Vazifalari


Turizmda mehmonxona xo‘jaligini rivojlantirishda davlat siyosati. Soha rivoji uchun yaratib berilgan shart sharoitlar



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə8/107
tarix29.11.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#142320
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   107
07 Turizm&Servis Kaf 17 MEHMONXONA XO\'JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING

Turizmda mehmonxona xo‘jaligini rivojlantirishda davlat siyosati. Soha rivoji uchun yaratib berilgan shart sharoitlar.


Hozirgi vaqtda mexmonxona industriyasining rivojlanishi dunyo turizm iqtisodiyotida borgan sari salmoqli o‘rinni egallab bormoqda. Turistik daromad industriyalaridan davlat byudjetiga tushumlar dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida milliy daromadning eng salmoqli moddalaridan biriga aylangan. Turistik aloqalar
dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashda alohidada kasb
etmoqda. Turizm xalqaro ahvolni normallashtirish, dunyo xalqlari o‘rtasidagi tinchlik, o‘zaro tushunish, do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashning muhim vositasi hisoblanadi. O‘zbekistonda ham xalqaro turizmning asosiy negizi bo‘lgan mexmonxona industriyalarini rivojlantirish strategiyasi davlat tomonidan xal qilingan qarorlar tomonidan va ilmiy nazariyalarga asoslangan holda amalga oshiriladi. Respublikamizda turizmni rivojlantirish strategiyasi hozirgi kunda hal qilingan turizm qonuniga va xalqaro turizmni 2022- yilgacha rivojlantirish strategiyasida hal qilingan rasmiy xujjatlardan kelib chiqadigan ijtimoiy himoyaga va bozor munosabatlariga asoslangan strategiyaga ega. Respublikamizda turizm taraqqiyotining istiqbollari hukumat qarorlarida, farmonlarida va qonunlarida o‘z aksini topmoqda. Hozirgi paytda respublikamizda turizmning asosiy tarmoqlaridan biri bo‘lgan mexmonxona industriyalarini rivojlantirish muhim omillardan biri hisoblanmoqda.
O‘zbekiston Evroosiyo mintaqasida geopolitik joylashuvi, turistlar uchun yangi hududligi, xalqaro va mahalliy turizmni rivojlantirish imkoniyatlari bilan muhim ahamiyatga ega. Boy tabiiy, xom ashyo potenstiali, mehnat resurslarining mavjudligi, siyosiy barqarorlik hamda xalqaro avialiniyalar va aloqalar tarmog‘ining mavjudligi bu o‘lkada turizmning hamma ko‘rinishlarini rivojlantirishga imkon yaratadi. Rang- barang tabiiy-iqlim sharoitlari, landshaftlar va issiq iqlim turistlarni yil davomida qabul qilish imkonini beradi. Tashqi turizm hajmi ichki va mahalliy turizm hajmidan sezilarli darajada yuqoridir. Bu esa mamlakatga kirayotgan turistlarga nisbatan chetga chiqayotgan turistlar sonining ko‘pligini bildiradi. Bunday holat mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishganidan keyin ijtimoiy- iqtisodiy modernizastiyalash yo‘lidan mustahkam bormoqda. Bunday modernizastiyalash jarayonlari O‘zbekistonning xalqaro mehnat taqsimotida o‘z o‘rnini egallashini ta’minlashga qaratilgan. Hozirgi jamiyatda gurkirab rivojlanayotgan sohalardan biri – turizmdir. Bunga O‘zbekiston Respublikasida 1999- yil 20- avgustda qabul qilingan “Turizm to‘g‘risida”gi qonun, O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003- yil 11- noyabrdagi №497 sonli farmoni
va O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 2004- yil 3- noyabrda respublikaga turistlarning kirishi va chiqishi ro‘yxati bo‘yicha 1421- sonli nizom hamda “2018-2019 yillarda Turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Prezident qarori guvoxdir. Tajribalar shuni ko‘rsatmoqdaki, turizm o‘ziga jalb etilgan barcha insonlarning madaniy-texnik saviyasini oshiradi, mahallliy kommunal, pullik xizmatlarning rivojlanishiga olib keladi, halq hunarmandchiligi, chakana savdo, transport, qurilish, qishlok xo‘jaligi sohalarini rivojlantiradi. O‘z navbatida, turizmning rivojlanishiga siyosiy - huquqiy, ijtimoiy - demografik, tabiiy, iqtisodiy, diniy kabi bir qator omillar ta’sir etadi.
Mehmonxona va restoran biznesi – turizmning asosi bo‘lib xizmat qila oladi. Mehmonxona va restoranlar tadbirkorlik tuzilmalari sifatida mijozlarga xizmat ko‘rsatishadi, ular faoliyatining asosiy maqsadi mijozlarning ehtiyojlarini qondirgan holda foyda-daromad olish bo‘ladi.
Har bir korxona o‘zining xizmat ko‘rsatish strategiyasini ishlab chiqadi – bu uning tegishli bozor muhitida qanday raqobat qilishini aniqlaydigan harakatlar rejasidir. Xizmat ko‘rsatish strategiyasi shu sohaning istalgan tadbirkorligiga tegishli uchta asosiy komponentga to‘xtalib o‘tadi8:

  1. Mijozlar ehtiyojlari.

  2. Kompaniyaning bu ehtiyojlarni qondirish qobiliyati.

  3. Kompaniyaning uzoq muddatli foydasi.

Har bir turistik korxona menejerlari o‘z ish faoliyati rejasini tuzishda quyidagi
savollarni e’tibordan chetta qoldirmasligi lozimdir;
Iste’molchilarning qanday ehtiyojlariga va harajatlariga xizmat qilamiz?
Boshqalarga nisbatan yaxshi xizmat ko‘rsatish uchun etarli bilim va malakaga egamizmi?
Qo‘yilgan kapitalga mos foyda olish va uzoq muddatga raqobatbardosh bo‘lish imkoniyatini beradigan daromad olish uchun biz qanday xizmat ko‘rsatishimiz lozim?
Turizm sohasida amalga oshirlayotgan investistiya loyihalari o‘zining qoplashi jihatdan sanoatdan qanday farq qiladi va bunda nimalarga e’tibor berish kerak? Bu savollarga beriladigan ijobiy javoblar turoperatorlik kompaniyasining xizmat ko‘rsatish strategiyasining asosi hisoblanadi.
Xizmat ko‘rsatish strategiyasi – turoperatorning ijobiy imidji, doimiy mijozlari va bozorda mustahkam moliyaviy o‘rnining shakllanishiga rol o‘ynaydigan xizmat ko‘rsatish strategiyasi maqsad-larini aniqlaydigan harakatlarning bosh rejasidir. Bu erda turoperator ishi ustunligini ta’minlaydigan turistlarga xizmat ko‘rsatish menejmentini tashkil etuvchilarga e’tibor berish zarur.

    1. Yüklə 1,01 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə