Vol. 39 (2023): Miasto Przyszłośc I +62 811 2928008



Yüklə 143,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/13
tarix23.12.2023
ölçüsü143,78 Kb.
#155072
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
2023-3

Vol. 39 (2023): 
Miasto 
Przyszłośc
i +62 811 2928008 .
 
120 
Miasto Przyszłości
Kielce 2023 
7-расм. Tuxumlarni ovoskopiya qilish jarayoni 
Kasal parrandalarning klinik belgilarini o‘rganganimizda ularning tana haroratini ko‘tarilishi, 
nafas olishi tezlashib, yurak urishi tezlashishini tashkil qildi. Parrandalar ozib ketishi, patlari xurpayib, 
patlarining rangi xiralashadi, kloaka atrofining ifloslanishi, tojlari va sirg‘alari ham rangsizlanadi
parranda mudrab turadi, kamharakatlilik kuzatiladi. 
O‘lgan parrandalarni 10 donasini patologoanatomik tekshirilganda jig‘ildon hamda muskulli 
oshqozonning ichi bo‘sh, yurakda qon quyilishlar, o‘t xaltaning rangi sarg‘ayishi va jigarga qadar ta'sir 
qilishi, ichaklarda qon quyilishlar, to‘g‘ri ichakda oq xamirsimon massaning to‘planishi, ichaklarni yorib 
ko‘rganda ichaklarning ichki devorlarining yallig‘lanishi va yiringsimon massaning paydo bo‘lishi bilan 
xarakterlanadi. 
Ushbu ma'lumotlardan kelib chiqgan holda “Darg‘om parranda” parrandachilik xo‘jaligida 5 dona 
parrandada aralash infeksion (kolibakterioz va pulloroz) kasalliklariga, 2 donasi salmonellyoz kasalligi, 
2 donasi salmonellyoz va koksidioz va 1 donasi padagra kasalligi bilan kasallanganligi aniqlandi. 
Parrandalarning kolibakterioz va pullorozli aralash infeksion kasalliklariga qarshi kurashish 
maqsadida ularni o‘z vaqtida zoogigienik talablariga rioya etilishi, veterinariya profilaktikasi va 
sanitariya qoidalariga qat'iy rioya qilinishi lozim. Parrandalarga bo‘ynining orqa qismiga teri ostiga 1,0 
ml dan immunizator ine'ksiya qilindi va ushbu kasalliklarga qarshi antibiotikaterapiya ham o‘tkazildi. 
Bunda biz “Florjat 10” antibiotigidan profilaktika maqsadida 2 litr suvga 1,0 ml aralashtirib 3-5 kun 
davomida berib borildi.
Xulosa: 
1.
Parrandachilik xo‘jaliklarga veterinariya sanitariyasi, zoogigiyenik, gigiyenik, veterinariya 
profilaktikasi, laboratoriya tashhisi va davolash tadbirlarini o‘z vaqtida sifatli bajarish va ularni 
to‘g‘ri parvarish qilish. 
2.
Parrandalar salmonellyozi va kolibakterioziga qarshi kurash, infektsiya yoki bakteriya tashuvchisi 
bo‘lgan parrandalarni o‘z vaqtida aniqlash, standart sanitariya, gigiena va davolash choralarini 
qo‘llash. 
3.
Inkubatorlarni formalin preparati bilan gazatsiya qilish usulida foydalanish samarali 
dezinfektsiyalovchi vosita bo'lib chiqdi. Biz olgan natijalar ushbu guruhdagi boshqa shunga 
o'xshash dorilarni sinovdan o'tkazish natijalariga mos keladi. Ushbu vosita uzoq vaqt davomida 
jahon amaliyotida dezishlov berish uchun ishlatilgan. 
4.
Ushbu usuldan foydalanish inkubatsiya davrida tuxumlarni mikroblar bilan zararlanishni 
kamaytirdi, tuxumlarning inkubatsiya qobiliyatini 3-4% ga, jo’jalarning ochib chiqishini 4% ga, 
jo’jalarning boshlang’ich 10 kunligida hayotchanligini 2-3% ga oshiradi va parrandalarning 
bakterial infektsiyalar bilan kasallanishini oldini olishga yordam beradi. 



Yüklə 143,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə