Va terrorizmga


O‘zbekiston Respublikasida terrorizm xavfining oldini olish



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/68
tarix23.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#156398
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   68
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning manaviy-marifiy asoslari

O‘zbekiston Respublikasida terrorizm xavfining oldini olish 
masalalari. O‘zbekistonda shakllanayotgan huquqiy demokratik 
davlat va fuqarolik jamiyati o‘ta murakkab va mashaqqatli si­
yosiy jarayonga asoslangan. Bir tomondan, eski sovet tuzumidan 


144
qolgan salbiy meros demokratik o‘zgarishlarga qarshilik ko‘rsat­
sa, ikkinchi tomondan, ayrim siyosiy kuchlar xalqimiz tanlagan 
dunyoviy taraqqiyot yo‘liga rahna solib, uni izdan chiqarish va 
diniy maqomga burib yuborishga harakat qilmoqda. Bu «ayrim 
siyosiy kuchlar» ekstremizm va terrorizmning bevosita ilhomchi­
lari va bajaruvchilari bo‘lib, ular nopok siyosiy maqsadlari yo‘li­
da inson va jamiyatning eng nozik va qaltis tarixiy qadriyati – 
dindan foydalanishga urinmoqda. 
Ayniqsa, 1999­yilning 16­fevralida Toshkent shahrida terro­
ristlar tomonidan uyushtirilgan portlashlardan keyin terrorizm 
muammosi O‘zbekistondagi ijtimoiy­siyosiy hayotga tahdid soluv­
chi asosiy xavf­xatarlardan biriga aylandi. 
Mustaqil davlatimiz qonunchiligida terrorizmga qarshi kurash­
ning asosiy tamoyillari (qonuniylik, inson huquqlari, erkinliklari 
va qonuniy manfaatlari ustuvorligi, jazoning muqarrarligi) bir 
qator normativ­huquqiy hujjatlarda o‘z ifodasini topgan bo‘lib, 
ularning asosiylari quyidagilardir:
1. O‘zbekiston Respublikasining «Terrorizmga qarshi kurash 
to‘g‘risida»gi Qonuni (2000­yil 15­dekabr).
2. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Jinoyat kodeksi 
(2001­yil 18­oktyabrdagi o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan).
3. O‘zbekiston Respublikasining «Jinoyat, jinoyat­protsessual 
kodeksi va ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish 
va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonuni (2001­yil 29­av­
gust).
4. O‘zbekiston Respublikasining «Jinoiy faoliyatdan olingan 
daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga 
qarshi kurash to‘g‘risida»gi Qonuni (2004­yil 26­avgust).
Ushbu huquqiy­me’yoriy hujjatlar orasida O‘zbekiston Res­
publikasining «Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida»gi va «Jinoiy 
faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni 
moliyalashtirishga qarshi kurash to‘g‘risida»gi Qonunlar alohida 
e’tiborga molik. Chunki bu qonunlar tufayli O‘zbekistonda ter­
rorizmga qarshi kurashning normativ, tashkiliy va moddiy­texnik 


145
asoslari yaratildi. Unga ko‘ra, terrorizmni targ‘ibot qilish, ter­
roristik guruh va tashkilotlarni tuzish hamda ularning faoliyati, 
tayyorlanayotgan yoki amalga oshirilgan terroristik jinoyatlarga 
oid ma’lumot va dalillarni yashirish taqiqlanadi.
Terrorizmga qarshi kurash dastavval uni oziqlantiruvchi 
g‘oyaviy­ma’naviy va moliyaviy­iqtisodiy manbalarni zararsizlan­
tirishni taqozo etadi. Shu munosabat bilan 2006­yilning 1­yan­
varidan kuchga kirgan «Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni 
legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash 
to‘g‘risida»gi Qonun jinoiy faoliyatdan olingan daromadni legal­
lashtirish va terrorizmni moliyalashtirish sohasidagi munosabat­
larni tartibga soladi. Ushbu qonunga ko‘ra pul mablag‘lari yoki 
boshqa mol­mulkka oid operatsiyalar ustidan nazoratni amalga 
oshirish vakolati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi­
ga yuklatilgan. Respublika Bosh prokuraturasi huzurida faoli­
yat ko‘rsatayotgan Soliq, valyutaga va jinoiy daromadlarni legal­
lashtirishga qarshi kurashish departamenti zimmasiga moliyaviy 
razvedkaning zamonaviy tizimini yaratish, jinoiy daromad­
larni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishning kanal va 
mexa nizmlarini aniqlashga yo‘naltirilgan moliyaviy, mulkiy ope­
ratsiyalarning monitoringini amalga oshirish, xorijiy davlatlar ning 
vakolatli organlari hamda xalqaro ixtisoslashgan va boshqa tash­
kilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish va axborotlar ayirboshlash 
kabi yangi vazifalar yuklatildi. Chunki bugun diniy shiorlar bilan 
niqoblangan, giyohvand moddalarning noqonuniy savdosidan ke­
layotgan katta­katta mablag‘lar evaziga yashayotgan xalqaro ter­
rorchilik mintaqa xavfsizligiga jiddiy tahdid tug‘dirmoqda. 
Xalqaro valyuta fondining 2006­yildagi ma’lumotlariga 
ko‘ra, dunyoning turli mintaqalaridagi narkokartellar uyushgan 
jinoyatchilik va xalqaro terrorizmni moliyalashtirishga har yili 
500 milliondan to 1,5 milliard dollargacha mablag‘ sarflamoq­
da. Jumladan, so‘nggi 6–8 yilda ro‘y bergan 111 ta mojarolarda 
ishtirok etgan terrorchi guruhlarning narkokartellar bilan moli­
yaviy aloqadorligi Xalqaro valyuta fondi ekspertlari tomonidan 


146
aniqlandi. Mintaqadagi barqarorlikka xavf tug‘dirishda ha mon 
asosiy omil bo‘lib qolayotgan Afg‘onistonda YaIM (yalpi ich­
ki mahsulot)ning 50 foizini giyohvand moddalardan olinayotgan 
daromad tashkil etmoqda.
Respublikamizning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20 yilligiga bag‘ish­
langan tantanali marosimdagi «Inson manfaati, huquq va erkin­
liklarini ta’minlash, hayotimizning yanada erkin va obod 
bo‘lishiga erishish – bizning bosh maqsadimizdir» nomli ma’ru­
zasida bugungi globallashuv sharoitida AYSEF deb atalmish ko­
alitsion qo‘shinlarning 2014­yilgacha va undan keyin qo‘shni 
Afg‘oniston hududidan olib chiqib ketilishi bilan bog‘liq ravishda 
ushbu mamlakat va uning atrofidagi vaziyatning yanada keskin­
lashib, terrorizm, ekstremizm va narkotrafikning kuchayishi xavfi 
borligini, Afg‘onistonda yuz berishi mumkin bo‘lgan keskin holat 
qo‘shni davlatlarda jiddiy xavotir uyg‘otishi muqarrarligini ta’kid­
lab o‘tdilar. Shuningdek, ma’ruzada Yurtboshimiz tomonidan vu­
judga kelayot gan murakkab vaziyatda voqealar ning bunday salbiy 
ravishda rivojlanishining oldini olish uchun BMT rahnamoligida 
Afg‘onistonga qo‘shni mamlakatlar hamda AQSH, NATO, Ros­
siya ishtirokida muloqot guruhini tashkil etish va o‘zaro kurash 
olib borayotgan kuchlar o‘rtasida murosaga erishish hamda koa­
litsion afg‘on hukumatini shakllantirish Afg‘onistonda tinch­
likni qaror toptirish uchun eng munosib yo‘l ekani qayd etildi. 
2012­yilning sentyabr oyida qabul qilingan «O‘zbekiston Respub­
likasining tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘ri­
sida»gi Qonun O‘zbekiston tashqi siyosatida o‘zining uzoq mud­
datli milliy manfaatlarini ko‘zlagan asosiy tamoyillarni namoyon 
qiladi. Ushbu konsepsiya davlatimizning xalqaro maydondagi aso­
siy tamoyillari, strategik ustuvor yo‘nalishlarini belgilab beradi va 
O‘zbekiston tomonidan mamlakatimiz mustaqilligining birinchi 
yillaridan boshlab amalga oshirilayotgan strategiyaning mantiqiy 
davomidir. Bu O‘zbekistonning qo‘shni Afg‘oniston bilan muno­
sabatlarida ham o‘z aksini topgan.


147
«Bugungi kunda, insoniyat qo‘lida mavjud bo‘lgan qurol-ya-
rog‘lar Yer kurrasini bir necha bor yakson qilishga yetadi. Buni 
hammamiz yaxshi anglaymiz. Lekin hozirgi zamondagi eng katta 
xavf – insonlarning ongi va qalbini egallash uchun uzluksiz da-
vom etayotgan maf kuraviy kurashdir. Endilikda yadro maydon-
larida emas, mafkura maydonlarida bo‘layotgan kurashlar ko‘p 
narsani hal qiladi. Bu achchiq haqiqatni hech qachon unutmas-
lik lozim».
Islom Karimov
Demak, mafkuraviy kurashlardan qat’i nazar, tashqi siyosat­
da ochiq­oydinlik tamoyili O‘zbekistonga qisqa muddat ichida 
ikki taraflama keng tashqi aloqalar o‘rnatish imkonini berdi. 
Yevroosiyo iqtisodiy va madaniy ko‘prigining barpo etilgan­
ligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi hamkorlikning 
kengayib borayotganligi mamlakat tashqi siyosatining strate­
gik istiqbolidir. O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosati 
davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bi­
lan tahdid qilmaslik, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, bosh­
qa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik kabi xalqaro 
huquqning umume’tirof etilgan boshqa qoidalari va normala­
riga asoslanadi.

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə