10. Bo‘lmacha va qorinchalarning kengayishi nima deyiladi?
A. Sistola. B. Diastola. D. Sikl. E. Yurak avtomatiyasi.
11. Odam qancha miqdor qon yo‘qotganda halok bo‘ladi?
A. 2-2,5 l. B. 1-1,2 l. D. 0,5-1,0 l. E. 500 ml.
12. Yurak qorinchasidan chiqib, tananing hamma qismlariga qon olib boruvchi qon tomirlari qanday ataladi?
A. Kapillar qon tomirlari. B. Arteriya qon tomirlari. D. Vena qon tomirlari. E. Limfa qon tomirlari.
13. Yurak va qon – tomir kasalliklarini to‘g‘ri toping?
1. gipertoniya 2. gipotoniya 3. ateroskleroz 4. infarkt 5. insult
a) bosh miyaga qon quyilishi b) qon tomirlarining torayib qolishi c) yurak muskullari ma’lum qismining yemirilishi d) arterial qon bosimining ko‘tarilishi e) arterial qon bosimining pasayishi
A. 1c, 2d, 3b, 4a, 5e. B. 1d, 2e, 3b, 4c, 5a. D. 1a, 2b, 3c, 4d, 5e. E. 1e, 2c, 3a, 4d, 5b.
14. Limfa aylanishining qon aylanishidan farqi nima?
A. Limfa tomirlari organ va to‘qimalardan boshlanadi.
B. Limfa tomirlari organ va to‘qimalarga keladi.
D. Yurakning chap bo‘lmachasidan boshlanadi.
E. O‘ng qorinchadan boshlanadi.
15. Odamda arterial qon bosimining normaga nisbatan pasayishi nima deb ataladi?
A. Gipertoniya. B. Gipotoniya. D. Minimal bosim. E. Maksimal bosim.
Dostları ilə paylaş: |