Vii – bob: stylus — tarjimon dasturi


PROMT tarjimon dasturining imkoniyatlari



Yüklə 110,46 Kb.
səhifə4/9
tarix11.12.2023
ölçüsü110,46 Kb.
#143472
1   2   3   4   5   6   7   8   9
TARJIMON DASTURLARI VA VA ULARDAN FOYDALANISH ASOSLARI ULARNING FARQLARI.

PROMT tarjimon dasturining imkoniyatlari.

Promt sistemasini universal, shu bilan birga ixtisoslashgan lug`atlardan iborat boy tarkiblarini o`z ichiga olib, ulardan foydalanish boshqaruvchi vositalarini o`z ichiga oladi. Bironta ham lug`atga kirmagan sozlar tarjimasini mustaqil ravishda aniqlab, iste’mol lug`atida saqlaydi. Bundan tashqari, Promt programmami hususiy ismlar va tarjima qilish talab etilmaydigan boshqa so`zlar, masalan, qisqartma so`zlar bilan ishlash qoidalarini ko`rsatish imkonini ham beradi.


Programmaning qo`shimcha imkonyatlari fayllarning turkum tarjimalari, tekislanmagan matnlarning tezkor tarjimalari, shuningdek, Internetdagi Web sahifalarini sinxron tarjima qilish imkonini o`z ichiga oladi. Ushbu vositalar alohida ilova programmalar sifatida amalda tatbiq etilgan.


Promt programmasining ishchi oynalari


Promt programmasi o`rnatilgandan so`ng bosh menyuda uni ishga tushirishga izn beruvchi punktlar paydo bo`ladi.


Indikatsiya panelida (vazifalar panelining o`ng chetida) programmani tezlikda ishga tushiruvchi belgi o`rnatiladi. Sichqonchaning o`ng klavishasini ushbu belgi ustida bosish bilan sistemaning barcha ilovalarini ishga tushirishga imkon beruvchi menyu ochiladi. Asosiy programma Promt punktini tanlanganda ishga tushiriladi.
Promt interfeysi Windows 9x (bunda X-95, 97, 98, 2000 lrni bildiradi) operatsion sistemasi talabalariga muvofiq amalaga tatbiq etilgan. Programmani ishga tushirgandan so`ng ekranda menyu satri, asbob panellari satri va ishchi sohasidan iborat ilova oynasi ochiladi.
1. Ilova oynasining ishchi sohasi bir qancha sohachalarga bo`lingan. Ikkala asosiy zonalar boshlang`ich matn va uning tarjimasini o`z ichiga oladi. Ular bevosita asboblar paneli ostida joylashgan.
2. Ilova oynasining pastki qismida axborot paneli joylashgan. U foydalanilayotgan lug`atlarni aks ettirish va tanlashga, tarjima qilinayotgan hujjatning programmaga noma’lum bo`lgan so`zlar ro`yxatini olishga va tarjima qilish lozim bo`lmagan so`zlar ro`yxatini boshqarish uchun mo`ljallangan uchta qo`shimcha varaqadan iborat.
3. Ilova oynasining pastki qismida menyu satri ostida asboblar satri joylashgan. “ОсновнаяAsosiy asbob bandi hujjatlarni ochishga va saqlashga hamda almashuv buferi bilan amallar bajarish uchun mo`ljallangan kalvishalardan iborat. Xuddi shu yerda imloni tekshirish, kontekst izlash va so`zlarni almashtirish, shuningdek, hujjatni electron pochta orqali jo`natishga imkon beruvchi piktogrammalar (boshqaruv elementi) joylashgan. Bu panel piktogrammalari (boshqaruv elementi) hujjatning ilova oynasidagi taqdimini o`zgartirish uchun xizmat qiladi.
4. “Перевод” menyusi bandi tarjima bajarilayotgan paytda ishlatiladigan boshqaruv elementlaridan iborat. Ular yordamida lug`atlar bilan ishlash, matn yoki uning alohida qismlarining tarjimasi, tarjima yo`nalishi (ya’ni, tarjima tillari)ni tanlash, shuningdek alohida so`zlar va butun bir abzaslarni band qilish amalga oshiriladi.
5. “Форматирование меню” bandidan tarjima matnini tahrir qilishda foydalaniladi. Programma hujjatlarini asosiy matn prosessorlari formatlarida saqlash imkonini beradi.
6. “Сервис” panelidan boshqa yordamchi ilovalar bilan ishlash paytida foydalaniladi. Bularga hujjatlarni tanish va skanerlash programmalari, shuningdek qo`shimcha ma’lumot lug`atlar kiradi.
Xuddi shu yerda hujjat to`g`risidagi ma’lumotlarni yig`ish va programmani sozlashga mo`ljallangan boshqaruv elementlari joylashgan. Xuddi shu panelda boshqaruv elementlarining nimaga mo`ljallanganini bilishga imkon beruvchi kontekst ma’lumoti bandi joylashgan.

Yüklə 110,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə