Uzluksiz ta’lim jarayonida pedagog faoliyatining o’rni


  O’QITUVCHI FAOLYATIDA MULOQOT MADANIYATI VA UNING TASHQI



Yüklə 491,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/26
tarix01.10.2023
ölçüsü491,86 Kb.
#125186
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26
uzluksiz talim jarayonida pedagog faoliyatining orni

2.3. 
O’QITUVCHI FAOLYATIDA MULOQOT MADANIYATI VA UNING TASHQI
QIYOFASI
 
Pedagoglarning o’quvchilar bevosita muomilasining maktab 
o’quvchilarining muomilasiga pedagogik tasir etishning o’ziga xos vosita deb
qarash mumkin.
Muomala - axborot jarayonidir. Axborot ikki yo’nalishda boshqarish
subektidan ( o’qituvchidan ) boshqarish obektiga ( o’quvchilarga ) boradi va
aksincha obektdan subektga boradi. O’qituvchi bolalar bilan o’zaro
muomilada bo’lar ekan ular haqida ularning ichki dunyosi haqida g’oyat
xilma-xil axborotlarga, malumotlarga ega bo’ladi. O’z nisbatida o’quvchilar 
ham o’qituvchi bilan muomilada o’zlari uchun zarur bo’lgan muomila
ko’nikma va malakalarni egallab takomillashtirib boradi. Demak muloqot
jarayonida tomonlar bir-birlarini turli xil sharoit va ko’nikmalarda o’rganib
borishadi.
Bolalar bilan bevosita muomilada pedagogga jamoadagi yoki ayrim
o’quvchilardagi biron- bir voqiani rivojlanish jarayonida o’rganish zarur 
bo’lganda, ro’y berayotgan hodisalar va jarayonlarning sabab – oqibat
aloqalarini payqab olishda, ularning tug’ilashi, paydo bo’lishi va rivojlanishini
kuzatish, bundan tashqari bu hodisalar va jarayonning yanada rivojlanishi 
to’g’riligining malum darajada oldindan aytib berish kerak bo’lganda ham
zarurdir. 
Pedagogning boshqa kishilar bilan muomilada bo’lish tajribasi
pedagogning o’zi shaxs sifatida qay darajada shakllanganligini uning
voqialikni qay darajada idrok etishiga va olingan axborotga baho berishga
qodirligini aniqlab beradi. Pedagogning o’quvchilar bilan kundalik muloqoti
shunga olib keladiki u o’quvchilarning hatti – harakatlaridagi chuqur mano va
haqiqiy sababni turli vaziyatlarda payqab oladi.
O’qituvchilarning o’quvchilar bilan muomilasi tarbiyani boshqarish
vositasi sifatida qaralib bu muloqotni pedagogik qoidalarga muvofiqlashtirish
zarurdir.


Negaki bola o’qituvchidan tashqari ko’pchilik munosabatlarga kirib
boradiki buning natijasidagi muloqotlar bolaga turlicha ijobiy salbiy tasirini
o’tkazib boradi. Xatto shundan iborat bo’ladiki u malum darajada bu
tasirlarni birlashtiradi. Ular o’rtasidagi bog’liqlikni o’rgatadi, bu tasirlarning 
ziddiyatli tarkibiy qismiga tuzatishlar kiritadi. 
O’qituvchining bolalar bilan muomilasi muvoffaqiyatli bo’lishi ko’p
jixatdan unda pedagogik qobilyatning mavjudligiga va pedagogik nazokatni 
(odobni) egallaganligiga bog’liq bo’ladi. 
Pedagogik muomilaning samaradorligini taminlovchi omillar:
1. O’qituvchining kuzatuvchanlik qobilyati, yani vaziyatga to’g’ri boha bera
olish, idrok etish, tushuna bilish.
2. Bolalarga bo’lgan samimiy muhabbat, qaerda muhabbat bor bo’lsa o’sha
erda muloqot samimiy o’tadi.
3. Muloqotga bo’lgan ijtimoiy extiyojni qiziqishni hisobga olish va yuzaga
keltirishga intilish. 
4. Xozir javoblik tanqidiy ko’z bilan qarash, sobit qadamlik.
5. O’qituvchining nutqi notiqlik qobilyatining mavjudligi, so’z boyligi. 
5. Aktyorlik mahoratini qo’llay bilish. 
6. Pedagogik nazokat va odob qoidalariga rioya qilish yani to’g’ri munosabatni
o’rnatish.
7.O’zaro ishonch va do’stlik munosabatlarining o’rnatilishi, bunga shunday
erishish mumkin, bolalardagi katta yoshdagi do’stga bo’lgan extiyoj juda 
kuchli. 
8. Ba’zi joylarda o’qituvchi eshitmasligi lozim bo’lgan narsalarni eshitmasdan 
o’tib ketish.
9. Muomilani baqirib va mayda chuyda narsalarga aylantirib yubormaslik. 
10. Ba’zan biron narsani tushunmay qolish ham foydali bu o’quvchilarda 
bo’ladigan kichik kelishmovchiliklarning oldini oladi. 
11. Dilkashlik, muloqotga intilish, aloqa o’rnatishga moillik. 
12. Norasmiy muloqotdan maktabdan tashqari ham samimiylik muximdir.


O’qituvchi oquvchilar jamoasi bilan yaxshi muomilani o’rnata bilsa u
katta xurmat va mavqiyga ega bo’ladi .O’quvchilar bunday o’qituvchining 
oldiga tortinmay keladi, u bergan vazifalarni sidqi dildan bajaradi. 
Yuqoridagilardan shuni xulasa qilib aytish mumkinki turli xil yoshdagi
o’quvchilar muloqot madaniyatiga erishish o’qituvchi turli xildagi o’ziga xos 
vazifalarni bajaradi.
Ular quyidagilar:
* Quyi sanflarda o’qituvchi tashkilotchi sifatida maydonga chiqadi. Bu
yoshdagi o’quvchilarga quvnoq, talabchan, xayrihohlik ko’rsatuvchi, zavqli
vaziyatlarni vujudga keltira oladigan tarbiyachilar zarur. 
* O’smir yoshdagi o’quvchilar uchun o’qituvchi raxbardir. Bu erda
o’qituvchilar o’quvchilar faolyatiga raxbarlik qiladi, talablar qo’yadi, 
ko’rsatmalar beradi, murabbiylik qiladi, faolyat uchun qulaylik yaratadi.
* Katta yoshdagi o’smir o’quvchilarga nisbatan o’qituvchi homiy yoki 
tarbiyachi vazifasini bajaradi. Bu erdagi munosabatda o’smirlarning katta
bo’lishga intilishini hisobga olish zarur. Ularni kattalardek qabul qilmaslik
ularda nosamimiylik soxtalik shakllanadi. Bu esa o’qituvchini ishini 
qiyinlashtiradi. 
* Yuqori sinf o’quvchilari uchun o’qituvchi maslaxatchidir. Ularni tenglik
asosida qabul qilish bilan ularga maslaxat yo’l- yoriq, ko’rsatish katta samara
beradi.
“Shunday gapira olish kerakki bolalar sizning gapingizdan irodangizni, 
madaniyatni, sizni shaxsingizni sezsinlar”. (A.S.Makarenko ).
Demak, ta’lim jarayonini tashkil etishda muloqotning barcha vositalariga, 
ayniqsa nutqqa etibor berish kerak. Bolalarni ilk yoshdanoq nutq madaniyatiga
o’rgatish nutqini o’stirish choralarini ko’rish lozim. Pedagog esa shunday nutq
madaniyatiga ega bo’lishi kerakki u avvalo uning faolyatini to’g’ri tashkil
etishni taminlasin,bolalarda nutqning o’sishiga imkon bersin. Ta’lim tarbiyaning
asosi bu muloqot hisoblanadi. Lekin bu muloqot kundalik turmushimizda 


ishlatilayotgan muloqotdan farq qilib, pedagog va o’quvchilar orasidagi
muloqotni anglatadi.

Yüklə 491,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə