V. V. Bartold rahbarligida Turkiston havaskor-arxeologlar to‘garagi 1895-1917 yillarda faoliyat ko‘rsatgan



Yüklə 47,38 Kb.
səhifə9/13
tarix11.12.2023
ölçüsü47,38 Kb.
#145158
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
археология маълумот

Hisor madaniyati tog'li mintaqalarda yashab, asosan hayvon
ovchiligi bilan shug'ullagan qabilalar madaniyatidir. U Tojikistonning
tog'li mintaqalarida keng tarqalgan. Ularning izlari 300 dan ortiq joydan
topilgan. Bu madaniyatga oid dastlabki yodgorlik Dushanbe shahri
yaqinidagi Hisor vodiysidan topilganligi sababli Hisor madaniyati
nomini olgan. Arxeologlar Tutkovul makonidan yarim erto'la shakldagi uy
qoldig'ini va 4 ta qabrni topib o'rganganlar. Jasadlar g'ujanak holda
yotqizilib, oyoq—qo'llari bog'langan holda ko'milgan. Bu mozorlar
Hisor madaniyatining so'nggi bosqichiga tegishlidir.
Xuddi shu davrda O'rta Osiyoning shimoliy va markaziy
hududlarida ovchilik, baliqchilik va termachilik bilan shug'ullangan
neolit davri jamoalari istiqomat qilganiar.
Kaltaminor madaniyati XX asrning 30-40 yillarida S.P.Tolstov tomonidan Amudaryoning quyi
havzasida topilgan va fanga Kaltaminor madaniyati nomi bilan
kiritilgan. Yodgorlik Amudaiyoning Oqchadaryo o'zanidan chiqqan
qadimgi Kaltaminor kanali etaklaridan topilgani uchun shu nom
berilgan.
Kaltaminor madaniyati O'rta Osiyoning g'arbiy va shimoli—g'arbiy
tomonidagi erlarida keng tarqalgan. Uning shimoli-g'arbiy chegarasi
Ural daiyosining o'rta va quyi oqimlarigacha, g'arbiy chegarasi Kaspiy
dengizigacha borib taqalgan. Janubda Qoraqum va Qizilqum etaklarigacha, sharqda esa, Orol dengizining shimoliy, sharqiy va
janubiy tomonidagi quyi Sirdaryogacha borib taqaladi. Qizilqum va
Ustyurtning katta territoriyasida ham Kaltaminor madaniyati ancha keng
tarqalgan.
Kaltaminor madaniyatini oMganish jarayonida olimlar uning
rivojlanish bosqichlarini aniqladilar - Daryolisoy (mil.avv. YI-IY ming
yilliklarga oid), Jonbos (mil.avv. IY-III ming yilliklarga oid) va
Saksovul (mil.avv. Ill ming yillik oxiri - I I ming yillik boshlariga oid).
Oqchadaryo havzasidan ko‘plab kaltaminor madaniyatiga oid
yodgorliklar topilgan. Ulaming 3-4 ta manzilgohining madaniy
qatlami buzilmasdan saqlanib qolgan. Bular Jonbas-4, Qavat-7,
Tolstov manzilgohi, Tumek Kichidjik qabristonidir.

Yüklə 47,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə