Узбекистон республикаси олий ва урта



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə49/76
tarix28.11.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#138595
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   76
Узбекистон республикаси олий ва урта

Tayanch iboralar

Tovar, tovarlar klassifikatsiyasi, raqobat, tovarning raqobatdoshligi, tovarning yashash davri konsepsiyasi, tovar modifikatsiyasi, mahsulot differentsiatsiyasi, yangi tovar, yangi tovar ishlab chiqarish.




Nazorat va mulohaza uchun savollar.

1. Marketingda tovar qanday vosita sifatida ta’riflanadi?


2. Tovarlar klassifikatsiyasini aytib bering.
3. Tovarning raqobatbardoshligi deganda nimani tushunasiz?
4. Tovarning yashash davri konsepsiyasini izohlab bering.
5. Tovar modifikatsiyasi deganda nimani tushunasiz?
6. Mahsulot differentsiatsiyasi nima?
7. Yangi tovar ishlab chiqarish jarayonini izohlab bering?
8. Tovar variatsiyasi deganda nimani tushunasiz?


10-Mavzu. NARX VA NARX SIYoSATI

10.1. Narx tushunchasi va uning mohiyati.


10.2. Narx siyosatini shakllantirish va narx darajasini hisoblash uslublari.
10.3. Tovarlarning yashash davri mobaynida narxlarning o’zgaruvchanligi.


10.1. Narx tushunchasi va uning mohiyati

Narx bozor kategoriyasi bo’lib, tovarlar ayirboshlanganda yuz beradigan munosabatlarni anglatadi. Narx nazariy jihatdan olganda tovar qiymatining puldagi ifodasi, qiymatining bozordagi ko’rinishidir.


Narx bamisoli barometr kabi bozor holatini ko’rsatib turadi, narx pasayib ketsa, tovar bozori kasodlikka yo’liqqan bo’ladi, tovar nafsiz bo’lib, uni boshqa tovar bilan almashtirish yoki uning sifatini tubdan yaxshilash zarurligi pul tarkibiga quyiladi. Narxning iqtisodiy mazmunini uning funktsiyalari ko’rsatib beradi. Narx nimaga tegishli bo’lishidan qat’iy nazar (tovar, xizmat) beshta asosiy funktsiyani bajaradi:

  1. bozor muvozanatini ta’minlash funktsiyasi

  2. hisob-kitob, o’lchov funktsiyasi

  3. iqtisodiy regulyator funktsiyasi

  4. raqobat vositasi funktsiyasi

  5. ijtimoiy himoya funktsiyasi

Bozor iqtisodiyoti sharoitida narxning quyidagi turlari mavjud:

  1. dem’ing narx

  2. nufuzli narx

  3. milliy narx

  4. arzonlashtirilgan narx

  5. jahon narxi

  6. yashirin narx

  7. erkin narx

  8. standart narx

  9. kontrakt (ulgurji) narx

  10. Chakana narx

  11. o’zgaruvchan narx

  12. limit narx

  13. muvozanat narx

Bozor narxining asosiy xususiyatlari ularning doimo o’zgarib turish qobiliyatidir. Narxlar hech qachon sababsiz o’zgarmaydi. Yuqori narxlar esa yuqori sifatli, yangi iste’mol qobiliyatiga ega bo’lgan tovarlarga o’rnatiladi. Narx darajasiga tovarning raqobatbardoshligi va bozordagi o’rni bog’liqdir.
Narx belgilash maqsadlari: bozor ulushini ko’paytirish, qisqa vaqt ichida eng ko’p foyda olish, yuqori foyda normasini uzoq muddat saqlab qolishdan iborat.
Birlamchi narxni aniqlashga vaqt bo’yicha narx darajasini aniq hisoblash ta’sir qiladi. Bu hisoblash bozor segmentiga, tovarning yashash davriga, talab va taklifning potentsial miqdoriga bog’liq bo’ladi. Marketingda tovar siyosati ijtimoiy tovar ishlab chiqarishning barcha bosqichlari, yangi ishlab chiqarishning, taqsimlashning, almashuv va iste’molchining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda yuritiladi.
Narx bajaradigan ba’zi bir vazifalarni ko’rib o’tamiz: avvalo narxlar ishlab chiqarish va iste’moldagi o’zgarishlardan xabar beradi.
Narxlar faqat iste’moldagina emas, balki ishlab chiqarishdagi o’zgarishlardan ham darak beradi.
Narxlarning boshqa muhim vazifasi - ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarni rag’batlantirishdir.
Narxlar mexanizmi ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdorini ko’paytirishgina emas, balki ishlab chiqarishning eng tejamli usullarini ishlashni ham rag’batlantiradi.
Narxlarning uchinchi vazifasi ikkinchisi bilan chambarchas bog’liq. Bu daromadlarnig taqsimlanishidir. Tovar ishlab chiqarish sharoitida xo’jalik faoliyati ishtirokchilari oladigan daromadlar ular o’z Shaxsiy yoki ishlab chiqarish iste’mollarini ko’plab sotadigan yoki sotib oladigan tovarlar va xizmatlarning narxlariga bevosita bog’liq bo’ladi.
Narxlarning to’rtinchi vazifasi alohida korxonalarga va xo’jalik sohalariga ishlab chiqarish omillarini taqsimlashdir.



Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə