Vazifalari


Bronlashtirish tizimlari. Amadeus bronlashtirish tizimi. Galileo bronlashtirish tizimi. Worldspan bronlashtirish tizimi. Sabre bronlashtirish



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə95/107
tarix29.11.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#142320
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   107
07 Turizm&Servis Kaf 17 MEHMONXONA XO\'JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING

Bronlashtirish tizimlari. Amadeus bronlashtirish tizimi. Galileo bronlashtirish tizimi. Worldspan bronlashtirish tizimi. Sabre bronlashtirish


tizimi
Bronlashtirishning hozirgi zamon kompyuter tizimi – KSB (Computer Reservation System - CRS) ga XX asrning 1950 yillar oxiri va 1960 yillar boshlarida asos solingandi. Xuddi o‘sha paytda avia tashishlar nufuzi oshishi aviakoipaniyalarga ulkan rezervlashtirish markazlarini yaratish zaruratini tug‘dirdi. Ularning vazifasi turistik agentlar, mijozlardan pochta, telefon, telegraf orqali joyni bronlashga tushayotgan buyurtmalarni qo‘lda ishlash edi. G‘oyat kattaligi va ishlovchi xodimlar sonining ko‘pligiga qaramay, o‘tgan biroz vaqt ichida rezervlashtirish bo‘yicha markazlar ortib borayotgan axborot hajmni uddalay olmay qoldilar. Bu esa KSB ishlanamalarining boshlanishiga to‘rtki berdi.
Axborotlar ishlab chiqish va taqsimlashda uni uzatish va ko‘paytirish, ishonchligini ta’minlash (shu jumladan, sayohatlar uchun ma’lumotnomalar, prays- varaqlar, biletlar, rezervlashtirish to‘g‘risida axborotlar) ancha qimmat turadi. Negaki
xato ham juda qimmatga tushadi, AQSHda ayrim kompaniyalar hali o‘tgan asrning
1960 yillaridayoq o‘z xususiy kompyuter tizimlarini ishlab chiqqandilar. Keyinchalik ayrim firmalarni ular birlashtirishga o‘rinishlari muvaffaqitsizlikka uchradi (1961 yil

  • «DEL TAMATIC» “Delta”, “PANA-MAC”, «Pan Am»firmalari), ikki Amerika kompaniyalari «American Airlenes» va “United Airlines” bir – biridan mustaqil yuqori unumli, raqobatbardosh rezervlashtirish tizimlari yaratdilar.

Bu tizimlarning paydo bo‘lishi bilan agentlar sanoqli sekundlar ichida rezervlashtirishni tasdiqlashni amalga oshirish imkoniga ega bo‘ldilar. Qiymati va usullarining mustahkamligi nuqtai nazaridan aviabiletlarni rezervlashtirish tizimi asosida zarur barcha xarajatlarni shakllantirishda inqilob yasalganda, tizim muvoffaqiyatlari ham ulkan edi.
Xodimlar sonini qisqartirish, taklif etilayotgan xizmatlar hajmining ko‘payishi, tannarxni va xizmat ko‘rsatish vaqtining kamayishi oqilona samarasi bilan bir qatorda ko‘rsatilgan tizimlar aviakompaniyalar marketing strategiyasini amalga oshirishni ta’minlash imkonini berdi. Jumladan, narx belgilash qismida, avialaynerlar yuklanishi va daromad olishida, buyurtmachini xabardor qilishda qulayliklar paydo bo‘ldi.
Avialiniyalar soni ko‘payishi bilan 1970-yillar ikkinchi yarimida samolyotlar aviatashishlar hajmi o‘sdi. KSB haqli aviabiletlarni, rezervlashtirishda operatsiyalarni amalga oshiruvchi asosiy vosita bo‘lib qoldi. Faqat ichki avialinilarda 95 % buyurtmalar beshta asosiy tizim orqali o‘tadi, ulardan «Sabre» va “Apollo” ga 75 % gacha to‘g‘ri keladi. “United Airlines” va “Amercan Airlines” kompaniyalarining o‘zlari esa faqat 30 % aviatashishni ta’minladilar.
Bronlashtirishning kompyuter tizim taraqqiyoti yo‘lida birinchi qadam aviakompaniyalarning o‘zlarini idoralarida terminallar o‘rnatilishi bo‘ldi. Bu aviakompaniyalar xodimlari ish samaradorligi va sifatini keskin oshirish imkonini berdi. Telefon qo‘ng‘iroqlari va telegrammalar orqali turistik agentlar va jismoniy shaxslar tomonidan bronlashga berilayotgan buyurtmalar sonini kamaytirmasdan tez va aniq ishlashga sharoit yaratdi. Aviakompaniyalar tomonidan navbatdagi qadam bir necha yil keyin qo‘yiladi, ya’ni yirik turistik agentliklarda bronlashtirishning
terminllarini o‘rnatish boshlandi. Bronlashtirishning yangi texnologiyasi
samaradorligini tez anlagan turistik agentlar aviakompaniyalardan bronlashtirish tizimida taqdim etilgan axborotlar miqyosini sezilarli ko‘paytirishni qat’iy turib talab qila boshladilar.
O‘z taraqqiyoti boshlanishida Yevropa bronlashtirish tizimida afazlligini ko‘rsatgan «Amadeus» keyinchalik o‘ziga xos tarzda amerika bozoriga yorib kirdi va bronlashtirishning “Sustem One” kompyuter tizimi bilan qurollanish unga ana shunday imkoniyat eshigini ochdi.
«Amadeus» tizimi Yevropa va Janubiy Amerikadada so‘zsiz etakchi sifatida amerika bozorida, shuningdek Afrika va Osiyo mamlakatlarida mustahkam o‘rinni egallaydi. Turistik agentliklarning ko‘proq terminallar soni va aviakompaniyalarini aviabiletlar sotish idoralari (225 549) «Amadeus» tizimiga ulangan. Rossiyada
«Amadeus»ga 1000 dan ko‘proq terminallar ulangan. Ular Moskva, Sankt – Peterburg va yana 30 ta Rossiya shaharlaridan 600 dan ortiq agentliklar idoralarida joylashgan. Tizimni boshqaruv tarkibi shtat-kvartira (Madrid Ispaniya), barcha axborotlarni qayta ishlash bo‘yicha texnologik markaz (Erding, Germaniya) va tizim taraqqiyoti bo‘yicha markaz (Fransiya) larni o‘z ichiga olgan. Madriddagi bosh idora kommunikatsiya markazi hisoblanadi va umumiy marketing strtegiyasi, korporativ va moliyaviy yo‘nalishlar (350 dan ko‘proq xodimlar)ni belgilaydi. Nitssedagi mahsulotlar taraqqiyoti markazi faoliyati yo‘nalishi marketing mahsulotlari va taraqqiyoti, mijozlarni qo‘llab – quvvatlash va ma’lumotlarsiz xizmat ko‘rsatish bazasi hisoblanadi. Markazda 1100 dan ko‘proq xodimlar ishlaydi. Yevropada eng qudratli hisoblangan bosh kompyuter Myunxen yaqinidagi Erdingda joylashgan. Bu eng yirik xususiy ma’lumotlar bazasi markazi. Bu erda bir sekunda 2500 dan ziyod transaksiya amalga oshirildi. Markazda 900 dan ko‘proq xodim ishlaydi.
«Amadeus» - eng katta tizimlardan biri 36 mln. dan ziyod sayohatchilar kelmasdan turib har kuni undan foydalanishadi va 11 mingga yaqin turagentlar ularga servis taqdim etadi. «Amadeus» nufuzi shandaki, uning mahsulotlari o‘tirish o‘rinlarini rezervlashtirishdan tortib, avtomatik amalga oshirishgacha bo‘lgan hisob- kitoblarini doimiy ravishda axborot tablosida keng aks ettiradi. «Amadeus» orqali
turagentlar so‘rov bilan 100 turoperatorlardan istaganiga – deyarli asosiy
ishtirokchilarning barchasiga murojaat qila oladilar. «Amadeus» turgan joydagi turagentlikka kelgan sayohatchi xizmatlarning to‘liq paketini olishi mumkin. Unga aviauchishni bronlashtirish, mehmonxona, avtomobil prokati kiritilgan. «Amadeus» ularning tipi bo‘yicha to‘liq axborot taqdim etgan holda nomerlar mavjudligini, arzondan tortib qimmat turadigan narxlargacha ko‘rsatadi. Bundan, tashqari tasdiqlangan bronlashtirishni, bronlangan nomer narxi o‘zgarmasligini kafolatlaydi. Ularni agentlik maxsus narxlarida 51 mingdan ko‘proq mehmonxonalarga sotilishini ta’minlaydi.
«Amadeus» firmasi so‘rovi bo‘yicha aloqaning navbatdagi darajasiga o‘tiladi.
«Amadeus» «Thiso» va “Wicom” firmalariga ulangan, ular mehmonxona xizmati ko‘rsatishga ixtisoslashgan, bozorda tez o‘zaro harakatini ta’minlaydilar.
«Amadeus» tizimining bosh vazifasi quyidagilar hisoblanadi:

    • Turistik xizmatlar etkazib beruvchilarga avia temiryo‘l biletlari, otellar, avtomobil prokati va boshqa sotishning ishonchli, samarali xizmatlarini taklif etish; abonentga kuchli boshqaruv va marketing, raqobatbardosh va daromadli usulni taklif qilish; mahalliy va xalqaro etkazib beruvchilarga kirishga ko‘maklashish, faoliyat boshqaruvini ta’minlash va firma moliyaviy ishlarini yuritishda yordam berish.

    • Aviakompaniyalar va turagentlarga bir vaqtning o‘zida ularning idoralaridagi tizimlardan foydalanish imkoniyatini taqdim etish; texnik aloqa vositalari bilan global xizmat ko‘rsatishni ta’minlash va boshqa tizimlar bilan ittifoqini yo‘lga qo‘yish.

«Amadeus» tizimi aviakompaniyalar bilan “Last Stat Av-ailability” rejimida ishlaydi. Barcha transaksiya real vaqt rejimida amalga oshiriladi. «Amadeus Fare Quote» tizimi dunyo bo‘yicha har qanday tarifni topish va shu bo‘yicha bilet yozib berishni kafolatlanadi. Ko‘pincha bronlashtirishning bu tizimi «Ctart Amadeus» deb o‘tkaziladi. Turistik xizmatlarni bronlashtirishning «Ctart» sistemasi «Amadeus» ning sherigi va «Amadeus»dan har qanday foydalanuvchi «Ctart»dan foydalanuvchi hisoblanadi. «Amadeus» orqali aviatashishlar, mehmonxonalar va avtomobillarni ijaraga olishni bronlashtirish amalga oshiriladi, «Ctart» orqali esa boshqa hamma
xizmatlar bron qilinadi. Rossiya va MDH mamlakatlarida «Amadeus» 1993 yilda
paydo bo‘ldi. 1999- yilda mayda firma Aeroflot bilan sherikchilik haqida bitim imzoladi, 1998 «Polet - Sirena» va GAVS bilan hamkorlik ko‘zda tutilayotgan bitim tuzildi.
Bronlashtirishning xalqaro kompyuter tizimi “Galileo Iaternational”, “IheGalileo Company Ltd” kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Bu kompaniyaga 1917 yil iyulda “Brtsh Airways”, “Swissair”, “RLM” va “Covia” aviakopaniyalari tomonidan asos solingan. 1987- yil avgustda ta’sischilarga “Alitalio” va “Austrian Airlines” qo‘shildilar. 1987- yil oktyabrda ta’sischilar tarkibiga “Air Linqus” va “Tap Air Portuqal” kirdilar. 1988- yilda ularga “Sabena” va “Olympic Airuvays” ning qo‘shilishi bilan kompaniya ta’sischilari tarkibini shakllantirish yakunlanadi.
“Galileo” va “Apollo” sistemalari bazalarida dunyodagi barcha bronlashtirishning uchdan bir qismi amalga oshirilayapti.
«Galileo Intepnational» da 3 mingga yaqin menejerlar, dasturchilar va operatorlar band. Ma’lumotlarni ishlash markazi Denverdan uncha uzoq bo‘lmagan Kolorodo shtatida joylashgan. U yilning 365 kuni davomida sutkasiga 24 soat faoliyat ko‘rsatadi, har kuni 200 mln. dan ziyod xabarlarni qayta ishlaydi.
Agar “Amadtus” global GDS bozorida terminallar bo‘yicha birinchi o‘rinni egallasa, tizimi ulangan turagentlar soni bo‘yicha etakchilik so‘zsiz “Galilieo”ga tegishli. Bu tizimi aviakompaniyalar, mehmonxonalar zanjiri, kompaniyalari, avtomobillarni prokatga berish nuqtalari, mehmonxonalar, turoperatorlar, kema guruhlari (kema sayohatini bronlashtirish), safarlarni bronlashtirish imkoniyatlari, teatrlarga biletlar sotish, tariflar haqida axborotlar, obh-havo ma’lumotlari, vizalar, emlashlar, kredit kartalari va boshqalar taqdim etiladi.
“Galilieo” xizmatidan jahonning 107 tadan ko‘p mamlakatlararo turagentlari foydalanadilar. “Galilieo” turfirmalari axborotlarga kirishni ta’minlaydi, yo‘l- yo‘lakay turistik xizmatlar keng turlarini bron qilishga imkon beradi. “Galilieo International” dasturi ishtirokchilari haqida axborot (jadvallar, mavjud o‘ranlar, tariflar va boshqa)lar 100 dan ortiq mamlakatlardagi obunachilarga jo‘natiladi.
“Galilieo” har qanday boshqa taqsimlash tizimi singari, ma’lum vazifalarni
bajarish uchun mo‘ljallangan va ilovada deb atalgan majmua tizimlaridan iborat.
Barcha ilovalar bitta «Muqova»ga birlashtirilgan va “Focalpoint” (“Sita” tarmog‘i orqali ulanishadi) yoki “Fosalpoint Net” (Internet orqali ulanganda) deb ataladi. Funksional va boshqa variantlar imkoniyatlari bir xil o‘xshash ikki ulanish mavjudligi “Galilieo International” ni ham yirik, ham uncha katta bo‘lmagan turfirmalar aloqalariga mo‘ljallanganligi bilan bog‘liqdir.
Global elektron taqsimlash bilan shug‘ullangan “Galilieo” sanoqli yillar ichida butun jahon turistik biznesini bog‘lovchi mezon bo‘g‘iniga aylanadi.
Yaqin yillarda kompaniya o‘z yutuqlarini rivojlantirishni mo‘ljallayapti. Jumladan, katta potensialga ega yangi turistik bozor evaziga bunga erishiladi. Shuningdek u foydalanuvchilar uchun juda qulay, geografik kartada aks ettirilgan, to‘liq grafik interfeyslarni taklif qilmoqda. Bularning barchasi birgalikda jamlanib, o‘zlashtirilishi va foydalanishi oson, noyob dasturni ta’minlashga imkoni beradi.
Bundan tashqari “Galilieo” taklif qiladi:
- Har qanday murakkab havo marshrutlari qiymatini (“Global Faree” ma’lumotlar bazasiga qo‘shilgan narxlarni) jahon narx etakchi tizimida bir kunda uch marta yangilanib turadigan milliarddan ko‘p narx pozitsiyasida tanlab avtomatik tarzda qayta hisoblab beradi. «Eng yaxshi narxlar»ni tanlaydi, yanada «yaxshirog‘i» chiqsa avtomatik ravishda bronlaydi, marshrutlar uchun narxni tez hisoblab beradi, bunda bronsiz, “Private Faree” agentligi bilan bog‘lanib, kelishilgan narxlar bo‘yicha ma’lumotlar bazasidan foydalanadi:

    • mahalliy «Bilet mahsulotlari» chiqarish uchun keng imkoniyatlar (BSP)$

    • mahalliy soliqlarni avtomatik tarzda o‘tkazish;

    • ATV – biletlar va propuskalarni avtomatik yozish;

    • STP – yo‘l-yo‘lakay xujjatlarni yozish;

    • ET – elektron biletlar yaratish;

    • Hujjatlar chiqarish imkoniyati, mijozlarni shaxsiy talablarini to‘liq qondirish (agentliklarga ko‘nikish, alohida ish usuliga odatlanish, xujjatlar shakllarini ochiq tushinib olish, har qanday tildagi so‘rovga javob berish);

    • doimiy mijozlarga yuksak darajada xizmat ko‘rsatish (“Cliet File” va “Trovel Scoreen” dasturi yordamida axborotlar uzatish yuqori tezligini ta’minlash, shuningdek, mijozlarning qo‘shimcha istaklarini avtomatik eslab qolish va uzatish);

    • agentliklarning barcha tiplariga yaroqli (bazaviy terminalga qo‘shilish, agentlikda mavjud elektron tizimiga ulanishga egiluvchan yondoshish, olis stansiyalar bilan aloqani ta’minlash, loyihalarni «kaliti bilan» quvvatlash) usullarni texnik hal qilish va ishbilarmonlik vositalari;

    • doimiy qo‘llab-quvvatlash va joyida o‘qitish (agentlar orqali, boriladigan mamlakat tiliga va tegishli tilga zarur o‘quv qo‘llanmalari, shuningdek Internet orqali);

    • turindustriyaning barcha avtomatlashtirish sohalari bo‘yicha bepul maslahatlar (GDS “Galilieo” ga ulanish amaliyotda paydo bo‘ladigan muammolar yoki hamkorlik shartlari o‘zgarishiga taaluqli bo‘lganda).




    1. Yüklə 1,01 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə