14-mavzu. Hozirgi zamon iqtisodiy qarashlar evolyustiyasi



Yüklə 103,87 Kb.
səhifə7/23
tarix28.11.2023
ölçüsü103,87 Kb.
#137863
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
14-mavzu. Hozirgi zamon iqtisodiy qarashlar evolyustiyasi. Reja-fayllar.org

T.Veblen – institustionalizm asoschisi. Institustionalizmning vatani AQSh, uning asoschisi Torsteyn Veblen (1857–1929) hisoblanadi. Zamonaviy institustionalizm yo’nalishining dastlabki ko’rinishlari T.Veblenning «Bekorchi sinf» nazariyasi asarida izohlab berilgan.
Mazkur kitob muallifining fikriga ko’ra, iqtisodiy nazariya bilan iqtisodiy reallik o’rtasida juda katta uzilish mavjud. Birinchisi, garmoniyaga (muvozanatga) asoslanadi, ikkinchisida uzluksiz evolyustiya sodir bo’ladi, yashash uchun keskin kurash ketadi. Buyumning foydaliligi va unga erishishning qiyin va mushkulligini doimo taqqoslab boruvchi «iqtisodiy odam» modeli shak-shubxasiz eskirdi. Haqiqatda esa insonning xatti- harakati juda ko’p omillarga ko’pincha ichki qarama-qarshiliklarga bog’liq. Taqlid qilishga va raqiblikka bo’lgan tug’ma moyillik bilan birga, uning xatti-harakatiga an’ana, axloq, urf-odat, shuningdek, obro’ga bo’lgan intilish juda kuchli ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun iqtisodiy tahlil qilishda har xil «institutlarni» (ular yuqorida ko’rib chiqildi) hisobga olish zarur.
T.Veblenning fikriga ko’ra, alohida sub’ektlarning xatti- harakatini emas, balki kasaba uyushmalarining, siyosiy partiyalarning ish harakatini o’rganish kerak. Iqtisodiy nazariya bilan iqtisodiy sub’ektlarning asosiy unsurlari (er egalari, ishchilar, kapitalistlar va injener - texnik ishchilar) o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni aniqlash muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiyotda ularning roli har xildir.
Bozor xo’jaligi amal qilishining dastlabki bosqichida hokimiyat va mulk tadbirkorlar qo’lida bo’ladi. Oldin yagona bo’lgan bu sinf keyinchalik kapital egalariga va ishlab chiqarishni tashkil etuvchilarga ajraladi. Kapital egalarini faqat o’z kapitallariga keladigan foyda qiziqtiradi, ular o’z kapitallarini ishlab chiqarishga qo’ymaydilar, balki faqatgina kreditga beradilar. Ularning daromad manbai bo’lib real sektor emas, balki moliya sohasida aylanib turuvchi qimmatli qog’ozlar hisoblanadi. Bu ma’noda kapital egalari bekorchi sinfni tashkil etadi. Ishchilar, shuningdek, ishlab chiqarishni tashkil etuvchilar va texnik mutaxassislar unumli sinf hisoblanadilar, ular o’z kapitallariga ega emas va bekorchi sinf kreditga qo’ygan vositalardan foydalanib ish yuritadilar.
Bekorchi sinfning hukmronlik mavqei butun bir iqtisodiyotning amal qilishida kredit rolining haddan tashqari oshib ketishiga olib keladi. Kapitalning anchagina qismi chayqovchilik maqsadlarga foydalaniladi va ishlab chiqarishni rivojlantirishga yo’naltirilmaydi. Kredit inflyastiyasi vujudga keladi, uning orqasidan ssudani zudlik bilan qoplash talabi zarurligi kelib chiqadi. Natijada ommaviy bankrotlik va turg’unlik yuzaga chiqadi, ular o’zining davom etishi muddati bo’yicha iqtisodiy yuksalish davridan ancha ortib ketadi.
Bekorchi sinf bilan unumli sinf o’rtasidagi antagonizmning echilishi shunga olib keladiki, hokimiyat texnokratlar qo’liga o’tadi. Kapitalga bo’lgan mulkchilik akstionerlik shaklini oladi va shu bilan xususiy mulk bo’lishdan to’xtaydi.


Institustionalizmdagi rahnamolar. Institustionalizm yo’nalishiga yangi hayot bag’ishlagan Amerika iqtisodchilari Jon Kommons (1862–1945) va Uesli Mitchell (1874–1948) hisoblanadi.
J.Kommons o’zining «Institustional iqtisodiyot» kitobida xo’jalik jarayonlarga ta’sir etuvchi har xil noiqtisodiy (avvalo huquqiy) omillarni tadqiq qildi. U Amerika ishchilar harakatini, kasaba uyushmalarining va tadbirkorlar ittifoqining tashkil topish tarixini o’rgandi, mehnat huquqini tahlil qildi. J.Kommons fikriga ko’ra, jamiyatning huquqiy tizimi xo’jalik hayotida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Uningcha, bitim - (ya’ni huquqiy akt) iqtisodiy tizimning bosh bo’g’ini hisoblanadi. Bitim o’z tabiatiga ko’ra uning ishtirokchilari manfaatlari ixtilofliligini, ushbu ixtilofli manfaatlarning o’zaro bog’liqliligini bildiradi. Bitim ishtirokchilari sifatida ko’proq individlar emas, balki kasaba uyushmalari va tadbirkorlar ittifoqlari qatnashadilar. Jamiyat vujudga keladigan qarama-qarshiliklarni echib beradigan huquqiy mexanizmni ishlab chiqishi lozim. Masalan, yollanma ishchilar bilan tadbirkorlar o’rtasida kelib chiqishi mumkin bo’lgan qarama-qarshiliklar kasaba uyushmalari va tadbirkorlarning maqsadga muvofiq o’zaro ta’siri, samarali mehnat huquqi va maxsus hukumat hay’ati faoliyati tufayli echilishi mumkin.
J.Kommons o’zining ijtimoiy hayotga bo’lgan qarashlarini tajribada amalga oshirish maqsadida Amerika mehnat federastiyasi bilan faol hamkorlikda ish yuritdi. 1935 yili uning ta’siri asosida AQShda pensiya ta’minotiga asos solgan «Sostial himoya to’g’risida akt» qabul qilindi.
U.Mitchell fikriga ko’ra, kishilar faoliyatida asosiy harakatlantiruvchi kuch – pul hisoblanadi. Aynan moliyaviy institutlar inson xatti-harakatining xarakterini aniqlab beradi. U iqtisodiy (moliya, kredit, pul muomalasi) va noiqtisodiy (psixologik, ijtimoiy, axloq, xulq, fe’l-atvor) omillarining o’zaro bog’liqligini va o’zaro ta’sirini ko’rsatib berdi. Madaniy va ijtimoiy-psixologik omillarni hisobga olgan holda davlatning pul, kredit va moliya sohalariga aralashuvini zarur deb hisobladi.
U.Mitchellga katta shuhrat keltirgan uning iqtisodiy stikl nazariyasi hisoblanadi. Uning bir qator asarlari, jumladan “Iqtisodiy stikllar”, “Iqtisodiy stikl: muammo va uning yo’lga qo’yilishi”, “Iqtisodiy stikllarni o’lchash” ushbu muammoga bag’ishlangan. U o’z asarlarida axborotlarni ishlashda statistik tahlil vositalaridan va matematik uslublardan keng qo’llandi. Mazkur uslub bozor kon’yunkturasi dinamikasini empirik (tajribaga asoslangan) tadqiqot qilishga, kapitalistik xo’jalikning bir qator stiklli tebranish qonuniyatlarini ochib berishga imkon berdi. Uningcha, har bir stikl o’ziga xosligi bilan ajralib turadi, ularning asosida juda ko’p sabablar yotadi, ular betakror hisoblanadi. Shuning uchun bitta universal stikllar nazariyasi bo’lishi mumkin emas.
U.Mitchell o’z tadqiqotlariga asoslangan holda davlatning iqtisodiyotga aralashuvi yordamida inqirozsiz stikl konstepstiyasini asoslab berishga harakat qildi. Maxsus davlat rejalashtiruvchi organlarini tuzish, uning fikriga ko’ra, stiklli tebranishni yumshatish va qulay iqtisodiy kon’yunkturaga erishish vositasi bo’lishi kerak. Bunda rejalashtirish majburiy emas, balki tavsiyali xarakterda bo’lib, u real, erishish mumkin bo’lgan pirovard maqsadlar ko’zda tutilgan ilmiy prognozlashtirishga asoslanadi.
Institustionalistlar asta-sekin boshqa iqtisodiy maktablar talqin qila boshlagan iqtisodiy muammolarni tahlil qila boshladilar. Lekin bunda ular o’z tahlilini har xil siyosiy, ijtimoiy, madaniy institutlarni hisobga olgan holda olib bordilar. Asosiy e’tibor ijtimoiy samaradorlik va ijtimoiy xarajatlar tushunchalariga berila boshladi.

Yüklə 103,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə