqa bir necha hollarda talab mavjud bo’lmasligi mumkin. Bunday sharoitda rag’batlantiruvchi marketingning maqsadi iste’molchi bilan tovar o’rtasida foydali o’zaro aloqa o’rnatishdan, imkoniyatlarni yaratishdan va shunday qilib, talabni yaratishdan iboratdir.
    Potentsial talab mavjud, uni real talabga aylantirish kerak. Bu sharoitda Rivojlanuvchi marketing turidan foydalaniladi. potentsial talabni real talabga aylantirish uchun birinchi navbatda yangi tovarlar yaratish ustida ishlash kerak, ya’ni talabni yangi sifat darajasida qondirishga erishish kerak. Rivojlanuvchi marketing - yashirin talabni qamrab oluvchi va uni real talabga aylantiruvchidir.
    Talabning pasayishi turli davrlarda har qanday tovar duch keladigan hodisa. Bu holatda Remarketingdan foydalaniladi. Remarketingning maqsadi talabni tiklash zarurligini bildiradi, ya’ni tushib borayotgan talabni jonlantirishdir.
    Talab o’zgarib turadi, talabni stabillash kerak. Bu holatda Sinxromarketing turidan foydalaniladi. Sinxromarketing - tebranib turuvchi talabni nisbatan barqarorlashtirishga va uni tartibga solishga yordam beradi. Bunday talab mavsumiy va boshqa tebranishlar bilan xarakterlanadi. Buning natijasida tovar taklifi talabga to’g’ri kelmaydi. Shuning uchun sinxromarketingning strategiyasi talab va taklif me’yorini tekislashdan iborat.
    Talab firmaning imkoniyatlariga aniq javob beradi, talabning bir tekisda bo’lishiga erishish kerak. Bu sharoitda qo’llab-quvvatlovchi marketing turidan foydalaniladi. qo’llab-quvvatlovchi marketing - tovarlar va xizmatlar assortimentini to’ldirish, yangilash va narxlarni pasaytirish orqali mavjud bo’lgan talab va ehtiyoj darajasini saqlab qolishga imkon beradi.
    Talab haddan tashqari yuqori, talabni pasaytirishga erishish lozim. Bu holatda Demarketing turidan foydalaniladi. Demarketing maqsadi narxni ko’tarish, servisni qisqartirish yo’li bilan talabni vaqtinchalik yoki surunkasiga pasaytirishdan iborat.
    Nosog’lom talab sog’liq uchun zararli bo’lgan tovarlarga nisbatan paydo bo’ladi. Bunda qarama qarshi harakatlanuvchi marketing noratsional ehtiyojlarni qondiruvchi talab va xizmatlarga bo’lgan talabni kamaytirish yoki butunlay yo’q qilishga xizmat qiladi. Bunga antireklama vositasida erishiladi.



    Yüklə 1,13 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   76




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə