V. V. Bartold rahbarligida Turkiston havaskor-arxeologlar to‘garagi 1895-1917 yillarda faoliyat ko‘rsatgan



Yüklə 47,38 Kb.
səhifə7/13
tarix11.12.2023
ölçüsü47,38 Kb.
#145158
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
археология маълумот

Qo'shilish makoni Toshkentning g'arbida qadimgi Bo'zsuv anhorining chap sohilidan topilgan. U erdan nukleuslar, mayda paraqachalar, qirg'ichlar topilgan. Qo'shilishning madaniy qatlamidan topilgan mazkur qurollar so'ngi tosh davri qurollariga nisbatan o'zining ancha ixchamligi va qurol turlarining xilma—xiUigi bilan ajralib turadi.
Bu erdan topilgan nukleuslar va qirg'ichlar Farg'onadagi Obishir I, Y, Achchiko’l va Machaydan topilgan nukleuslar va qirg’ichlarga o'xshab ketadi. Lekin Qo'shilishdagi qurollar ancha qadimiy arxaik xususiyatga egadir. Qo'shilishdan topilgan qurollarda o'ziga xoslik ham bor, ya’ni bu erda geometrik shaklda yasalgan qurollar uchramaydi. Shuningdek, Qo'shilishda boshqa makonlarda boMgan pichoqsimon paraqalar
topilgan emas.
Obishir 1 g‘or-makoni Haydarkon shaharchasidan 4-5 km sharqda joylashgan. U erning madaniy qatlamlaridan mikrolitlar, bigizlar, qirg‘ichlar, pichoq qadamalari. nukleuslar topilgan. Ular boshqa joylardan topilgan mezolit davri qurollariga o‘xshaydi.
Obishir V g‘o r - makoni esa Obishir 1 dan 200 metrcha g‘arbda joylashgan. U erda 3 ta madaniy qatlam aniqlangan. U erdan topilgan mehnat qurollarining ishlanish texnikasi Obishir 1 ga o‘xshaydi. U erning quyi madaniy qatlamlaridan oq-qora va kul rang chaqmoqtoshdan yasalgan mikrolitlar - paraqalar, pichoq qadamalari, qirg’ichlar,
keskichlar, teshgichlar, o‘roq-randalar va turli shakldagi nukleuslar topilgan. Shuningdek, bu erdan yovvoyi hayvonlarning parchalangan va sindirilgan suyaklari ham topilgan.
Machay g‘or makoni mezolitning so‘nggi bosqichiga oid yodgorlik bo'lib, u Hisor tizmasining Ketmonchopti tog'ining janubidan Machay daryosining o‘ng sohilidan topilgan. G‘or-makon ko‘p qatlamli bo'lib, u erdan ko'p miqdorda tosh qurollari va oz miqdorda suyakdan yasalgan mehnat qurollaar ham topilgan. Suyak qurollar 15 nusxada bo'lib, ular bigiz, igna, so'zan va boshqalardir. G'oming madaniy qatlamlaridan jami 870ta toshdan yasalgan mehnat qurollari topilgan. Ular har xil shakldagi nukleuslar, retushlangan va retushlanmagan paraqa va paraqachalar, tosh pichoqlar. arrasimon qurollar. keskich, ushatgich toshlar, nayza va o'q uchlari, trapesiyalar, sigmentlar va boshqa xil qurollar topilgan. Machay g'oridan topilgan qurollaming ishlanish texnikasi, katta kichikligi Tojikistonning Vaxsh daiyosi havzasidagi, Markaziy Farg'ona va Toshkent vohasidagi mezolit qurollariga ancha o'xshab ketadi. Lekin ularning o'ziga xos jihatlari ham bor.
Machay g'orining madaniy qatlamlaridan antropologik materiallar
- odam bosh suyaklari, tishi, jag'i va boshqa a’zolarining suyak
qoldiqlari topilgan. Flaligacha O'rta Osiyoning mezolit davriga oid
yodgorliklaridan bunday topilmalar topilgani yo'q. Shu jihatdan
Machaydan topilgan odam suyaklari juda katta amaliy va ilmiy
ahamiyatga egadir. Tadqiqotlar natijasida kalla suyaklarining biri ayol
kishiga. biri erkak kishiga va uchinchisi yosh bolaga mansub.

Yüklə 47,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə