Volume , issue impact Factor: 249



Yüklə 1,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/58
tarix28.11.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#133320
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   58
564-99-PB

 

№6 | 2023


 
36 
Jahon tilshunosligida hayvon obrazlari, odamlarning hayvonlar bilan munosabati, 
hayvonlarning inson hayotidagi ahamiyati yangi mavzu emas. Uning kelib chiqishi uzoq tarihiy 
yo’lga borib taqaladi. Yerda hayot paydo bo’libdiki, insonlar va hayvonlar birgalikda yashashadi. 
Uzoq evolutsion yo’l hayvonlar va insonlarni birlashtirdi. Hayvonlar insonlarga qiyin paytda omon 
qolishga yordam berdi. Hayvonlar insonlar tomonidan ulug’lanadi, unga sig’inadi, insonlarning 
ijodlarida haykaltaroshlik, rassomchilik, me’morchilik , adabiyot va tilshunoslik sohalarida obraz 
sifatida namoyon bo’ladi. 
Maqollarda hayvon obrazlaridan foydalanish alohida qiziqish uyg’otadi. Hayvon nomlarini 
nutqimizni boyitib, majoziy va yorqin ma’no kasb etgani uchun maqollarda ko’pincha hayvon 
ismlaridan foydaliniladi. 
Aynan maqollar milliy xususiyatlarni ifodalovchi va har bir xalqning madaniyati va tili, nutq 
boyligini aks ettiradi. Maqollar insoniyatning butun mavjudligi davomida shakllangan madaniy 
merosdir. 
Dunyo suratida hayvonlarning muhim roli yetarli darajada topiladi. Binobarin, hayvonlar
dunyoning lisoniy manzarasida yetarli darajada aks etganini kuzatish mumkin. Inson hech qachon 
ularsiz bo'lmagan. Hayvonlar va odamlar qadim zamonlardan beri bir-biri bilan yaqin aloqada do’st 
bo’lib yashaydilar. Hayvonlar inson hayotining ajralmas qismi bo'lib, butun hayoti davomida unga 
hamroh bo'ladi. Ulardan ba'zilari ramziy ma'noga ega edi. Masalan: it doimo insonning sodiq do’sti, 
vafodor sodiq hayvon sifatida ulug’lnadi. Rivoyat qilishlaricha, Daqyonus (imperator Detsiy) davrida 
uning zulmidan qochib, gʼorga kirib yashiringan bir necha yosh yigitning yonida itlari ham boʼlgan. 
Ushbu rivoyat keyinchalik badiiy adabiyotga it timsoli sifatida namoyon boʼladi. Shuningdek, raqib, 
nafs ma’nosida ifodalanadi.
Yunon asotirlarida marhumlarning jonlari itlar koʼrinishida tasavvur yetiladi. Sharpalar 
hukmdori Gekata tungi ovga chiqqanlarida itlar uni kuzatib borgan. Аid darvozasining qoʼriqchisi 
uchboshli Serber itdek shakl-shamoilda boʼlgan. Eroniylarning qasos “ma’budlar”i ham it qiyofasida 
kirgan. Oʼrta asrlarda itlar – dinsizlar majozi boʼlgan va jin-ajinalar bilan bogʼlangan. Gyotening 
“Faust” asarida qora it iblis ramzi sifatida tilga olingan. Biroq itlar choʼponlarning yordamchilari 
hamdir. Ular podani qoʼriqlaydi, ortidan ergashtirib yuradi. Аyni sababdan it yoʼlboshlovchi sifatida 
talqin yetilishi mumkin. Sharqiy slavyanlarda mazkur ma’no mustahkam oʼrin olmagan. Chunki 
ularda it past mavjudod hisoblangan. Xizmatkor va qullar itlarga oʼxshatilgan; bu soʼz haqorat 
ma’nosida qoʼllanilgan. Rus xalq ogʼzaki ijodida ham bu hayvonga salbiy ma’no berilgan. Butun 
dunyo bo'ylab itlar onalikni ramziy ma'noga ega, chunki ular kuchuklarga qanday g'amxo'rlik 
qilishadi. Xristianlikda itlar himoya va vasiylik ramzi hisoblanadi. Ular hatto ruhoniy uchun 
allegoriya edi. Yunonistonda it birinchi navbatda hamroh, ikkinchi o'rinda qo'riqchi bo'lib, 
o'liklarning joyini qo'riqlaydi. 
Mahalliy amerikaliklarning himoya qilish uchun itlari bor edi. Itlar xavf yaqinlashganda ularni 
ogohlantirardi. Shu sababli, itlar ishonchli himoyani anglatadi. Ingliz xalqida esa it - sadoqat, jasorat, 
sodiqlik, hamkorlik, muloqot, aql-zakovat, sarguzasht, do'stlik, sabr-toqat, izchillik, qiziquvchanlik, 
himoya va sadoqat ramzi.
Ingliz va o’zbek maqollarida dog/it komponentli maqollar salmog’i ko’pchilikni tashkil etadi.
Inglizcha

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə