Vazifalari


Joylashtirish vositalarining hududdagi turistik destinatsiyalar va resurslarni rivojlantirishdagi o‘rni va roli



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə17/107
tarix29.11.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#142320
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   107
07 Turizm&Servis Kaf 17 MEHMONXONA XO\'JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING

Joylashtirish vositalarining hududdagi turistik destinatsiyalar va resurslarni rivojlantirishdagi o‘rni va roli.


Sayohat chog‘ida turistlarga ko‘rsatiladigan kompleks xizmatlarda joylashtirish markaziy o‘rinni egallaydi va har bir safarning ajralmas qismi hisoblanadi.
Joylashtirish vositasi deganda tunash uchun muntazam yoki onda-sonda joy
beriladigan har qanday obyekt tushuniladi va u turistik industriyaning asosini tashkil qiladi. Uning ulushiga turistik sohada band shaxslarning 65 %gacha, turizmdan
tushadigan tushumlarning 68 %ga yaqini to‘g‘ri keladi. Yangi joylashtirish maskanlarini qurish turistik yo‘nalishlarni o‘ziga rom etishini sezilarli oshiradi. Turistik oqimlarni ko‘paytiradi. Yuksak darajada servis xizmati ko‘rsatish joylashtirishda shuningdek turizmning ruhiyat aspektlaridan hisoblanadi, qaysikim turistlarni u yoki bu mamlakatga sayohatga kelishini tashkil qilishda yuqori darajada qoniqtiradi.
Mavjud xilma xil joylashtirish vositalarida mehmonxona industriyasi alohida
o‘rin tutadi.
Mehmonxona industriyasi iqtisodiy faoliyat turi sifatida o‘zida mehmonxona xizmati ko‘rsatish va mehmonxonalar kempinglar, motellar, o‘quvchilar va talabalar yotoqxonalarida qisqa muddatli yashashni tashkil etishni mujassamlashtirgan.
Ushbu faoliyatga restoranlar xizmati ham kiradi.
BTT (VTO) ekspertlari tomonidan turistlarni joylashtirish vositalarining standart klassifikatsiyasi ishlab chiqilgan. (2.1-rasm).
Klassifikatsiyada keltirilgan mehmonxonalar va ularga o‘xshash korxonalar turistlarning guruhlarini nisbatan qulay joylashtirish vositalari sifatida ajralib turadi. Jumladan, mehmonxonalar uchun quyidagi belgilar xarakterlidir:

  • belgilangan minimumdan oshadigan miqdorda xonalar mavjudligi (Rossiyada -5, Belorusda - 10) va yagona rahbarlikka birlashgani;

  • ko‘rsatilishi shart (xonani yig‘ishtirish, sanuzelni tozalash, har kuni to‘shaklarni tartibga keltirish) va ko‘shimcha (kimyoviy tozalash, kir yuvish, sartaroshxona, avtomobillarni ijaraga berish va h.k.) xizmatlari;

  • mavjud jihozlar, ko‘rsatiladigan xizmatlarga bog‘liq holda milliy standartlar talablariga muvofiq ravishda klasslar va kategoriyalarga guruhlash.

«Mehmonxona» tushunchasini tegishli me’yoriy hujjatlar ham belgilaydi, masalan «Mehmonxonalarni klassifikatsiyalash va boshqa joylashtirish vositalari davlat tizimi to‘g‘risida Nizom» (6-ilova) joylashtirish vositalarini turistlarni vaqtincha joylashtirish bilan shug‘ullanuvchi xilma xil tashkiliy huqukiy shakldagi korxona sifatida xarakterlaydi. U kamida beshta xonaga ega bo‘lishi lozim. Bunga
mehmonxonalar, motellar, yoshlar yotoqxonalari, dam olish uylari, pansionatlar, davolash-sog‘lomlashtirish xizmatlari ko‘rsatuvchi mehmonxonalar ham kiradi.
«Mehmonxona» tushunchasi bilan bir qatorda ko‘pincha «otel» atamasidan ham foydalaniladi. Qaysikim keng nomenklaturada va yuqori sifatli xizmat ko‘rsatuvchi mehmonxona korxonasini bildiradi. Ularda g‘oyat mehmonnovozlik muhiti va didli qulayliklar yaratiladi.
Turistlarni joylashtirish vositalari klassifikatsiyasi shuningdek «Turistik» xizmatlar. Joylashtirish vositalari umumiy talablarda ham (GOST 511895-98) keltirilgan. Ushbu hujjatga muvofiq barcha joylashtirish vositalari jamoaviy va yakka-individualga bo‘linadi.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə