Mezolit va Neolit davri manzilgohlari



Yüklə 22,08 Kb.
səhifə1/2
tarix29.11.2023
ölçüsü22,08 Kb.
#141534
  1   2
mezolit va neolit davri manzilgohlar



Mezolit va Neolit davri manzilgohlari

Ulug’ muzlikning erishi, erning isiy boshlashi, ko’plab daryo va ko’llarning hosil bo’lishi, yaylovlar, to’qay va o’rmonlarning vujudga kelishi, yangi o’simlik va hayvon turlarining shakllanishi natijasida o’lkamizning barcha vohalarida odamlarning yashashi uchun qulay imkoniyatlar vujudga keladi. Buni arxeologlar tomonidan topilgan yuzlab odamlar yashagan manzilgohlar ham ko’rsatadi. 1970-1980 yillarda O’.Islomov boshchiligidagi arxeologlar guruhi Farg’ona viloyati So’x yaqinidagi Obishir soyining ungurlarida qidiruv ishlari olib borib, Obishir deb atalgan makonlarda mezolit davri urug’ jamoalarining izlarini topdi. Bu guruh 1967 yilda Toshkent shahriga yaqin bo’lgan Bo’zsuv soyining ikki tarmog’i qo’shilgan joyida mezolit davriga oid manzilgohni topadi, bu yodgorlikning yoshi miloddan avvalgi o’n mingginchi yilliklarga to’g’ri keladi. Bu manzilgoh Qo’shilish nomi bilan ataladi. Bu makondan tosh qurollari, mezolit davri jamoalari qoldiqlari topildi. Surxondaryo viloyatidagi Ko’hitongning Machay soyi qirg’og’idagi g’orda olib borilgan tadqiqotlar natijasida bu g’orda mezolit davri odamlari uzoq yillar davomida yashaganligidan dalolat beruvchi madaniy qatlam ochildi. Machay manzilgohidan odam skeletlari, turli xil tosh va suyak qurollari, o’choq va kul qatlamlari topilgan. Machayliklarning ov hayvonlari asosan tog’ arxari va jayronlar bo’lganligi aniqlandi. Machayliklar shoxli va mayda hayvonlarni xonakilashtirishni o’zlashtira boshlaganlari ham ma’lum bo’ladi. Mamlakatimizning boshqa hududlaridan topilgan mezolit davriga oid manzilgohlarda olib borilgan tadqiqotlar odamlarning mayda, tez harakat qiluvchi hayvonlarni ham tuta olganliklarini ko’rsatadi.


Mezolit davri qurollari

  • O’q-yoy quroli (kamon va paykonlar).

  • tayoq uchiga o’tkir uchli nayzalar o’rnatilganirg’ituvchi nayza qurollari.

O’q-yoydan foydalanish insoniyat taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo’lib, ovchilikni insonlarning hayot manbaiga aylantirdi, ovdan keladigan daromad va zahiralar ko’payib borgan. O’q-yoy quroli odamning yolg’iz o’zi hayvonlarni ovlash, jamoadan ajralib hayot kechirishiga imkoniyat yaratadi. Odamlar o’simliklarning ildizlarini iste’mol qilishdan boshoqlarni, mazali mevalarni, iste’mol qilishga o’tadilar. Ular asta sekin it, sigir, qo’y, echki kabi hayvonlarni qo’lga o’rgatish, boshoqli o’simliklar urug’ini erga ekib o’stirish orqali don olish malakalariga ham ega bo’lib boradilar. Mezolit davriga oid mozorlarning tahlili odamlarda diniy e’tiqod shakllanayotganini, u dunyoga ishonganini ko’rsatadi. Machay qabristonida jasad chalqanchasiga yotqizilgani, ustiga qizil rang sepilib, atrofiga tosh taqinchoqlar terib qo’yilgani aniqlangan. Ko’hitong tog’idagi Zarautsoy qoyasidan (hozirgi Surxondaryo viloyati) topilgan suratlar esa tasviriy san’atning vujudga kelganligini ko’rsatadi. Qoyada yovvoyi hayvonlarni ov qilish manzarasi tasvirlangan. Bu manzarada yirik shoxli hayvonlar podasi orqasidan ovchilar o’z itlari bilan ketayotgani, ovchilar esa o’q-yoy bilan, poloxmon toshlar bilan qurollangani tasvirlangan. Boshqa bir qoyada ikki guruh ovchilar buqani o’rab olgani manzarasi tasvirlangan. Zarautsoy qoyalaridagi bu suratlar o’sha davr
rassomlarining fikr doirasini, diniy tasavvurlarni tasviriy san’atda qanchalik darajada aks ettirilganliklari haqida fikr yuritishga asos beradi.

Yüklə 22,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə