Va terrorizmga


O‘zbekistonning terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/68
tarix23.12.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#156398
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   68
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning manaviy-marifiy asoslari

O‘zbekistonning terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro 
tuzilma va tashkilotlardagi ishtiroki. O‘zbekistonning xalqaro ter­
rorizmga qarshi kurashdagi ishtiroki mintaqaviy tashkilotlardagi 
faoliyatida ham yorqin namoyon bo‘lmoqda. Xalqaro siyosatning 
asosiy subyektlariga davlatlar tomonidan tuzilgan xalqaro­siyosiy 
yoki harbiy­siyosiy tashkilotlar ham kiradi. Ular qatoriga Bir­
lashgan Millatlar Tashkiloti (BMT), Janubi­sharqiy Osiyo dav­
latlari assotsiatsiyasi (ASEAN), Yevropa Ittifoqi, Arab mam­
lakatlari ligasi (AML), Amerika davlatlari tashkiloti (ADT), 


141
Afrika birligi tashkiloti (ABT), Yevropada xavfsizlik va hamkor­
lik tashkiloti (YeXHT), Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH), 
Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT), Islom Hamkorlik Tash­
kiloti (IHT) kabi bir qator mintaqaviy tashkilotlar doirasida qa­
bul qilingan eks tremizm va terrorizmga qarshi kurashga qaratil­
gan shartnoma larni bajarishda faol qatnashib kelmoqda. Zero, 
O‘zbekiston Respublikasining ushbu shartnomalarda qatnashishi 
uning ichki va tashqi siyosatining mantiqiy davomidir. 
Terrorizmga qarshi kurash, uni bartaraf etish masalalariga oid 
siyosiy­huquqiy hujjatlar nafaqat BMT doirasida, balki Musta­
qil Davlatlar Hamdo‘stligi, YeXHT, Shanxay hamkorlik tashkilo­
ti kabi tuzilmalar a’zolari bo‘lgan davlatlar o‘rtasida ham im­
zolangan. MDH a’zolari tomonidan 1999­yilning 4­iyunida 
imzolangan «Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risidagi shartnoma» 
O‘zbekiston MDHdagi aksilterror markazi ishida ham faol qatna­
shayotganidan dalolat beradi.
Shanxay hamkorlik tashkiloti tomonidan 2001­yil 15­iyunda 
«Terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurash» Konven­
siyasi qabul qilindi. Mazkur konvensiya nisbatan qisqa muddatda 
tashkilotga a’zo barcha mamlakatlar, jumladan O‘zbekiston par­
lamenti tomonidan ratifikatsiya qilindi. O‘zbekiston ekstremistik 
guruhlarga qarshi kurashda mazkur konvensiyaning 1­moddasi­
da «ekstremizm» tushunchasiga berilgan ta’rif va undan kelib chi­
qadigan me’yorlarni asos qilib olganini alohida ta’kidlash o‘rinli. 
2002­yil 7­iyunda Shanxay hamkorlik tashkiloti a’zolari 
o‘rtasida imzolangan kelishuv va boshqa hujjatlarda terrorizm, 
separatizm va ekstremizmning xalqaro tinchlik va xavfsizlikka, 
davlatlararo do‘stona munosabatlarga hamda insonning aso 
siy 
huquq va erkinliklarini ta’minlashga xavf solayotganligi, shu ning 
uchun barcha tinchliksevar kuchlarning unga qarshi kurashda 
hamkorlik qilishi zarur ekanligi qayd etilgan. 
2004­yil iyunida Shanxay hamkorlik tashkilotining Toshkent­
da bo‘lib o‘tgan Sammitida xavfsizlikka tahdidlar masalasida ya­
gona yondashuv va qarash, yuqori malakali mutaxassislar tayyor­


142
lash, maxsus xizmatlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar 
o‘rtasida mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xalqaro miq­
yosdagi yetakchi aksilterror markazlari (BMT, Interpol, ASEAN) 
bilan konstruktiv hamkorlik qilish Mintaqaviy aksilterror tuzil­
masining faoliyatidagi o‘ziga xos prinsipial jihatlar ekanligi yana 
bir bor qayd etildi. Shuningdek, Mintaqaviy aksilterror tuzilma­
si terrorchilik, ayirmachilik va ekstremizmning barcha ko‘rinish­
lari hamda xalqaro jinoiy faoliyatni moliyaviy ta’minlab turgan 
narkotrafikka qarshi izchil kurashish borasida mintaqa mam­
lakatlariga ko‘maklashishi zarur.
Shanxay hamkorlik tashkiloti faoliyatida «uch yovuz 
kuch», ya’ni «terrorchilik», «ayirmachilik» (separatizm) va 
«ekstremizm» 
ga qarshi kurashda hamkorlikni rivojlantirish 
alohida o‘rin tutadi. 2004­yil 1­yanvaridan boshlab, Toshkent­
da ShHTning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi faoliyat yurit­
moqda. Bu tuzilma faoliyati tufayli 2005­yilning o‘zida ko‘plab 
sodir etilishi mumkin bo‘lgan terrorchilik harakatlarining oldi 
olinganligi ma’lum.
Xususan, 2005­yilning iyul oyida tashkilotning Shanxay 
shahrida bo‘lib o‘tgan sammitida unga a’zo davlatlar rahbarlari 
tomonidan bir qator hujjatlar imzolandi. Xalqaro axborot xavf­
sizligi to‘g‘risidagi bayonot; terrorchilik, separatizm va ekstre­
mizmga qarshi kurash bo‘yicha 2007–2009­yillarga mo‘ljallangan 
hamkorlik dasturiga doir qaror; ShHT mamlakatlari hududida 
qo‘shma aksilterror mashqlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi bi­
tim; a’zo davlatlar hududiga terrorchilik, ayirmachilik va eks­
tremistik faoliyatga aloqador kishilar kirib kelishini aniqlash va 
bunday yo‘llarni to‘sib qo‘yish borasidagi hamkorlik to‘g‘risida­
gi bitim shular jumlasidandir. Bundan tashqari ShHT doirasida 
2020­yilgacha bo‘lgan davrda savdo­iqtisodiy hamkorlikni ko‘zda 
tutuvchi dastur qabul qilingan. Shuningdek, ShHTga a’zo mam­
lakatlarning huquqni muhofaza qiluvchi idoralari, jumladan ich­
ki ishlar organlarining terrorchilik, separatizm, ekstremizmga va 


143
giyohvandlikka qarshi birgalikda harakat qilishi, bu borada o‘za­
ro axborot almashishi yaxshi samara bermoqda. 
Shuning bilan birga, O‘zbekiston Islom hamkorlik tashkilotiga 
1994­yildan a’zo bo‘lgan. Mazkur tashkilotning maqsadi musul­
monlar birdamligini mustahkamlashga ko‘maklashish, siyosiy, 
iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ilmiy sohalarda hamkorlik qilish­
dan iborat. Shuningdek, irqiy kamsitishlarga, kolonializmning 
barcha shakllariga chek qo‘yish, xalqaro tinchlik va xavfsizlikni 
ta’minlashga oqilona yondashish, tashkilotga a’zo mamlakatlar 
orasida va boshqa mamlakatlar bilan o‘zaro kelishuv, hamkorlikni 
rag‘batlantirish IHT faoliyatida muhim o‘rin tutadi.
O‘zbekistonning yuqorida qayd etib o‘tilgan mintaqaviy tash­
kilotlar ishidagi faol ishtiroki, tashabbuslari va takliflari glo bal 
xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda O‘zbekistonning tut­
gan o‘rni muhim ekanini yana bir bor tasdiqlaydi. Jumladan
2010­yil sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining «Mingyil­
lik rivojla nish maqsadlari» bo‘yicha oliy darajadagi yalpi majlisida 
Bi rinchi Prezidentimiz Islom Karimov nutq so‘zladi. Unda terro­
rizm, ekstremizm, ayirmachilik va narkotrafikka qarshi birgalik­
da kura shish hamda Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish 
mavzusiga ham alohida to‘xtalib o‘tdi. Bu xalqaro tashkilotlar bi­
lan samarali hamkorlik kelgusida ham O‘zbekiston tashqi siyosa­
tining ustuvor yo‘nalishlaridan bo‘lib qolaveradi.
«Biz xalqimizning xohish-irodasi bilan tanlangan o‘z yo‘limiz-
da qat’iymiz: ya’ni O‘zbekiston aqidaparastlikning – u xoh diniy, 
xoh kommunistik shaklda bo‘lsin – har qanday ko‘rinishlariga qar-
shimiz».
Islom Karimov

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə