QISHLOQ XO’JALIK HAYVONLARINI URCHITISH
fani (36 soat)
Amaliyotning asosiy maqsadi
: talabalarni, qishloq xo’jalik hayvonlarini
urchitish fanidan olgan nazariy bilimlarni har xil turga mansub chorva mollari va
parrandalarni amalda tahlil qilish orqali boyitish va mustaxkamlashdir.
Amaliyotning mazmuni:
- talabalar hayvonlar mahsulotdorligini dastlabki hisobga olishni tashkil qilish
va o’tkazish, hayvonlarni mahsulotdorligi bo’yicha baholash, mahsulotdorlikni
hisobga olish bo’yicha zootexnik xujjatlar bilan tanishish kabi ishlarni amalga
oshirishadi;
- hayvonlarni eksteryeri bo’yicha baholashni tashkil qilish va o’tkazish
(o’lchovlar asosida, rasmga tushirish yo’li bilan). Yosh buzoqlarning tug’ilgandan,
birinchi qochirish yoshigacha o’sishi va rivojlanishi to’g’risidagi ma’lumotlar
asosida nisbiy va mutloq o’sishni, ozuqaga haq to’lash, tirik vazni bo’yicha
standart talabiga javob berishni aniqlash;
-
jinsiy yetilishi, urg’ochi va erkak hayvonlarni bir-biridan ajratish,
birinchi qochirish, naslchilik kartochkalarini yuritish va to’ldirib borish,
hayvonlarning kelib chiqishiga qarab baholash, qarindoshlik juftlashishni aniqlash,
zotdorlikni belgilash, bonitirovka qaydnomasini to’ldirish, bonitirovka bo’yicha
qo’shimcha qaydnomani to’ldirish, bonitirovka ma’lumotlarni tahlil qilish;
-
bonitirovka ma’lumotlari asosida ishlab chiqilgan tadbirlarni tahlil
qilish;
- hayvonlarni juftlash rejasini tuzish va uning uslubiyati bilan tanishish;
- xujjatlarni yuritish va to’ldirish (tug’ish va qochirish rejasi);
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
27
- naslchilik ishining rejasi bilan tanishish va uni tuzish uslubiyatining tahlili;
- davlat naslchilik kitobiga yozish tartibini talabalarga o’rgatish va kitobga
yozish uchun xujjatlarni tayyorlash;
Dostları ilə paylaş: |