Vazifalari


bob. “MEHMONXONA XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING XALQARO TAJRIBASI” FANINING MAQSADI VA VAZIFALARI



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə2/107
tarix29.11.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#142320
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107
07 Turizm&Servis Kaf 17 MEHMONXONA XO\'JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING

bob. “MEHMONXONA XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING XALQARO TAJRIBASI” FANINING MAQSADI VA VAZIFALARI


  1. Mehmonxona xo‘jaligini rivojlantirishning xalqaro tajribasi” fanining maqsadi va vazifalari. Fanning obyekti va predmeti. Fanning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.
  2. Turizmda joylashtirish vositalarining ahamiyati.


  3. Turizmda mehmonxona xo‘jaligini rivojlantirishda davlat siyosati. Soha rivoji uchun yaratib berilgan shart sharoitlar.
  4. Turizmni rivojlantirishda joylashtirish vositalarining tutgan o‘rni.



    1. Mehmonxona xo‘jaligini rivojlantirishning xalqaro tajribasi” fanining maqsadi va vazifalari. Fanning obyekti va predmeti. Fanning boshqa

fanlar bilan bog‘liqligi


“O‘zbekturizm” Milliy kompaniyasi tugatiladi va uning negizida O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti tomonidan 2-dekabr kuni imzolangan “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonda belgilangan2.
Farmonga ko‘ra, O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi turizm sohasidagi vakolatli davlat organi etib belgilanadi.
Yangi qo‘mita, jumladan, turizm turoperatorlik faoliyatini litsenziyalash va turoperatorlik (turizm mahsulotlari) xizmatlari va mehmonxona xizmatlarini majburiy sertifikatlash, shu jumladan turli tashkiliy-huquqiy shakllardagi mehmonxonalarning (motellarning) tasnifini belgilash bilan ham shug‘ullanadi.
Farmonda belgilanishicha, qo‘mitaning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat hokimiyati va mahalliy boshqaruv organlari, mulkchilik shakllari va idoraviy bo‘ysunishidan qat’iy nazar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Prezident farmoni bilan Vazirlar Mahkamasiga bir hafta muddatda O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilish haqida ko‘rsatma berilgan.
Chakana agentlar bilan bir qatorda tovar o‘tkazish kanalida ulgurjichilar ham muhim rol o‘ynaydi. Bu tijoriy vositachilik korxonalari tovarlar (xizmatlar)ni sotib olish va ularni chakana savdo tarmoqlari orqali sotish bilan shug‘ullanadi. Turizm sohasida ko‘proq ulgurji sotuvchi turoperator hisoblanadi. Unga turistik xizmatlar bozorini shakllantirishda alohida o‘rin ajratiladi.
Qadim-qadimdan xalqlar sayohat, savdo-sotiq qilishni, mehmonga borish va mehmon kutishni xush ko‘rib kelgan. Shu tufayli dunyodagi dastlabki va eng yirik savdo qatnovi – «Buyuk Ipak Yo‘li» barpo etilgan. «Buyuk Ipak Yo‘li» bo‘ylab karvonsaroylar qurilgan, ular hozirgi mehmonxonalar vazifasini o‘tagan va mijozlar talabiga binoan har xil xizmatlar ko‘rsatgan. Keyinchalik har tomonlama jihozlangan va xizmat ko‘rsatish imkoniyati katta bo‘lgan mehmonxonalar ishga tushurila boshlandi.
Bunda transport taraqqiyotidagi inqilobiy o‘zgarishlar. Fulton tomonidan paroxod kashf etilishi (1807), Stefenson tomonidan esa parovoz ixtiro qilinishi (1814), pochta takomillashuvi va Yevropada yo‘llar tarmog‘ining kengayishi mehmonxona-restoran xizmati uchun ixtisoslashgan korxonalar barpo etilishida muhim rol o‘ynadi3. Bularning bari aholi ommaviy ravishda bir joydan ikkinchi joyga qarab harakatlanishining muhim iqtisodiy omillariga aylandi. Bu jarayonning qulayligi sarflanajak xarajatlarni tejagan holda sayohatchilarni tungi qo‘nalg‘a va oziq-ovqat bilan ta’minlash uchun mehmonxona-restoran tarmog‘ida ixtisoslashgan korxonalarni tashkil etishni talab qilgan edi.
Bundan ko‘rinib turibdiki, hozirgi kunda xizmat ko‘rsatishning tarkibiy qismlaridan biri mehmonxona industriyasidir va u jadal sur’atlarda rivojlanib bormoqda. Dunyo turizmida kabi respublikamizda xam turizmni rivojlantirishga katta ahamiyat berayotgan bir vaqtda, mehmonxona xo‘jaliklarida xizmat ko‘rsatish



2 O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Shavkat Mirziyoyеvning O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmoni. 2016- yil 2- dekabr, PF-4861- son.

http://www.cbu.uz/ru/monetarnaya-politika/doklad-o-monetarnoy-politike/ 2015- yildagi makroiqtisodiy holat va real sektor tahlili.



turlarini rivojlantirish bo‘yicha bir qator dasturlar ishlab chiqilgan. Mustaqillik yillaridan boshlab, hukumatimiz turistik mehmonxonalarni jahon andozalari darajasida ta’mirlash va yangi zamonaviy mehmonxonalarni bunyod qilish uchun katta sarmoyalar ajrata boshladi. Hozirgi kunga kelib O‘zbekistonda bir qancha jahon andozalari talablariga javob beradigan mehmonxonalar qurildi. Bu mehmonxonalar respublikamizda iqtisodiy o‘sishni taminlash, yangi ish o‘rinlarini tashkil qilish, bandlik muammosini hal etish, aholining daromadlari va farovonligini oshirishda tobora muhim o‘rin tutayotgan xizmat ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish, rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda. Turistlarga xizmat ko‘rsatishda mehmonxonalar asosiy ahamiyatga ega bo‘lib,xalqaro ekspertlar hisoblariga tayangan holda 2025- yilda mehmonxona biznesi xizmat ko‘rsatishda yirik tarmoqqa aylanishi kutilmoqda. Xizmat ko‘rsatish sohasi hozirda dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari (AQSH, Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy, Ispaniya)ning YAIMda sezilarli ulushni tashkil etmoqda. Bizning respublikamizda ham xizmat ko‘rsatish sohasining iqtisodiy samaradorligini oshirish va uning YAIMdagi ulushini oshirish vazifasi turibdi.
Iqtisodiyotning tarkibiy qismlaridan biri bo‘lgan xizmat ko‘rsatish respublikamizda tezlikda rivojlanmoqda. 2016 -yilda yalpi ichki mahsulot o‘sishining yarmidan ko‘pi xizmat ko‘rsatish sohasi hissasiga to‘g‘ri kelgani bu tarmoqning iqtisodiyotimizdagi o‘rni va ta’siri naqadar katta ekanini ko‘rsatadi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar qatorida turizm va uni rivojlantirish bo‘yicha bir qancha ishlar amalga oshirilishi to‘g‘risida dasturiy rejalar tuzilgan. Ayni paytda, keyingi yillar davomida yalpi ichki mahsulotning mutlaq qiymatlardagi o‘sishi barqaror ravishda yuksalib kelmoqda. Turizm sohasida mehmonxona biznesini rivojlantirish va unda yangi texnologiyalarni qo‘llash zamon talabidan kelib chiqilmoqda. Bu jarayonning amalga oshirilishida mehmonxonalar faoliyatini samarali tashkil qilish, rivojlanishni bozor iqtisodiyoti talablariga moslashtirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bugungi kunda xalqaro turizmda ishtirok etuvchi turistlarga mehmonxonalarda yuqori darajada xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish
birinchi navbatdagi masalaga aylandi.
Har qanday mamlakat xalqaro turizm bozorida mehmonxona xizmatlarini rivojlantirishva boshqarish uchun o‘zining yo‘nalishini tanlab olishi lozim. Bunda mamlakatdagi mavjud mehmonxonalarning imkoniyatlarini reklama qilish, xizmatlarni bozor talabiga muvofiqlashtirib borishi, iqtisodiyotda o‘tkazilayotgan modernizatsiyalash sharoitida mehmonxona xizmatlari bozorinini xalqaro miqyosda tashkil qilish mavzuning dolzarbligidan dalolat beradi.
Mehmonxona xo‘jaligini rivojlantirishning xalqaro tajribasida xizmatlarini rivojlantirish va boshqarish sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan dunyoning etakchi olimlaridan Ashim Gupta, Arturo Cuenllas, S. Kotler P., Bowen J., Makens J., A. Nagy va boshqa ko‘plab olimlar o‘z ilmiy izlanishlarida atroflicha to‘xtalib o‘tishgan. Shuningdek, hamdo‘stlik mamlakatlari olimlaridan Papiryan G.A., Chudnovskiy A.D., Durovich A.P. va boshqa ko‘plab olimlar ilmiy tadqiqotlarida o‘zlarining ilmiy-amaliy fikr-mulohazalarini berganlar. Mamlakatimiz olimlaridan G.Nazarova, Z. Adilova, A. Abduvohidov, N.Abdusalomova, M.Mirzaev, M.Alieva, N.Fayzibaeva, A.Norchaev, Sh.Fayzieva va boshqa ko‘plab olimlar ham o‘zlarining ilmiy takliflari bilan mehmonxona xizmatlarini takomillashtirishborasida izlanishlar olib borganlar.
Fanning maqsadi xalqaro andozalar va tajribalar asosida respublikamizda xalqaro mehmonxonalar tizimini bozorini samarali boshqarishni tashkil etish yo‘nalishlarini ishlab chiqishdan iboratdir.
Bu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar bajarilishi belgilab olingan:

  • xalqaro mehmonxona xizmatlari bozorining vujudga kelishi va boshqaruvning takomillashuvini o‘rganish;

  • xalqaro mehmonxona bozorida boshqarishning yangi tendensiyalarini aniqlash;

  • xalqaro mehmonxona xizmatlariga qo‘yiladigan talablar va turistlarga ko‘rsatilayotgan xizmat turlarini tahlil qilish;

  • xalqaro mehmonxona xizmatlari bozorida qo‘llanilayotgan boshqarishning ommoviy usullarini aniqlash;

  • mehmonxonalar faoliyatini samarali boshqarishda innovatsion strategiyalarni tanlashni ko‘rsatib berish;

  • mehmonxona xizmatlarini amalga oshirishda boshqaruv modullaridan foydalanish samaradorligini ishlab chiqishdan iboratdir4.

Fanda foydalanishda BMTBTT va respublikamizda turizmni rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan qonunlar, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, ishlab chiqilgan yo‘riqnoma va harakat dasturlari hisoblanadi. Jahondagi eng yirik mehmonxonalardagi xizmatlar sifati va boshqaruvi va respublikamizda mehmonxona faoliyati bilan shug‘ullanayotgan tashkilotlar, xalqaro tashkilotlar va xorijiy mehmonxonalar tizimlari va mehmonxonalari hisoblanadi.
Respublikamiz va rivojlangan mamlakatlar iqtisodchi olimlarining hamda mutaxassislarining mehmonxona xizmatlir bozorini xalqaro talablar darajasida tashkil etish va boshqarish borasidagi ilmiy nazariyalarini tahlil etgan holda, hamda butunjahon turistik tashkilotlari materiallaridan foydalangan holda respublikamizdagi mehmonxonalarida xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va bunda xalqaro standartlarga amal qilish yo‘nalishlarini ishlab chiqishdan iboratdir.
Ushbu fanda quyidagilar o‘rganilgan:

  • xalqaro mehmonxona xizmatlari bozorining vujudga kelishi va boshqaruvning takomillashuvi o‘rganilgan;

  • xalqaro mehmonxona bozorida boshqarishning yangi tendensiyalari aniqlangan;

  • xalqaro mehmonxona xizmatlariga qo‘yiladigan talablar va turistlarga ko‘rsatilayotgan xizmat turlari tahlil qilingan;

  • xalqaro mehmonxona xizmatlari bozorida qo‘llanilayotgan boshqarishning ommaviy usullari aniqlangan;

-mehmonxonalar faoliyatini samarali boshqarishda innovatsion strategiyalarni tanlash ko‘rsatib berilgan;




4 Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining
kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. –T.: O‘zbekiston, 2017. – 34 b.

  • mehmonxona xizmatlarini amalga oshirishda boshqaruv modullaridan foydalanish samaradorligi ishlab chiqilgandir.

Fanda berilgan takliflar amaliy jihatdan respublikamizda mehmonxona xizmatlari bozorida erkin raqobatni vujudga keltirish, shuningdek, mehmonxona xizmatlari bozorini samarali boshqarishda o‘zining munosib hissasini qo‘shadi.
Jahon iqtisodiyotida saqlanib qolayotgan murakkab vaziyat va dunyo bozorlarida yuzaga kelgan noqulay konyunkturaga qaramasdan, mamlakatimiz iqtisodiyoti 2017- yilda ham yuqori sur’atlarda o‘sishda davom etdi.
Xususan, 2017- yil yakuni bo‘yicha mamlakatimizda yalpi ichki mahsulot hajmining real o‘sishi 2015- yilga nisbatan 7,8 foizni tashkil etdi. (1.1-jadval)

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə