Vazifalari


Mehmonxonalarda turistlarga xizmat ko‘rsatishning texnologik sxemasi



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə7/107
tarix29.11.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#142320
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   107
07 Turizm&Servis Kaf 17 MEHMONXONA XO\'JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING

Mehmonxonalarda turistlarga xizmat ko‘rsatishning texnologik sxemasi. Mehmonxonada turistlarga xizmat ko‘rsatishning yopiq texnologik sikli quyidagi asosiy xizmatlarni o‘z ichiga oladi:

  1. Qabul qilish va joylashtirish xizmati;

  2. Nomer fondidan foydalanish xizmati;

  3. Tijorat xizmati;

  4. Texnik muxandislik xizmati;

  5. Boshqaruv xizmati.

Bu asosiy xizmatlarni etkazib berish uchun zarur bo‘ladigan ta’minlovchi
xizmatlarning minimal to‘plamidir.

  1. Qabul qilish va joylashtirish xizmati: qabul qilish, ro‘yxatga olish, turistlarni nomerlarga joylashtirish, hisob-kitoblar, joylarni bron qilish va turistlarni uyiga yoki boshqa joyga jo‘natishni ta’minlaydi. Qoida bo‘yicha, xizmatni joylashtirish ishlarini menejer boshqaradi va unga ro‘yxatga olish byurosi, porte, administratorlar, xizmat ko‘rsatish byurosi, shveysarlar, garderobchilar, yuk saqlash kamerasi xodimlari, bron qilish xizmatlari bo‘ysunadilar.

  2. Nomer fondidan foydalanish xizmati yashash va qo‘shimcha binolar ta’miri hamda texnik xizmat ko‘rsatilishini, odam joylashtirishga tayyorlash, tozalash, kosmetik yoki rejali ta’mirlash uchun nomerlarni foydalanishdan chiqarishni ta’minlaydi. Ushbu xizmat menejeri nomer fondiga xizmat ko‘rsatish va ta’minlash guruhini, qavat xizmatchilarini, farroshlarni, konferansiya boshqalarni boshqaradi.

Bron qilish tizimi dunyoning turli shaharlari bilan aloqada bo‘lgan va tarmoqqa birlashtirgan EHM kompleksini o‘z ichiga oladi. Kompleksning asosiy vazifasi quyidagilar:

  • shu mehmonxona buyurtmasi bo‘yicha nomerlarni bron qilish;

  • boshqa mehmonxonalar buyurtmasi bo‘yicha nomerlarni bron qilish;

  • turli transport turlariga chiptalarni bron qilish;

  • boshqa vazifalar.

Ba’zi hollarda bunday tizim asosiy mehmonxonadagi mahalliy (ichki) masalalarni ham echadi:

  • mijozlar bilan avtomatlashtirilgan hisob-kitoblar;

  • nomer fondini rejalashtirish;

  • xodimlar ish haqini hisoblash;

  • moddiy ne’matlarni hisoblash, buxgalteriya hisoboti va boshqalar.

Yirik mehmonxona komplekslari yagona bron qilish tizimlariga ulanadilar. Ularga Sabre, Galileo, Amadeus, Vorldspan kabilar kiradi. Bu bron qilish tizimlari ikki asosiy vazifani bajaradi:

  • mehmonxonalarda nomerlarni band qilish;

  • chiptalarni poezd, teploxod va boshqalar narxlarida bron qilish.

Qo‘shimcha va yordamchi xizmatlar bo‘limi ba’zi hollarda o‘z ekskurssion byurosiga, o‘z xo‘jaligiga, ish, kongress va biznes turlarni ta’minlash bo‘yicha maxsus byurolarga, gid-tarjimonlar, ta’minlangan konferens-zal, kabinet, orgtexnika kabilarga ega bo‘lishi mumkin. Shuningdek bu xizmat tarkibiga quyidagilar ham kiradi:

  • sartaroshxona va kosmetik salonlar;

  • kir yuvish xizmati;

  • atele, tikish va oyoq kiyim ustaxonasi;

  • maishiy xizmatlar ustaxonalari;

  • bolalarga qarash xizmati;

  • tibbiy xizmatlar bo‘limi;

  • kimyoviy tozalash;

  • ijara xizmati;

  • boshqa xizmatlar.

    1. Yüklə 1,01 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə