Vazifalari



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə15/107
tarix29.11.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#142320
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   107
07 Turizm&Servis Kaf 17 MEHMONXONA XO\'JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING

Joylashtirish vositalarining hududdagi turistik destinatsiyalar va resurslarni rivojlantirishdagi o‘rni va roli.
    1. Mehmonxona industriyasi


Mehmonxona industriyasida uning o‘sishi va rivojlanishiga katta ahamiyat kasb etadigan qo‘yilmalar kiritgan ko‘p shaxslar bo‘lgan. Ular orasida eng ko‘p mashhurlardan XIX asr oxirida va XX asr boshlarining industriya asoschilari bo‘lgan Ellsuort Stetler, Konrad Xilton, Ernest Xenderson, Xouard Djonson va Dj. Uillard (Bill) Marriottlar bordir. Shular qatoridan Sezar Rits ismi ham o‘rin egallagan.
Sezar Rits o‘z zamonasining afsonaviy shaxsidir. Mehmonxona industriyasining boshqa asoschilarni ko‘pchiligi kabi u ham eng pastki pog‘onadan boshlagan va jonkuyarlik bilan mehnat qilishi evaziga, mehmonxona biznesini sirlarini juda tez o‘rganib kasbning eng yuqori cho‘qqilariga chiqdi. O‘z ish tajribasini u 15 yoshidan mehmonxona boshqaruvchisining shogirdi sifatida boshlagan. 19 yoshidayoq uning o‘zi Parij restoranchalaridan birini boshqarardi, lekin negadir bu ishni birdaniga tashlab ketdi va mashhur Voisin restoraniga ofitsiant yordamchisi bo‘lib joylashdi. Bu yerda u boy va mashhurlarning didlariga ma’qul bo‘lish sa’natini o‘rgandi. Juda qisqa vaqt ichida u doimiy mijozlar to‘g‘risida hamma narsani eslab qoldi (ular nimani yaxshi ko‘radi va nimani yoqtirmaydi), va ular har doim ularga u xizmat qilishini talab qilardilar.
22 yoshida Rits Lyurensdagi (Shveysariya), o‘zi tufayli shaharni eng orbo‘li mehmonxonasi bo‘lgan Grand National Hotel ning boshqaruvchisi bo‘ladi. Ritsning o‘ziga tortuvchiligi va kashfiyotchiligi eng tanlangan mijozlarni tez jalb qilishga unga imkoniyat berdi. 11yillik muvaffaqiyatli ish faoliyatidan keyin u o‘ziga tortuvchi taklifni–yaqindagina Londonda ochilgan, lekin ishlari hali uncha yaxshi ketmayotgan Savoy Hotel tomonidan tushgan, qabul qilishga tavakkal qildi. Shunday qilib 38
yoshli Sezar Rits dunyodagi eng mashhur feshenebl otellardan birining boshqaruvchisi bo‘ldi.
Va yana bir bor uning o‘ziga tortuvchanligi va qobiliyatlari ommada munosib taassurot qoldirdi. Eng avvalo u o‘z otelini yuqori jamoaning madaniyat markazi qildi. Uning bosh-oshpazi –Agyust Eskofe bilan birga u eng ajoyib Yevropa taomlarini tayyorlay oladigan, shuningdek restoranda shu taomlarga mos keluvchi muhit yarata oladigan jamoani tuzdi. U shunday bir a’nana kiritdi, unga ko‘ra mijozlar faqat kechki liboslarda kelishardi, restoranga eng yaxshi cholg‘u asbobli orkestrlarni taklif qilardi va umuman har xil maxsus jihozlar uchun mablag‘ ayamasdi. Bir kuni u suzib yuruvchi restoran atrofida haqiqiy Venesiyani – neapolitanlarning qo‘shiqlarini kuylovchi gondollari va gondolerlari bilan tashkil qildi.
So‘nggi yillarda mehmondo‘stlik sanoati korxonalarining rivojlanishida ko‘zga tashlangan tendensiyalar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:

  1. Mehmonxona va restoran xizmatlari ixtisoslashuvining chuqurlashishi.

  2. Xalqaro mehmonxona va restoran tarmoqlarining tashkil topishi.

  3. Kichik korxonalar tarmog‘ining rivojlanishi.

  4. Mehmondo‘stlik sanoatiga yangi kompyuter texnologiyalarining joriy etilishi.

So‘nggi yillarda to‘la servisli an’anaviy mehmonxonalar bilan bir qatorda, taklif qilinuvchi xizmatlar to‘plami qisqartirilgan ixtisoslashgan korxonalar paydo bo‘la boshladi. Korxonalarning ixtisosligi har xil bo‘lishi mumkin. Mehmonxonalar turistik bozorning muayyan segmenti vakillariga, masalan, o‘z mehnat ta’tilini golf o‘yiniga, chang‘i sportiga, otda sayr qilishga va h.k.ga bag‘ishlagan mijozlarga, kongresslar, ko‘rgazmalar, yarmarkalar va sh.k.da qatnashish uchun kelgan turistlarga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashishi mumkin.
Restoranlar, qoida tariqasida, milliy taomlar, nonushtalar, kechki ovqatlar tayyorlashga ixtisoslashadi. So‘nggi yillarda gamburgerlar va qovurilgan kartoshkaga (Mc.Donald’s), pitssaga (Pizza Hut, Domino, Little Geasar), bifshtekslarga (Sizzler),
dengiz mahsulotlariga (Red Lobster), sendvichlarga (Subway) ixtisoslashgan tez
xizmat ko‘rsatish restoranlari butun jahonda ommaviylashdi. Bu nuqtai nazardan muayyan mavzuga, chunonchi: Yovvoyi g‘arb, rok-n-roll, futbol, samolyotlar, temir yo‘l va h.k.ga yo‘naltirilgan restoranlar ham alohida diqqatga sazovordir. Odatda ular taklif qiluvchi taomlar soni cheklangan bo‘ladi. Bunday restoranlarning vazifasi muayyan kayfiyat va muhitni tashkil etishdan iborat.
Mehmondo‘stlik korxonalari ixtisoslashuvining chuqurlashishi xalqaro tarmoqlarning tashkil topishi bilan ham bog‘liq. Bunday tarmoqlar xizmat ko‘rsatishning yuksak andozalarini ishlab chiqish va amalga joriy etishda katta rol o‘ynaydi.
Tarmoq deganda odatda jamoaviy biznes bilan shug‘ullanadigan va tarmoq rahbariyatining bevosita nazorat ostida faoliyat ko‘rsatadigan korxonalar guruhi tushuniladi. Tarmoq o‘z binolariga ega bo‘lishi yoki ularni ijaraga olishi mumkin. Tarmoq rahbariyati olingan daromadni taqsimlashda muayyan imtiyozlarga ega bo‘ladi, biroq, ayni vaqtda, har qanday (shu jumladan, moliyaviy) operatsiyalarni amalga oshirish chog‘ida ko‘rilishi mumkin bo‘lgan barcha zararlar uchun javob beradi.

    1. Yüklə 1,01 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə