“Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi”


I Bob Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi



Yüklə 31,77 Kb.
səhifə5/7
tarix21.10.2023
ölçüsü31,77 Kb.
#130657
1   2   3   4   5   6   7
Uzluksiz ma’naviy tarbiya

I Bob Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi
2.1 Umumiy qoidalar
1. O’zbekiston «Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari» tamoyili asosida taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo’ydi. Yangi davr shiddati ta’lim-tarbiya tizimiga ham o’zining aniq, qat’iy talablarini qo’ymoqda. Ushbu talablar doirasida ta’lim sohasida pedagoglarning moddiy-ma’naviy sharoiti tubdan yaxshilanib, ta’lim sifatini oshirishning zamonaviy texnologiyalari joriy qilinmoqda. Tarbiya va ta’limni bir-biridan alohida ajratib bo’lmaydi, bu ikki jarayon o’zaro uyg’un, uzluksiz asosda tashkil etilgandagina odobli, axloqiy fazilatlarga ega, yuksak ma’naviyatli, shu bilan birga bilimdon, zukko, ruhan va jismonan sog’lom, keng dunyoqarash va tafakkurga ega, zamonaviy kasb-hunar egasi bo’lgan vatanparvar yoshlarni yetishtirib beradi.
2. O’zbekistonda yoshlar tarbiyasini zamonaviy asosda ilmiy-texnologik isloh qilish borasida olib borilayotgan ishlar uni bugungi kun ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ilmiy asoslangan tayanch kompetensiyalar, fazilatlar asosida shakllantirishni talab etmoqda. Tarbiyaga yangicha, tizimli yondashuv, bolada tayanch fazilatlarni kafolatli shakllantirishda oila, maktabgacha ta’lim, umumiy ta’lim, o’rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari, mahallalarning ijtimoiy-pedagogik imkoniyatlarini to’liq yuzaga chiqarishni va ular orasida ilmiy-metodik uzviylikni yangi darajaga ko’tarishni taqozo etadi.
3. Vatanga sadoqat, burch va mas’uliyat, tashabbuskorlik va boshqa fazilatlar yoshlar ongida nazariy tushunchalar sifatida qolib ketgani holda uning tabiatida amaliy odatlarga aylanmayapti. Buning oqibatida ularning ushbu fazilatlar haqidagi so’zlari bilan amallari orasida tafovut namoyon bo’lmoqda, bu esa har yili mustaqil hayotga kirib kelayotgan yigit-qizlarning hayotda o’z o’rinlarini topishlarida bir qator muammolarni yuzaga keltirmoqda.
4. Ayrim o’quvchi-yoshlarda yuksak maqsadlarning shakllanmaganligi, o’zini o’zi o’qishga safarbar qilish, iroda, matonat, tirishqoqlik, harakat fazilatlari yetarli rivojlanmaganligi ta’lim sifatiga ham zarar ko’rsatmoqda.
5. Ma’naviy tarbiya sohasida o’qituvchilarning faoliyatini metodik ta’minlovchi o’quv materiallari, shu jumladan, ma’naviy tarbiya sohasiga oid metodik qo’llanmalar, o’quvchilar uchun zarur darsliklar yetarli emas. Shu munosabat bilan «Uzluksiz ma’naviy tarbiya» konsepsiyasini (keyingi o’rinlarda Konsepsiya deb ataladi) muvaffaqiyatli amalga oshirish orqali ma’naviy tarbiya tizimini yanada rivojlantirish alohida ahamiyat kasb etadi.
Konsepsiyaning maqsad va vazifalari
6. Konsepsiyaning maqsadi — yosh avlodda mustaqil va baxtli hayot uchun zarur ijtimoiy malaka hamda fazilatlarni yoshiga mos, bosqichma-bosqich shakllantirishdan iborat.
7. Ushbu maqsadga erishish, uni amalda ro’yobga chiqarish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish talab etiladi: ma’naviy-axloqiy tarbiyani baholashning ilmiy asoslangan indikatorlarini ishlab chiqish; tarbiyaning homiladorlik davridan boshlanib voyaga yetgunga qadar davom etadigan, tadrijiylik va uzluksizlik tamoyillariga asoslangan metodikasini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish; bola tarbiyasida milliy va zamonaviy pedagogikaning ilg’or yutuqlaridan samarali foydalanish; tarbiyalanuvchilar bilan birga tarbiyachilarning ham bilimi va malakasini muntazam oshirib borish; ma’naviy tarbiyani shakllantirishda oila, mahalla va ta’lim muassasalari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va boshqa ijtimoiy tuzilmalar o’rtasida samarali hamkorlik mexanizmini yo’lga qo’yish; ma’naviy tarbiyaning tadrijiy rivojlanish va uzluksizlik tamoyillariga asoslanishi. Konsepsiyada belgilangan vazifalarni oila va uzluksiz ta’lim tizimida amalga oshirish
8. Uzluksiz ma’naviy tarbiya: davlat ta’lim standartlariga muvofiq ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim muassasalari; ta’lim sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshiruvchi ilmiy-pedagogik muassasalar; davlat boshqaruvi organlari, jamoatchilik tashkilotlari, mahalla va oila institutlari orqali joriy etiladi.
9. Uzluksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasi quyidagi bosqichlarni qamrab oladi: birinchi bosqich — oilalarda (ikki davr asosida: birinchi davr — homila davri, ikkinchi davr — bola tug’ilganidan 3 yoshgacha bo’lgan davr); ikkinchi bosqich — maktabgacha ta’lim 3 — 6 (7) yoshgacha bo’lgan davr; uchinchi bosqich — umumiy o’rta ta’lim tizimida (ikki davr asosida: birinchi davr — 7 (6) — 10 yosh boshlang’ich sinf, ikkinchi davr — 11 — 17 yosh o’rta va yuqori sinflar); to’rtinchi bosqich — ishlab chiqarishda faoliyat ko’rsatayotgan va band bo’lmagan yoshlar, shuningdek, o’rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari tizimida (ikki davr asosida: birinchi davr — o’rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim bilan qamrab olinmagan, shuningdek, ishlab chiqarishda faoliyat ko’rsatayotgan va band bo’lmagan yoshlar — 17 — 30 yosh, ikkinchi davr — o’rta maxsus kasb-hunar, oliy ta’lim muassasalarining o’quvchi-talabalari 15 — 22 (24) yosh).
10. Umumiy o’rta ta’lim muassasalarining I — XI sinflari uchun «Odobnoma», «Vatan tuyg’usi», «Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari», «Dinlar tarixi» fanlarini birlashtirgan holda «Tarbiya» fanini joriy qilish bilan bog’liq tashkiliy, moliyaviy, ilmiy-metodik ishlar kompleksini amalga oshirish.
11. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev huzurida 2019 yil 23 avgust kuni Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda o’qituvchi mavqyeini oshirish masalalariga bag’ishlab o’tkazilgan videoselektor majlisi bayoni (27.08.2019 y., 19750-hx-son) 5-bandida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi — ma’naviy tarbiyaning g’oyaviy mohiyat va strategiya yo’nalishini belgilashga; Vazirlar Mahkamasi — strategiyaning ijrosini ta’minlash, amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlarni nazorat qilib borish va moliyalashtirishga; mutasaddi vazirliklar, idoralar va hokimliklar — belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirishga mas’ul ekanligi alohida ko’rsatib o’tilgan.
Oilalarda uzluksiz ma’naviy tarbiyani amalga oshirish
12. Oilalarda uzluksiz ma’naviy tarbiya tizimi o’z ichiga ikki davrni qamrab oladi: birinchi davrda — hududlardagi oilaviy poliklinikalarda, mahallalardagi homilador ayollar bilan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik, ma’naviy-ma’rifiy, tibbiy, psixologik yordam ishlari tizimli tashkil qilinadi. Yosh ota-onalar bola parvarishi va tarbiyasiga tayyorlanadi; ikkinchi davrda — bola tug’ilganidan 3 yoshgacha bo’lgan davr orasida amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishlar metodikasi ishlab chiqilib, hayotga tatbiq qilinadi.
13. Homilador ayollar o’qishi tavsiya qilinadigan tibbiy-ma’rifiy, tarbiyaviy, badiiy va elektron adabiyotlar turkumlari tayyorlanadi, ro’yxati shakllantiriladi va tarqatiladi.
14. Mahalla, oilalarda ota-onalar va bolalar ma’naviy tarbiyaviy munosabatlarini tahlil etish asosida «Namunaviy oilaviy tarbiya muhiti» mezonlarini belgilash va shu asosida mahalla, tuman, shahar, hududlar va respublika tanlovlarini o’tkazish.
15. Oiladagi ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash maqsadida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oiladagi nizoli holatlarni hal etishning huquqiy va pedagogik-psixologik asoslarini o’rgatish, ajralishlarning oldini olishda «Ota-ona farzandini voyaga yetguniga qadar boqish va tarbiyalash uchun javobgar» prinsipi asosida «Ota-onalik — baxt va burch» targ’ibot tadbirlarini tashkil etish.
16. Oilada uzluksiz ma’naviy tarbiya xususiyatlari: muloqot, o’yin turlari jarayonida predmetlar, namunaviy xulq, xatti-harakat qoidalari bilan tanishish, taqlid orqali kattalarning ma’naviy-axloqiy tajribasiga e’tibor qaratish; o’zining va boshqalarning xatti-harakatlarini kuzatish, baho berishga o’rgatish; ilk ma’naviy-tarbiyaviy motivlarni shakllantirish;
o’ziga-o’zi xizmat qilish, kundalik turmushda xavfsizlik ko’nikmalarini o’rgatish.
17. 3 yoshgacha bolalarda badiiy-estetik didni shakllantirish va intellektni rivojlantirishga mo’ljallangan alla, ertak, maqollar va topishmoqlarning audio shakli yaratilib, multfilmlar to’plami tayyorlanadi va hududlarga tarqatiladi.
18. Bolalarga taklif etilayotgan o’yinchoqlarni ma’naviy tahlil va tadqiq qilish orqali bolalar ruhiyatiga salbiy ta’sirlarning oldi olinadi.
19. Oilada ota-onalarning farzand tarbiyalash metodlariga oid bilimlarini muntazam oshirib borish maqsadida: bola tarbiyasida milliy tarbiya metodlari va zamonaviy pedagoglarning ilg’or yutuqlaridan samarali foydalanish; mahallalardagi «Ota-onalar universitetlari»da ota-onalar uchun farzandlarda yoshiga mos ijtimoiy kompetensiyalarni tarbiyalash bo’yicha treninglar o’tkazish; «Tarbiya maktabi» rukni ostida ota-onalar, pedagoglar uchun teleko’rsatuvlar, bolalar, yoshlar uchun turli rasmlar bilan bezatilgan yorqin, rang-barang qo’llanmalar, multimedia mahsulotlari kabi didaktik materiallar turkumini yaratish; uzluksiz ma’naviy tarbiya amaliyotida to’plangan ijobiy tajribani ommalashtirish maqsadida «Yosh ota-ona kitobi» va boshqa metodik qo’llanmalar asosida multimediali taqdimotlar seriyasini yaratish va ota-onalarga tarqatish mexanizmi yo’lga qo’yiladi.
20. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi qoshida xalqimizning boy milliy ma’naviy tarbiya merosini keng targ’ib qilishga yo’naltirilgan «Ma’naviy tarbiya» ilmiy-ijodiy studiyasini tashkil etish orqali: ota-onalar, bolalar, o’smirlar, yoshlar va kattalarga mo’ljallangan hujjatli, o’quv, tarbiyaviy va badiiy kitoblar, qo’llanmalar, multimedia mahsulotlari yaratiladi; oilalarda yoshlarning ma’naviy rivojlanishi uchun zarur bo’lgan innovasion ijtimoiy-pedagogik sog’lom va barqaror muhit yaratish usullari ishlab chiqiladi.
21. Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirish, oilaviy qadriyatlarimizga zid bo’lgan turli ma’naviy tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni tashkil etish, hududlar bo’yicha oilalarda sog’lom tarbiyaviy muhitni yaratish va ota-onalarga tarbiya usullarini o’rgatishga qaratilgan maqsadli va manzilli targ’ibot tadbirlari va treninglar o’tkaziladi.
Maktabgacha ta’lim tizimida uzluksiz ma’naviy tarbiyani amalga oshirish
22. Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasining ushbu bosqichi o’z ichiga maktabgacha 3 — 6 (7) yoshli bolalarni qamrab oladi.
23. Ushbu bosqichda 3 — 7 yoshli bolalarga xos xususiyatlar, jumladan: o’z tuyg’ularini boshqarish ko’nikmalarining rivojlanishi; o’z xatti-harakatlarini axloqiy boshqarish ko’nikmalarining yuzaga kelishi; shaxsiy fazilatlar asoslarining paydo bo’lishi; ijtimoiy motivlar va milliy an’analarga qiziqishning paydo bo’lishi, o’zini namoyon qilishga intilish; muvaffaqiyatga erishish ehtiyojining tug’ilishi; o’ziga o’zi baho berish, tevarak-atrofdagilarga ma’naviy-axloqiy munosabatning paydo bo’lishi; bola faoliyatining yetakchi turlari — muloqot, o’yinlar, mashg’ulotlar; nutq va uning asosida ma’naviyat asoslarining rivojlanishi inobatga olinadi.
24. Tarbiyachilar va ota-onalar tomonidan ushbu yoshdagi bolalarga: asosiy faoliyat turlari jarayonida o’zini o’zi anglashga o’rgatish; muloqot, kuzatish va taqlid orqali kattalarning ma’naviy-axloqiy tajribasini o’zlashtirish; o’zining va boshqalarning xulqiga baho berishga o’rgatish; faoliyat va syujetli-rolli o’yinlar orqali yangi motivlarni paydo qilish va mustahkamlash; ma’naviy-axloqiy ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish; kundalik turmushda xavfsizlik qoidalarini o’rgatish; kattalar, ularning mehnati, kasblar, turli kasb egalariga xos shaxsiy fazilatlar to’g’risida tushunchalar berish; o’yin, o’zaro munosabatlar, oiladagi munosabatlar, yaqin kishilarga g’amxo’rlik qilish ehtiyojining paydo bo’lishi orqali xarakter sifatlarini shakllantirib borish; bola tarbiyasida milliy tarbiya usullari va zamonaviy pedagoglarning ilg’or yutuqlaridan samarali foydalanish orqali milliy va umuminsoniy qadriyatlar o’rgatiladi.
25. «Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi» asosida 3 — 6 (7) yoshli bolalarni ma’naviy tarbiyalash, ularda shaxsiy fazilatlar, jumladan, o’z tuyg’ularini boshqarish, ijtimoiy motivlarni uyg’otish, milliy an’analarga qiziqishni paydo qilish, yaqin kishilarga g’amxo’rlik qilish kabi ehtiyojlarni shakllantirishga qaratilgan «Baxtli bola ma’naviyati» kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
26. Ota-onalar va tarbiyachilarning bola tarbiyasi borasidagi bilim, ko’nikma, malaka va kompetensiyalarini oshirishga qaratilgan ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalariga asoslangan hududiy o’quv treninglar, seminarlar, forumlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish.
27. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzurida Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini amalga oshirish jarayonini muvofiqlashtiruvchi «Ma’naviy tarbiya» respublika jamoatchilik kengashi tavsiyalari asosida O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi «Oilaviy», «Bolajon» telekanallari, bolalar nashriyotlari va ommaviy axborot vositalarining faoliyatini «Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi» asosida takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
28. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari uchun tayyorlanadigan spektakllar, kuy-qo’shiq va raqslar, turli teatrlashtirilgan tomoshalar, sahna ko’rinishlari, milliy o’yinlar ssenariylarini ishlab chiqish.
29. Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar barcha maktabgacha ta’lim muassasalarini o’zbek milliy ertaklari, afsonaviy qahramonlar, buyuk bobolarimiz, qadimiy milliy me’morchilik obidalari, O’zbekiston tabiati, milliy Vatan timsollari asosida bezash, jihozlash tartibi va ko’rgazmali namunalarini ishlab chiqish.
30. Bolalarda ijobiy xulq motivlarini shakllantirish bo’yicha «Bola aziz, odobi undan aziz» mavzuida ertak, matal, afsona, doston, maqollar asosida multimedia mahsulotlarini tayyorlash.
31. Barcha turdagi maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida «O’zbekiston — mening Vatanim!» tuyg’usini shakllantirish, ularda davlat ramzlariga hurmat hissini tarbiyalashga qaratilgan tarbiyaviy tadbirlarni o’tkazish.
32. O’g’il bolalarda mardlik, shijoat, milliy g’urur, qat’iyat, tadbirkorlik, oriyat, qiz bolalarda ibo, hayo, qanoat, mehnatsevarlik kabi ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan seriallar, milliy qo’g’irchoq va multiplikasion filmlar yaratish, ularni telekanallarda praym-taym vaqtlarida namoyish etishni ta’minlash.
33. Tarbiyalanuvchilarda ma’naviy tarbiyani yanada kuchaytirish maqsadida ommaviy axborot vositalarining rolini oshirish.
34. Bolalarda atrof muhit ozodaligi, shaxsiy gigiyena, tabiatni asrab-avaylashga qaratilgan ekologik tarbiya mazmunidagi «Ona tabiatni asraylik!» ruknida tarbiyaviy roliklar yaratish.
35. Bolalarda orzuga intilish, ijodiy fikrlash, yaratuvchanlik, ichki qobiliyatlarini yuzaga chiqarishga qaratilgan aqliy va harakatli o’yinlar, konstruktorlik o’yinlari va o’yinchoqlarning «Bolalar dunyosi» variativ o’yinlar majmuasini ishlab chiqishni yo’lga qo’yish.
36. Maktabgacha ta’lim muassasalari hududida bolalarni mardlik, shijoat, qat’iyat, zukkolik, jasorat, go’zallik, olijanoblik, mehr-shafqat, kitobxonlik namunalarini o’zida aks ettirgan milliy siymolar, milliy ertaklar va multfilm qahramonlari ko’rinishlari va lavhalari ifodalangan tarbiyaviy ahamiyat kasb etuvchi haykalchalar majmualarini o’rnatish.


Yüklə 31,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə