Web-ilovalar strukturalari Bajardi: To’xtayeva R



Yüklə 4,58 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü4,58 Kb.
#181164
Web ilovalar strukturalari 2

Web-ilovalar strukturalari

Bajardi: To’xtayeva R

Tekshirdi:Sofayeva F

Internetda axborotlarni joylashtirish va ularni kompyuter ekranidagi ko‘rinishi qulay bo‘lishi uchun web-sahifalardan foydalaniladi.


Web-sahifa (inglizcha - Web page) - bu HTML fayl kengaytmasiga ega bo‘lgan gipermatnli fayldir.

Har xil web-sahifalarga tarqatilgan va o‘zaro bog‘langan hujjat gipermatn deyiladi.


Unga matn, rasm, ovoz, video va animatsiya kabi ma’lumotlar joylashtirish mumkin.

Web-sahifada ma’lumotlar sahifa ko‘rinishida beriladi. Bu sahifalar, odatda, HTML hujjat, ya’ni HTML tilida yozilgan hujjat deb qaraladi. Bu holda yozilgan hujjatlarni ko‘rish uchun maxsus dasturlar ishlatiladi.

Web-sayt (inglizcha - Website, web - o‘rgimchak to‘ri, site - joyi) - bu bir nechta web-sahifalarni kompyuter tarmog‘ida bitta manzilda birlashtirilgan fayllar to‘plamidir (Domen ga yoki IP ga ega bo’ladi).

Domen - bu biror-bir serverda joylashgan saytga olib boradigan manzildir.


Barcha web-saytlar qaysidir serverda joylashgan bo‘ladi. Aslida siz hosting xizmatidan foydalanib, saytingiz ma’lumotlarini qaysidir ser- verga joylashtirganingizda saytingiz IP manzilga ega bo‘ladi.

Hosting - bu web-sayt uchun joy ajratib beruvchi xizmat turidir.


Odatda domen beruvchi kompaniyalarda ham hosting xizmati bo‘ladi. Hosting va domenni bir kompaniyadan yoki alohida kompaniyalardan ham olish mumkin.

Web-dizayn - bu yaratiladigan web-saytlarga texnik ishlov berish va axborotlarni tizimli ravishda shakllantirishdir.

Web-sayt va web-sahifalar o‘zaro har xil usullar bilan bog'lanadi. Ushbu yagona oraliq World Wide Web (butun dunyo o'rgimchak to‘ri) yoki qisqacha WWW deyiladi. Web-sahifalarga giper murojaat WWW ning asosiy xususiyatlaridan biridir.

Ayni paytda web-sayt yaratishni ikki xil usulda amalga oshirish mumkin: statik va dinamik. HTML da yozilgan web-saytlar statik holda bo’lsa, zamonaviy web-saytlar dinamik ko‘rinishga ega.

CM tizimlarining asosiy afzallik jihati shundaki, dinamik web-saytlarni oson yarata olish va ularni turli xil axborotlar bilan to’ldirish imkoniyati mavjud.


Quyida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining web-saytini asosiy sahifasidan lavha keltirilgan

Bugungi kunda, asosida qurilgan Dmpal, PHP-Nuke, WebDirector, NetCat, Slaed, Microsoft CMS, WordPress, PHPShop kabi platformalarni misol tariqasida aytish mumkin.

Web-sahifalar yaratishning asosi sifatida tasviriy san’atning yangi turi web-dizaynga bevosita aloqadordir.

Intemet dizaynerlari rasm va tasvirlar tayyorlash bilan cheklanib qolmasdan, balki tayyorlangan rasm va tasvirlami tarmoqqa joylashtirish, web-sahifalar orasida aloqalar o‘matish, matn, tasvir va rasmlaming harakatini amalga oshirish, ranglami estetik jihatdan to‘g‘ri va chiroyli tanlashga e’tibor qaratilishi lozim.


Yüklə 4,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə