Vazifalari



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə13/107
tarix29.11.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#142320
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   107
07 Turizm&Servis Kaf 17 MEHMONXONA XO\'JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING

1.3-jadval.





Kompaniya nomi

Shtab-kvartira
joylashgan mamlakat

Xonalar soni
(dona)



Jahonning etakchi mehmonxona tizimlari
bo‘lib, u ixtiyoriy mehmonxona tizimlari deyiladi («Best Western», «Rimantic Hotels» va boshqalar). Bunda ma’lum belgi, standart va xizmatlar majmuasiga ko‘ra o‘xshash mehmonxonalar yagona savdo belgisi ostida birlashadi. Tizim a’zolari yagona fondga pul o‘tkazib turadi va umumiy marketing faoliyatidan bahramand buladi.
Hisob-kitoblarning ko‘rsatishicha, tizim mehmonxonalari mustaqil korxonalarga nisbatan 60 foiz ko‘proq o‘rtacha daromad olib, 8 foiz ko‘proq o‘rinlar bandligiga erishgan. 1.3-jadvalda xonalar soni buyicha jahon mehmonxona industriyasining etakchi mehmonxona tizimlari ko‘rsatilgan18.
Mehmonxonaning tashkiliy tuzilishi uning maqsadi, joylashuvi va boshqa
o‘ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi.
Jahon mehmonxona xo‘jaligida mehmonxona egasi (tadbirkor, mulkdor) va mehmonxona boshqaruvi o‘rtasidagi munosabatlar shakliga karab mehmonxonalar quyidagi turlarga ajratiladi19:




17 Yoker D.R. Fundamentals of hospitality, 2012.
18 WTO World Tourism Barometer. Madrid. WTO.2017.
19 Yoker D.R. Fundamentals of hospitality, 2012.

  1. Mustaqil, ya’ni mulkdorning mulkida, ixtiyorida va foydalanishida bo‘lgan mehmonxonalar:

  1. mulkdor tomonidan bevosita boshqariladigan mehmonxonalar;

  2. mulkdor mulkida, lekin yollangan boshqaruvchi mutaxassislar yoki maxsus boshqaruv kompaniyasi tomonidan boshqariladigan mehmonxonalar. Bunda boshqaruv kompaniyasi o‘zining savdo belgisidan foydalanadi.

  1. Mehmonxona tizimlariga kiruvchi mehmonxonalar. Ular quyidagicha guruhlanadi:

    1. Tizimlarning teng huquqli a’zosi bo‘lib, mulkdorlarning umumiy mulkida bo‘lgan hamda ularning vakillari orqali boshqariladigan mehmonxonalar.

    2. Tizimning alohida korxonalari, ya’ni franshiza shartnomasi asosida faoliyat yurituvchi mehmonxonalar.

Franshiza mehmonxona mustaqil boshqaruvga ega bo‘ladi, ammo tizim ma’muriyati (franchayzer)ga uning savdo belgisi va tashkiliy-huquqiy yordamidan foydalangani uchun muntazam ravishda haq to‘lab turadi.

    1. Mehmonxonalar uyushmasiga kontrakt boshqaruv asosida kirgan mehmonxonalar. Bunda mulkdor professional mehmonxona kompaniyasi bilan shartnoma tuzadi va unga hak to‘laydi. Bunday tizimlar mulkdor hamda boshqaruvchi o‘rtasidagi munosabatlar xarakteriga ko‘ra 3 turga bo‘linadi:

  1. mehmonxona boshqaruvi, to‘liq boshqaruvchiga o‘tkaziladi va mulkdor boshqaruv faoliyatiga aralashmaydi. Boshqaruvchi moliyaviy-tashkiliy xavfni o‘z zimmasiga oladi;

  2. mulkdor mehmonxona faoliyatini nazorat qilib boradi, tashkiliy xarajatlarni, moliyaviy xavfni qoplaydi. Boshqaruvchi ham shartnomada ko‘rsatilgan darajada ma’lum mas’uliyatga ega bo‘ladi;

  1. mulkdor boshqaruvchi kompaniya faoliyatini to‘liq nazorat qiladi va uni faoliyat natijalari mas’uliyatidan ozod qiladi.

Umuman olganda, mazkur munosabatlarning quyidagi jihatlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:

    1. Mulkdorlar boshqaruvchilarning mehmonxonaga moliyaviy mablag‘lar sarflashini rag‘batlantirishadi. Natijada, boshqaruvchilarning mulkni boshqarish sifatiga mas’uliyati oshadi;

    2. Mehmonxona boshqaruvchi kompaniyalar o‘rtasidagi raqobat tufayli, ular yanada ko‘proq kapital sarflab, mulkdor bilan shartnoma tuzishga harakat qiladi;

    3. Ba’zi boshqaruvchilar ixtiyoriy ravishda mehmonxonaga mablag‘ sarflashadi.

Bunda ular yuqori daromad olishni va mulk boshqaruvida qo‘shimcha huquqlarga ega bo‘lishni ko‘zlashadi.

    1. Mehmonxonalar uyushmasiga aralash shartlar asosida kirgan mehmonxonalar. Masalan, franshiza mehmonxonasining franchayzer tomonidan shartnoma asosida boshqarilishi.

  1. Mustaqil mehmonxonalar uyushmasiga kiruvchi mehmonxonalar.

    1. Uyushmaga foydani oshirish va tijorat imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida kirgan mehmonxonalar. Masalan, turistlar ortiqchaligi paytida ularni uyushma a’zolari o‘rtasida qayta taqsimlash, yagona tovar belgisi, reklama va joy egallab qo‘yish tizimlaridan foydalanish va hokazo).

    2. Daromad olishni ko‘zlamaydigan uyushmalarga kiruvchi mehmonxonalar. Bunda uyushma a’zolari tashkiliy-huquqiy, kadrlar tayyorlash, ijobiy tajrbani qo‘llash masalalari buyicha o‘zaro hamkorlik qilishadi.


Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə