1. Boshqaruv hisobi. Moliyaviy hisob


Xoʻjalik mablagʻlari va jarayonlarini qaysi oʻlchov umumlashtirib koʻrsatadi?



Yüklə 137,07 Kb.
səhifə37/46
tarix11.12.2023
ölçüsü137,07 Kb.
#146782
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   46
1. Boshqaruv hisobi. Moliyaviy hisob

130 Xoʻjalik mablagʻlari va jarayonlarini qaysi oʻlchov umumlashtirib koʻrsatadi? Pul o‘lchov birligi. Korxona va tashkilotlar bajarilgan ish va xizmatlar bo‘yicha o‘zaro hisob-kitobini yuritadilar. Bunday hisob-kitoblar, asosan, pul o‘lchov birligida olib borilishi bilan birga, bajariladigan ish va xizmatlarning natura yoki mehnat o‘lchov birliklarida ko‘rsatilishini talab qiladi. Pul o‘lchov birligi bevosita tovar - pul munosabatlarida namoyon bo‘ladi. Тovar ishlab chiqarish va qiymat qonunining amal qilishi bilan bog‘liq pul o‘lchov birligi hozirgi sharoitda korxonalar o‘rtasidagi to‘lov vositasi sifatida qo‘llanilib kelmoqda.Hisobda pul o‘lchov birligining ko‘proq qo‘llanishi, boshqa o‘lchov birliklariga nisbatan ko‘proq ishlatilishi hisob mazmunini pasaytirmoqda. Pul o‘lchov birligi hisob ishlarida keng qo‘llanishiga asosiy sabablardan biri —bu har xil o‘lchov birliklarida umumlashtirish imkonini bersa, ikkinchisi, korxonalar o‘rtasidagi hisob-kitoblarni bir me’yorda yuritish imkonini beradi. Hisob xo‘jaliklarda amalga oshirilgan jarayonlarni hisobga olish bilan birga, korxona va tashkilotlarning bir me’yorda ishlashini ta’minlashda o‘z imkoniyatlarini to‘g‘ri ishga solishda, iqtisodiy o‘zgarishlarning xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liqligini ta’minlashda amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalarini umumlashtirishda, nazoratni tashkil qilishda yaqindan yordam beradi.
131 Tezkor hisobning asosiy vazifasi nimadan iborat?
Тezkor yoki tezkortexnika hisobi ayrim xo’jalik muomalalari va jarayonlarini bevosita ular sodir bo’layotgan vaqtida boshqarish maqsadida joriy kuzatish va nazorat qiyaish tizimi bo’lib hisoblanadi. Bu hisobning korxona va uning tarkibiy bo’linmalariga joriy raqbarlik qilish maqsadida ma’lumotlarni tezkor ravishda olish va ulardan foydalanish uning farq qiladigan belgisi hisoblanadi.Тezkor hisob turlituman xo’jalik xodisalarni o’z ichiga olib, asosan ishlab chiqarish texnika xususiyatidagi ko’rsatkichlar bilan ta’minlaydi. U mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha topshiriqlarning bajarilayotganligi, xarajatlar normativlaridan kundalik chetga chiqishlar, ish kuchidan foydalanish va asbob uskunalarning yuklanganlik darajasi, shartnomalarga rioya qilinishi mol yetkazib beruvchilar va xaridorlar bilan tuzilgan kontraktlarning bajarilishi haqidagi ma’lumotlar bilan ta’minlaydi. Тezkor hisobda o’lchagichlarning hamma turlari moddiy, mehnat va qiymat o’lchagichlaridan foydalaniladiNazoratning tezkorligini ta’minlash uchun xo’jalik operatsiyalarining borishi haqidagi axborotni tezroq olish kerak bo’ladi. Shuning uchun tezkor hisobning ma’lumotlari iloji boricha osonroq yo’l bilan qayd qilinishi mumkin. Ularni bevosita kuzatish yo’li bilan yetkazishadi, telefon, faks, modem orqali, kompyuter aloqasi yordamida va boshqa yo’llar bilan xabar qilishadi. Hozirgi vaqtda tezkor axborotni olish uchun mexanika va avtomatik o’lchov, tartibga soluvchi asboblar, moslamalardan foydalanish tobora kengayib bormoqa. Hisobni bunday tashkil qilish xo’jalik muomalalarining borishi ustidan ularning amalga oshirilishi vaqtida bevosita boshqarish imkonini beradi.

Yüklə 137,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə