Valyuta-moliya munosabatlarining globallashuvi va uning rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotiga ta’siri



Yüklə 58,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix22.03.2024
ölçüsü58,63 Kb.
#182065
  1   2
valyuta-moliya-munosabatlarining-globallashuvi-va-uning-rivojlanayotgan-mamlakatlar-iqtisodiyotiga-ta-siri



Valyuta-moliya munosabatlarining globallashuvi va uning 
rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotiga ta’siri 
Madina Odiljon qizi Yusufova 
Akbar Aqmirzaevich Shernayev 
Toshkent moliya instituti 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlaridagi 
ishtirokini kuchaytirish va tartibga solish muammolari, valyuta kurslari va 
O’zbekiston valyuta siyosatining o’ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan va Valyuta-
moliya munosabatlarining rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotiga ta’sirini 
samarali foydalanish bo’yicha takliflar berilgan.
Kalit so’zlar:
Valyuta kursi, valyuta bozori, valyuta siyosati, revalvatsiya, to’lov 
balansi, devalvatsiya, rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti, valyuta-moliya 
munosabatlarining globallashuvi, valyuta cheklovlari. 
Globalization of monetary and financial relations and its 
impact on the economy of developing countries 
Madina Odiljon kizi Yusufova 
Akbar Akmirzaevich Shernayev 
Tashkent Financial Institute 
Abstract:
This article analyzes the problems of strengthening participation in 
international economic integration processes and regulation, exchange rates and 
specific features of Uzbekistan's foreign exchange policy, and offers suggestions for 
effective use of the influence of currency-financial relations on the economy of 
developing countries. 
Keywords:
Exchange rate, foreign exchange market, foreign exchange policy, 
revaluation, balance of payments, devaluation, economy of developing countries, 
globalization of currency-financial relations, currency restrictions. 
So’nggi yillarda globallashuv jarayoni dunyo taraqqiyotining istiqboldagi rivojini 
belgilab beruvchi asosiy omillardan biriga aylandi. Bugungi kunda har qanday davlat 
o’zining tashqi va ichki siyosatini belgilashda bevosita ushbu jarayonning namoyon 
bo’lishi va u keltirib chiqarayotgan oqibatlarni inobatga olishga majbur bo’lmoqda. 
Barchaga ma’lumki, pul iqtisodiyotning asosiy dastaklaridan biri hisoblanadi va 
ma’lum ma’noda iqtisodiyotni boshqarib turuvchi kuchlardan biri sanaladi. Shu 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848 (SJIF)
January 2023 / Volume 4 Issue 1
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
965


sababli, uni nazorat qilish va tartibga solish har bir mamlakatning iqtisodiyotiga 
bevosita ta’sir ko’rsatadi. 
Shu jihatdan, valyuta siyosati valyutani tartibga solishning muhim usuli va 
omilidir. Valuta siyosati monetar siyosatning tarkibiy qismi hamda davlatning 
iqtisodiyotni tartibga solish siyosatining asosiy yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu 
sababli, mamlakatda inflyatsion jarayonlarning chuqurlashishiga yo‘l qo‘ymaslik, 
iqtisodiyotning pul mablag‘lariga bo‘lgan talabini qondirish, aholi va xo‘jalik 
yurituvchi subyektlarning kredit institutlarining kreditlaridan foydalanish darajasini 
oshirish, milliy valyuta kurslarining barqarorligini ta’minlashda valyuta siyosati 
muhim o‘rin tutadi. Buning sababi shundaki, majburiy zaxira siyosati tijorat 
banklarining kreditlash salohiyatiga, shu jumladan, uzoq muddatli kreditlar berish 
salohiyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan monetar instrument hisoblanadi. 
Ma’lumki, tashqi iqtisodiy faoliyat milliy iqtisodiyot rivojlanishining muhim 
vositasi bo’lib hisoblanadi. U mamlakatning jahon hamjamiyatiga bo’lgan aloqasini 
ifodalab, uning istiqbolini belgilab beradi. Eksport salohiyatini oshirish orqali 
mamlakat ichida ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarishning rivojlanishiga erishiladi. 
Mamlakat eksporti hamda importining qiymati o’rtasidagi farq, ya’ni saldo tashqi 
iqtisodiy faoliyat samaradorligining muhim iqtisodiy ko’rsatkichi bo’lib hisoblanadi. 
Ushbu ko’rsatkich milliy daromad darajasiga ko’p tomonlama ta’sir etadi. Sababi, 
import va eksport hajmidagi sezilarli o’zgarish ham mamlakatdagi daromad, bandlik 
va narx darajalarida muayyan tebranishlarni keltirib chiqarishi mumkin. Keyingi 
yillarda mamlakatimizda keskin raqobatlashuv sharoitida ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotlarning jahon va mintaqaviy bozorlarda xaridorgir bo’lishi va mustahkam 
o’rin egallashi uchun bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hozirgi kunda mamlakatimizda importning o’rnini qoplash va eksportga 
yunaltirilgan ishlab chiqarishni qo’llab-kuvvatlash dasturi amalga oshirilmokda. 
Mazkur dasturning maqsadi, mavjud resurs va ishlab chiqarish salohiyatidan imkon 
boricha to’liq va samarali foydalanish hamda uni rivojlantirish asosida eksport 
hajmining barqaror o’sishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishdir.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish uchun xorijiy sarmoyalarni 
ustuvor yo’nalishlarga keng jalb qilish, ularga kafolat va imkoniyatlar berish, 
litsenziyalar, nou-xaular sotib olishga qaratilgan izchil siyosat olib borilmokda. 
Tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish va rivojlantirishda qo’yidagilarni 
ustuvor yo’nalishlar sifatida keltirish mumkin: 

Respublikaning eksport qudratini rivojlantirish va yanada mustahkamlash, 
eksportga yo’naltirilgan iqtisodiyotni shakllantirish; 

eksport imkoniyatlarini kengaytirish, jahon bozorlariga kirib borish uchun, 
avvalo, qimmatbaho xomashyoni qayta ishlash negizida tayyor mahsulot ishlab 
chiqaruvchi qo’shma korxonalarni rivojlantirish zarur. Eksportni kengaytirishga 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848 (SJIF)
January 2023 / Volume 4 Issue 1
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
966


qaratilgan strategiyani faol qo’llash bilan bir qatorda importning salmog’ini 
qisqartirishga qaratilgan siyosatni izchillik bilan o’tkazish, o’zimiz ishlab 
chiqarishimiz mumkin bo’lgan tovarlar va maxsulotlarning chetdan keltirilishini 
oqilona darajada kamaytirib borish talab qilinadi; 

tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish, xo’jalik ishlarini yurituvchi 
sub’ektlarga xorijiy sheriklar bilan bevosita aloqalar o’rnatishda, o’z maxsulotini chet 
ellarda sotishda ko’proq erkinliklar berish, tovarlani eksport va import qilishda 
birmuncha imtiyozli tartibni joriy qilish borasida aniq maqsadni ko’zlab siyosat 
o’tkazish; 

xorijiy investitsiyalar jalb qilish orqali amalga oshirilayotgan sanoat 
loyihalarning bir-biriga bog’liqligini ta’minlash, ular o’rtasidagi o’zaro iqtisodiy va 
ishlab chiqarish hamkorlik va infratuzilmani rivojlantirish va bu orqali import o’rnini 
bosuvchi va eksportga mo’ljallangan tayyor mahsulot ishlab chiqarish va etishtirishga 
erishish; 

olib borilayotgan islohotlarda hududiy diversifikatsiya siyosatini yanada 
kuchaytirish, nafaqat markaziy xududlarda balki chekka tumanlarda ham yirik sanoat 
ob’ektlarini qurishni keng yo’lga qo’yish; 

tashqi iqtisodiy faoliyat tarkibiy qismlari majmuini ixtisoslashtirilgan tashqi 
savdo, lizing, konsalting va sug’urta firmalari, tashqi aloqalarni rivojlantirish 
manfaatlari va shartlariga mos keladigan transport, aloqa va kommunikatsiyalar 
tizimlarini vujudga keltirish;. 

xalqaro xuquq va tashqi iqtisodiy faoliyat, bank tizimi, hisob-kitob va statistik 
hisob sohasida malakali kadrlar tayyorlashni tashkil qilish.
Shuningdek, mamlakatimizda islom moliyaviy xizmatlarini joriy etish bo’yicha 
huquqiy bazani yaratish vaqti-soati keldi. Bunga Islom taraqqiyot banki va boshqa 
xalqaro moliya tashkilotlari ekspertlari jalb etiladi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev 
2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida “... nima uchun 
bizga iqtisodiy integratsiya kerak! Bizning tashqi savdoga chiqadigan yuklarimizning 
80 foizi Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiyaning tranzit yo‘laklari orqali o‘tadi. 
Shuningdek, tayyor mahsulotlarimiz eksportining 50 foizi, ayrim tovarlar bo‘yicha esa 
80 foizi Rossiya, Qog‘og‘iston, Qirg‘iziston hissasiga to‘g‘ri keladi. Ana shu omillarni 
inobatga olib hamda Rossiya va Qozog‘istonga ishlash uchun borgan fuqarolarimizga 
qulay shart-sharoit yaratish maqsadida bugungi kunda O‘zbekistonnning Yevroosiyo 
iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlik qilish bilan bog‘liq masalalar o‘rganilmoqda. Biz, 
albatta, ushbu jiddiy masalada, eng avvalo, xalqimizning manfaatlaridan kelib chiqib, 
uning xohish-irodasiga tayanamiz. Shuning uchun xalq vakillari bo‘lgan deputat va 
senatorlarimiz parlament palatalarida mazkur masalani atroflicha muhokama qilib, o‘z 
zimmalariga mas’uliyatni olgan holda, asoslangan xulosalarini aytishlari kerak”, deb 
ta’kidlab o‘tgan edilar. Siyosiy globallashuv davlatlarning siyosiy tuzilishini, xalqlar 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848 (SJIF)
January 2023 / Volume 4 Issue 1
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
967


va mintaqalar o’rtasidagi siyosiy aloqalarning kengayishini, o’zaro bog’liqligini 
ifodalaydi va oxir-oqibat, ularning unifikasiyalashuviga olib keladi. Bunda o’ziga xos 
siyosiy munosabatlar - ko’lamiga ko’ra global va barcha davlatlarning ichki tuzilishi 
bir tarmoqqa ulanib ketishi kuzatiladi. 

jahon siyosiy sahnasida transmilliy korporasiyalar, nodavlat hamda xalqaro 
tashkilotlar, xalqaro kapital kabi yangi qudratli siyosiy sub’ektlar shakllanmoqda. Ular 
siyosatning an’anaviy sub’ekti - milliy davlatchilik suverenitetining ikkinchi darajaga 
tushib qolishiga sabab bo’ladi; 

globallashuv xalqaro huquq asoslariga sezilarli ravishda ta’sir etayapti. Bu esa 
davlatlarning o’z hududida huquqiy suverenitetidan qisman ayrilishiga olib kelmoqda. 
Natijada milliy davlatlarning nafaqat tashqi, balki ichki siyosiy masalalarini mustaqil 
echish imkoniyatlari chegaralanmoqda. Ma’lum bir davlatning ichki siyosatini tashkil 
etadigan muammo (ichki ixtilof, siyosiy kurash, saylov jarayonlari va boshqalar) 
bugungi kunga kelib, global ahamiyat kasb etib, boshqa davlatlarning manfaatlariga 
ham daxldor bo’lib qolmoqda; 

kishilar ongida davlatchilik suvereniteti asosini tashkil etuvchi hududiy omil 
globallashuv samarasi o’laroq, o’zining an’anaviy ahamiyatini yo’qotmoqda va tabiiy 
ravishda davlat hokimiyati mavqeiga ham putur etmoqda. Boshqacha aytganda, milliy 
chegaralar tobora shaffoflashib, "yuvilib" ketmoqda; 

butun dunyo bo’ylab bir qator G’arb davlatlari rahnamoligida 
"demokratiyalashuv" jarayoni jadallashmoqda va buning natijasida ayrim 
mamlakatlarning o’ziga xos demokratik taraqqiyotiga chetdan kuchli ta’sir 
o’tkazilayapti. Ya’ni bu jarayondan o’z manfaatlari yo’lida foydalanishga urinayotgan 
globalizm g’oyasi asoschilari boshqa mamlakatlarning siyosiy boshqaruv tizimini o’z 
qo’llariga olishga urinmoqdalar. Masalan, Afrika va Osiyo mintaqalaridagi bir qator 
davlatlarda 2009-2013 yillarda yuz bergan "inqilob"lar siyosiy globallashuv mahsuli 
bo’lib, ushbu jarayon asoratlarining qanchalar xavfli ekanligidan darak beradi. 
Ushbu siyosatga qarama-qarshi vosita sifatida jarima, ta`sir o'tkazish bosimi, 
kredit berish imkoniyatini to'xtatish, xalqaro tashkilotlar a`zoligidan chiqarish kabi 
ta`sir etishning amaliy vositalari xizmat qilishi mumkin. Milliy iqtisodiy xavfsizlik - 
bu mamlakat takror ishlab chiqarish jarayoniga xavf soluvchi, aholi turmush 
darajasining pasayishi hamda ijtimoiy to'qnashuvlarning yuzaga kelishiga olib 
keluvchi ichki va tashqi salbiy oqibatlardan milliy iqtisodiyotning himoyalanganlik 
darajasidir. 
Milliy iqtisodiy xavfsizlik mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi, iqtisodiy 
salohiyati, milliy boylik hajmi, resurslar bilan ta`minlanganligiga bog'liq. Jahonda 
iqtisodiy havfsizlikning nisbiy miqdoriy ko'rsatkichlaridan foydalaniladi. Masalan, 
agar oziq-ovqat va boshqa tovarlar importi jami importning 20% idan oshib ketsa, 
ushbu holat milliy iqtisodiy havfsizlikka salbiy ta`sir ko'rsatadi va uning tarkibini 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848 (SJIF)
January 2023 / Volume 4 Issue 1
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
968


uzgartirish bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish lozim bo'ladi. Demak, xo'jalik 
hayotining baynalmilallashuv jarayoni xalqaro va milliy iqtisodiy havfsizlikni saqlab 
turish hamda qo'llab-quvvatlash jarayonidagina rivojlanishi mumkin. Globallashuv 
dunyodagi barcha mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish sur’atlari va yo’nalishlariga 
sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Bu ishchi kuchidan foydlalanish, tovar ishlab chiqarish va 
xizmtlar ko’rsatish, inson omiliga kapital sarflash sohalarini keng qamrab oladi, 
natijada ishlab chiqarish samaradorligi oshadi, mehnat unumdorligi o’sadi, 
raqobatning keskinlashish tendensiyalari kuchayadi. Globallashuv jarayonida Ilgari 
shakllangan integratsion birlashmalar faoliyati takomillashgan bo’lib, undan tashqari 
yangi tuzilmalar paydo bo’ldi. Agar YEVROPA ITTIFOQI, NAFTA, OPEK, MDH, 
BRIK, BRIKS kabi integratsion tashkilotlar faoliyati kemgaygan yoki chuqurlashgan 
bo’lsa, JAHON BANKI, OSIYO TIKLANISH VA TARAQQIYOT BANKI, 
XALQARO 
MOLIYA 
KORPORATSIYALARI 
kabi 
xalqaro 
iqtisodiy 
tashkilotlarning funksiyalari kengaydi, ularning milliy iqtisodiyotlar rivojlanishidagi 
roli ortdi. 
Tashqi iqtisodiy faoliyatning mazkur yo’nalishlarini izchil tarzda amalga oshirish 
orqali mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish mamlakatimiz iqtisodiyotining jahon 
iqtisodiy hamjamiyatida munosib o’rin egallashiga imkon beradi. Jahon 
iqtisodiyotidagi globallashuv jarayoni ob’yektiv tarixiy jarayon bo‘lib, o‘zining ijobiy 
va salbiy jihatlariga egadir. Uning ijobiy jihatlaridan xalqaro moliya bozorlari va 
valyuta munosabatlarini tartibga solish jarayonida oqilona foydalanish kapitallar, 
valyutalar va tovarlar harakati ko‘lamining kengayishiga muhim zamin yaratadi. 

Yüklə 58,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə